3. Mollar vaznini tortish qaydnomasi
(98-shakl). Ushbu hujjat har oy oxirida tuziladi va
unda har bir hayvonning oy boshi va oy oxiridagi vazni asosida o'sgan vazn aniqlanadi.
4. Mollar va parrandalarni jo'natish-qabul qilish tovar-transport nakladnoyi
(1-
K/x(chor)). Bu hujjatga asosan haridor va buyurtmachilarga sotilgan hayvonlar hisobga
olinib, jo'natilgan mollar bosh soni, tirik vazni va boshqa ma'lumotlar aks ettiriladi.
5. Mollar va parrandalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi
(100-shakl). Ushbu hujjat
mollar so'yilganda, kasalligi tufayli nobud bo'lganda tuziladi, unda mollarning hisobdan
chiqish sabablari ko’rsatiladi.
6. Schet-faktura
. Bu hujjat o'stirishdagi va boquvdagi mollarning chetdan sotib olinishi
va chetga sotilishida tuziladi. Nasldor bo'lgan yosh mollar bo'yicha
schyot fakturalarga
ularning “nasldorlik guvohnomasi” ilova qilinadi.
7. Sutkalik yosh parrandalarning chiqishi va saralash dalolatnomasi
(106-shakl).
Ixtisoslashgan xo’jaliklarda inkubasiyadan chiqqan jo'ja va boshqa parrandalarni hisobga
olishda tuziladi.
Chorvalik fyermalarida o'stirishdagi va boquvdagi mollarni hisobga olish daftari (34-
shakl) yuritiladi. Ushbu daftarda yuqorida nomlari keltirilgan hujjatlar asosida hayvon va
parrandalar tarkibidagi o'zgarishlar hisobi yuritiladi. Har oyning oxirida daftardagi
ma'lumotlar jamlanadi ular asosda "Mollar va parrandalar harakati to'g'risida hisobot" (102-
shakl) to'ziladi. Ushbu hisobot ikki nusxada tuzilib,
bir nusxasi fyermada, ikkinchi nusxasi
boshlang'ich hujjatlar ilova qilingan holda buxgaltyeriyaga topshiriladi.
O'stirishdagi va boqudagi mollarning, chunonchi qoramol, chuchqa, ishchi
hayvonlar,
qo'y va echqilarning bolalari, boquvga qo'yilgan hayvonlar, asosiy podadan brak qilinib
burdoqiga qo'yilgan hayvonlar, parrandalar, yovvoyi hayvonlar, quyonlar,
asalari oilalari va
boshqa hayvonlarning hisobi 1110 «O'stirishdagi va boquvdagi mollar» schyotida olib
boriladi. Ushbu hayvonlarning saqlash xarajatlari 2000 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotlar
tizimining 2020 "chorvachilik" schyotida hisobga olib boriladi.
1110- "O'stirishdagi va boquvdagi hayvonlar" schyotida ularning harakati qo'yidagi
yozuvlar bilan aks ettiriladi:
- mahsuldor hayvonlardan olingan nasl yoqiularning o'sgan vazni summasiga:
Dostları ilə paylaş: