10-ma’ruza. Metrologik ta’minotni loyihalash va ishlab chiqarish bosqichlaridagi ishlarning o’zaro bog’liqlik tavsiflari



Yüklə 24,73 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü24,73 Kb.
#139212
10-ma’ruza. Metrologik ta’minotni loyihalash va ishlab chiqarish


10-ma’ruza. Metrologik ta’minotni loyihalash va ishlab chiqarish bosqichlaridagi ishlarning o’zaro bog’liqlik tavsiflari
O`lchash axborotiga nafaqat miqdor bo`yicha talablar, balki sifat bo`yicha ham talablar qo`yiladi. Bunga uning (o`lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tannarxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Barcha sifat tavsiflarining asosida metrologik ta'minot yotadi. Metrologik ta'minotni shunday ta'riflash mumkin: o`lchashlar birligini ta'minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo`lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me'yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi. Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta'minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:
- o`lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta'minlash va tadbiq etish;
- o`lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
- hujjatlarni ekspertizadan o`tkazish;
- o`lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar.
Metrologik ta'minotning 4 ta tashkil etuvchisi mavjuddir. Ilmiy asosi – metrologiya – o`lchashlar haqidagi fandir.
Texnikaviy asoslari – birlik etalonlari, kattaliklar birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o`lchash vositalarini yaratish va ishlab chiqishni yo`lga quyish, o`lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va ularni bajarish uslublarining metrologik attestatsiyasi, o`lchash vositalarini ishlab chiqishda, ta'mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o`tkazish, modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo`yicha standart namunalarni yaratish, standart ma'lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
Tashkiliy asoslari – davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan O’zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati;
Me'yoriy-qonuniy asoslari – tegishli Respublika Qonunlari, davlat standartlari, davlat va tarmoqlarning me'yoriy hujjatlari. Metrologiya metrologik ta’minlashning ilmiy asosi hisoblanadi.
Metrologik ta’minlash deganda, o`lchashlarning bir xilligi va talab etilgan aniqlik darajasiga erishish uchun ishlarni ilmiy asosda, texnika vositalaridan unumli foydalanilgan, holda va me’yorlarga to`liq amal qilgan holda tashkil etish tushuniladi, metrologik ta’minlash tizimiga quyidagilar kiradi:
- o`lchashlarning o`ta aniqligi va ta’minlovchi fizik miqdorlar davlat etaloni tizimi.
Bu tizim o`lchashlar aniqligini ta’minlashda me’yoriy huquqiy asos hisoblanadi, unga barcha davlat idoralari, korxona va tadbirkorlar amal qiladilar. Barcha o`lchash vositalari ularga etalon bilan taqqoslanadi va unga sozlanadi;
- mahsulot tavsiflarini talab darajasida aniqlash imkonini beradigan o`lchash vositalarini yaratish, ishlab chiqarish va amaliyotga tadbiq etish; - moddalar va materiallarning fizik kostantalari va xossalariga doir standart ma'lumotlar tayyorlash;
- o`lchash vositalarini davlat sinovlaridan yoki metrologik attestatsiyadan o`tkazish; - o`lchash vositalarini davlat va soha nazorat organlari tomonidan majburiy tekshiruv o`tkazish;
- modda va materiallar tarkibining standart namunalarini yaratish. O’lchash vositalarini tekshiruvdan o’tkazish deganda – metrologik organlar tomonidan o’lchash asboblari sodir etgan xatoliklarni hamda ularning ishga yaroqliligini aniqlash tadbirlari tushuniladi.
Metrologik ta'minot o`z oldiga muayyan maqsadlarni qo`yadi. Shulardan eng asosiylari:
- mahsulot ishlab chiqarish, uning sifati o`zaro samaradorligini oshirish;
- detallar va agregatlarning o`zaroalmashuvchanligini ta'minlash;
- moddiy boyliklarning va energetika resurslarining ishonchliligini ta'minlash;
- atrof-muhitni himoya qilish;
- salomatlikni saqlash va hokazolar.
Metrologik ta'minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita ta'sir qiladi. Bu ta'sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik profilaktika ishlariga va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta'minot masalalariga alohida ahamiyat beriladi.
"Standartlashtirish to`g`risida"gi qonunning mohiyati Standart – me'yoriy-texnik hujjat bo`lib, ob’yektlar uchun me'yorlar, qoidalar, talablar majmuini o`rnatadi va mas'ul nufuzli organ tomonidan tasdiqlanadi. Standartlashtirish – hamma tomonlar ishtirokida va ularga foydali ma'lum faoliyatni tartibga keltirish maqsadida qoidalarni belgilashi va qo`llanilishidir. Masalan, xavfsizlik talablarini va ishlatish sharoitlarini bajargan holda umumiy samaradorlikka erishishni ko`rsatadi. Standartlashda 7 turdagi me'yoriy hujjatlar ishlatiladi: 1. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar 2. O`zbekiston Respublikasining standartlari – standartlashtirishda me'yoriy-texnik hujjat bo`lib, standartlashtirish ob’yektiga kompleks me'yor, talab, qoidalarni belgilab beradi va tegishli organlar tomonidan tasdiqlanadi. Standartlar material tipidagi narsalarga, shuningdek, me'yorlar, talablar, qoidalarga ishlab chiqiladi. 3. Texnik shartlar. Standartlashtirshdagi me'yoriy-texnik hujjat bo`lib, ma'lum buyum, material va boshqa mahsulotlarni tayyorlashda va nazoratda umumiy talablarni belgilab beradi. 4. TST – tarmoq standartidan shu tarmoqdagi barcha korxona va tashkilotlar foydalanadilar, shuningdek, bu buyumni tayyorlovchi, ishlab chiqaruvchi va qo`llovchi boshqa korxona va tashkilotlar ham foydalanadilar. 5. KST – korxona standarti, shu standartni tasdiqlagan korxonagagina mansub bo`ladi. 6. Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. 7. Ma'muriy-hududiy standartlar. O`zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to`g`risida"gi qonuni 1993 yil 28 dekabrdan beri amal qilib kelmoqda. Bu qonun 4 bo`lim va 12 moddadan iborat: 1-bo`lim. Umumiy qoidalar. 2-bo`lim. Standartlashtirishga oid normativ hujjatlar. 3-bo`lim. Standartlar ustidan davlat nazorati. 4-bo`lim. Davlat yo`li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta'minoti, standartlarni qo`llashni rag`batlantirish. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari: 21 - mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning aholini hayoti, sog`ligi va mol-mulkiga, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste'molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan; - mahsulotlarning o`zaro almashuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta'minlashdan; - iste'molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to`g`risida to`liq va ishonchli axborot bilan ta'minlashdan; - mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta'minlashdan; - o`lchovlarning yagona birlikda bo`lishini ta'minlashdan iboratdir. Respublika standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta'minlashni: -xalq xo`jaligi tarmoqlarida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya (O`zstandart) agentligi; -qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda-O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi, hamda qolgan sohalarda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi. Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo`l qo`yilmaydi. Import mahsulot, basharti u O`zbekiston Respublikasi da amal qilayotgan standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo`lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas. Standart va texnik shartlarga komplekt bo`lmagan, noto`g`ri idish yoki g`iloflangan, belgilashga bo`lgan talablar bajarilmagan, konstruktiv va boshqa nuqsonlar bilan mahsulotlar yetkazib berilsa, ta'minotchi (ishlab chiqaruvchi) O`zbekiston Respublikasi fuqorolik qonunchiligiga muvofiq javob beradilar. Unifikatsiyaninng (lotinchadan: yagona tartibga, formaga keltirish)- bu ob’yektni iqtisodiy qo`llanilishi ma'lumotlari asosida bir xil funksiyada bajaradigan ob’yektlarni belgilangan ko`rsatkichlari bo`yicha bir xillikka keltirishdir. Shunday qilib, unifikatsiyada eng minimal, kerakli, buyumlarni yetarli sonli, xillari, turlari, o`lchamlari, shuningdek yuqori sifat ko`rsatkichlari va to`la o`zaro almashinuvi ta'minlanishi belgilab beriladi. Unifikatsiyaning asosi – tizimlashtirish va tasniflashtirishdir. Buyumlarni tizimlashtirish hodisa yoki tushuncha bo`lib, aniq bir sistemani tashkil qiluvchi, ishlatish uchun qulay bo`lish ketma-ketligi va ma'lum tartibda joylashtirish maqsadida o`tkaziladi. Tizimlashtirishning 22 eng oddiy usullaridan biri ob’yektlarni alfavit tizimi bo`yicha joylashtirishdir. Tasniflashtirish – tizimlashtirishning turi hisoblanadi. U umumiy belgilariga nisbatan buyumlarni, hodisa va tushunchalarni, sinflarga, sinfchalarga va darajalarga joylashtirish maqsadida o`tkaziladi. Uning asosida mahsulotlarning klassifikatori yaratilgan: UDK (universalnoye desyatichnoye klassifikatsiya) texnik va gumanitar adabiyotlarni indeksda ko`rsatish bo`yicha xalqaro tizim sifatida qabul qilingan, masalan, UDK 62-texnika, UDK 621- umumiy mashinasozlik, UDK 6213-elektronika. 2.3. Standartlashtirish bo`yicha xalqaro tashkilotlar Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko`rsatib, rivoj topmoqda. ISOning tuzilishidan ko`zda tutilgan asosiy maqsad – xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o`zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko`lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko`maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo`stlikni rivojlantirishdir. Milliy standartlarni ishlab chiqishda xalqaro tovar ayirboshlashni yengillashtirish uchun butun dunyoda standartlarni rivojlantirish zarur. ISO xalqaro standartlashtirish organi bo`lib, grekchadan "teng huquqli"ma'noni anglatadi."ISO" ning oliy organi BOSH ASSABLEYA hisoblanadi va 3 yilda bir marta chaqiriladi. Unda eng yirik masalalar bo`yicha qarorlar qabul qilinadi va tashkilotning prezidenti saylanadi. ISO 9000 seriyadagi xalqaro standartlarning quyidagi turlari mavjud QzDSt ISO 9000-1:1999 QzDSt ISO 9000-2:1999 QzDSt ISO 9001-1:1999 QzDSt ISO 9002 : 1999 QzDSt ISO 9003-1:1999 QzDSt ISO 9004 : 1999 ISO 9000 standartlari sifat tizimi standartlari bo`lib, ular umumiy asosni yaratishga, iste'molchi talablarini qondirishga mo`ljallangan. ISO 9000 seriyadagi xalqaro standartlar qanday elementlar sifat tizimiga kiritilishi kerakligini belgilab beradi, lekin alohida bir tashkilotning bu elementlarni qay tarzda ro`yobga chiqarishi haqida yo’l ko’rsatmaydi. Bir xil shakldagi sifat tizimlarini joriy qilinishi bu standartlarning asosiy maqsadlari emas. 23 Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik bo`yicha ishlar 1881 yildan boshlangan bo`lib, bunga o`sha yili bo`lib o’tgan elektr bo`yicha birinchi xalqaro kongress turtki bo`lgan edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora - xalqaro elektrotexnika komissiyasini tuzish to’g’risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi bo`yicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug’ullana boshladi. MEK nizomiga ko`ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika hamda ularga qo`shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini hal qilishdir. ISO va MEK faoliyatlari bo`yicha farqlanadi, MEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari bo`yicha shug`ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar bo`yicha standartlashtirish bilan shugullanadi. Shuningdek, Uz RST ISO 8402-98 "Sifat boshqaruvi va sifat ta'mini: Lug`at" mavjud. Ushbu standart xalq xo`jaligida, fan va texnikada mahsulot sifati borasida asosiy atama va ta'riflarni belgilab beradi. Bu standartda ko`rsatilgan atamalar me'yoriy, texnik hujjatlarning barcha turlarida, ilmiy-texnikaviy, o`quv va ma'lumot adabiyotlarda, shartnoma, dalolatnoma va boshqa rasmiy hujjatlarda qo`llanilishi majburiydir. Quyidagi atama va ta'riflarni ko`rib chiqamiz: OB’YEKT-Induvidial ravishda ko`riladigan va ifodalanadiganlardir. Izoh, ob’yekt sifatida, masalan: - faoliyat yoki jarayon; - mahsulot; - tashkilot, tizim yoki alohida shaxs; - yoki yuqoridagilarning turli qo`shilmalari bo`lishi mumkin. JARAYON – bir elementni ikkinchi elementga aylantirib beradigan o`zaro bog`liq resurs va faoliyat yig`indisidir. USLUBIYAT – faoliyat amalga oshiruvchi belgilangan usuldir. MAHSULOT – faoliyat yoki jarayon mahsuli: Izoh: 1) Mahsulot quyidagi guruhlarga bo`linadi: - xizmatlar; - texnik vositalar; - ishlov berilgan ashyolar; - dastur bilan ta'minlash yoki ularning qo`shilmalari. 2) Mahsulot moddiy (masalan, qism yoki qayta ishlanadigan ashyolar) yoki nomoddiy (masalan, axborot yoki tushuncha), yoki ularning qo`shilmalaridan iborat bo`lishi mumkin. 24 3) Mahsulot avvaldan yo`naltirilgan, (masalan, iste'molchilarga takliflar) yoki avvaldan yo`naltirilmagan (masalan, havoning ifloslanishi yoki hohishiga bog`liq bo`lmagan oqibatlar). XIZMAT – ta'minlovchi va iste'molchining o`zaro harakati mahsuli va iste'molchi talabini qondiruvchi ta'minlovchining ichki faoliyatidir. SIFAT – belgilangan va xohish talabini qondirishga tegishli bo`lgan ob’yekt xususiyatlarining yig`indisi. SIFAT SOHASIDAGI SIYOSAT – rasmiy ravishda rahbarning sifat bo`yicha asosiy yo`nalishi va maqsadlarining bayoni. SIFATNI REJALASH – sifatga maqsad va talabalarni belgilaydigan faoliyat va sifat tizimi elementlarini qo`llanilishidir. SIFATNI BOSHQARISH – jarayonlarni boshqarishga qaratilgan, hamda ularni qoniqarsiz ishlash sabablarini yo`qotuvchi operativ xarakterga ega bo`lgan faoliyatning usul va turlari. SIFATNI TA'MINLASH – barcha rejalashtirilgan va muntazam amalga oshiriladigan faoliyat turi. SIFAT TIZIMI – sifatga umumiy rahbarlikni amalga oshiradigan tashkiliy tuzilmalar, usullar, jarayonlar va resurslar yig`indisidir. SIFATGA OID QO`LLANMA – sifat sohasidagi siyosatni bayon etuvchi va tashkilot sifat tizimini yorituvchi hujjat. SIFAT SIRTMOG`I – talabni belgilashdan to uni qondirishgagacha baholash bosqichlarida sifatga ta'sir etuvchi o`zaro bog`liq faoliyat turining konseptual modeli.
Takrorlash uchun savollar:
1. Qadimda qanday uzunlik o`lchov birliklari mavjud bo`lgan?
2. Qadimda qanday massa birliklari mavjud bo`lgan?
3. Sharq mamlakati olimlarining o`lchov va o`lchov birliklari haqida qoldirgan ma’lumotlari.
4. G’arb mamlakati olimlarining yaratgan o`lchov asboblari.
5. Metrologiyaga oid atamalarga ta'rif bering.
6. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga qanday ob’yektlar kiradi?
7. Asosiy va qo`shimcha birliklarga nimalar kiradi?
8. Asosiy kattalik, hosilaviy kattalik, kattalikning o`lchami, kattalikning qiymati atamalariga ta'rif bering.
9. O`lchamlarning turlari haqida ma’lumot bering.
10. O`lchashdagi xatoliklar qanday sinflarga bo`linadi?
11. Qanday o`lchash vosita turlari mavjud?
12. Etalon turlari va ularning vazifalari haqida ma’lumot bering.
13. Qurilishda metrologik ta'minotning vazifalari nimalardan iborat?
Yüklə 24,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə