5- mashg‘ulot: qishloq xo‘jalik hayvonlarini vaznini aniqlash usullari. Darsning maqsadi



Yüklə 27,09 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü27,09 Kb.
#151237
  1   2
5-мавзу


5- MASHG‘ULOT: QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI VAZNINI ANIQLASH USULLARI.
Darsning maqsadi- qishloq xo‘jalik hayvonlarini tirik vaznini aniqlash usullarini o‘rganishdan iborat.Qishloq xo`jalik hayvonlarini to‘g‘ri o‘lchashni, shu asosda tana tuzilishining indekslarini chiqarishni o‘rganish va tirik vaznini aniqlash.
Uslubiy ko‘rsatmalar.Qoramollar ekstereriga o‘lchash yo‘li bilan baho berish ko‘z bilan chamalib baho berishga qaraganda ancha aniq bo‘ladi. O‘lchash ko‘rsatkichlariga qarab, tana qismlarining rivojlanishi haqida xulosalar chiqarish mumkin.Shuning uchun bu usul ekstererga baho berishning boshqa usullariga qo‘shimcha hisoblanadi. Qoramollar tanasini o‘lchash uslubini va tana o‘lchamlari asosida hayvonning tirik vaznini aniqlash usullarini o‘rganish.
Ish uchun zarur asboblar – plastmassa raqamlari, qisqich (ombur), o‘lchov lentasi, o‘lchov sirkuli
Yosh buzoqlar tug‘ilgan kuniyoq tortiladi va kirim qilinadi.
Xo‘jalikda tarozi bo‘lmay, tirik vaznini aniqlash iloji bo‘lmagan taqdirda, hayvonlarni tirik vaznini gavdaning ayrim qismlarini o‘lchab aniqlash mumkin. Bu usullar koramol gavdasi og‘irligining uning hajmiga proporsionalligiga asoslangan.
Auditoriyada talabalar qoramolning tirik vaznini mulyajlarda, (mum qolipi) o‘lchab topadilar va olingan natijalarni tarozida tortish natijalari bilan taqqoslaydilar.
Hayvonlarni muntazam o‘lchab borish quyidagilarni to‘g‘ri aniqlashga imkon beradi:

  1. Tanaga qarab o‘sishi va rivojlanishini, tana tuzilishi mutanosibligini to‘g‘ri kuzatish.

  2. Har xil ozuqa bilan boqilgan bir yoki bir necha zotga mansub hayvonlar guruhini o‘zaro taqqoslash.

  3. Naslchilik ishlari bilan birga avlodlarning va ular shajarasidagi urug‘larning ekstererini o‘zaro taqqoslash.

  4. Sut uchun baholanadigan qoramollarning yoki ayrim qator(liniya) va oilalarning tana tuzilishiga to‘g‘ri baho berish.

  5. Qoramollarning tirik vaznini taxminiy aniqlash.

Ilmiy tekshirishlar uchun qoramollardan 28-52 ta, ko‘rgazmalarda baholash uchun 32 ta, naslchilik kitobiga kiritish uchun 12 ta, ishlab chiqarish sharoitida yosh mollarning o‘sishi va rivojlanishini o‘rganish uchun 5-8 ta tana o‘lchamlari olinadi.
Hayvonlarni o‘lchashda bir necha xil asboblardan foydalaniladi: O‘lchov tayog‘i – hayvonlar gavdasining ayrim qismlarini o‘lchash uchun ishlatiladi, asosan balandligini u metal yoki yog‘ochdan yasalgan bo‘ladi.
O‘lchov sirkuli – yarim doira shaklida egilgan ikkita oyoqchadan iborat bo‘lib, ular harakatlanadigan diskka maxkamlangan. Ruletka santimetrga bo‘lingan bo‘lib, ko‘krak aylanasini o‘lchab, tirik vaznini ham aniqlash mumkin.
Shtangensirkul – hayvonlar yelinining tuzilishini o‘lchash uchun ishlatiladi.
Qoramollardan o‘lchamlar ertalab oziqlantirilmasdan va sug‘orilmasdan yoki oziqlantirish va sug‘orishdan so‘ng 3 soatdan keyin olinadi.
Qoramolchilik amaliyotida quyidagi asosiy tana o‘lchamlaridan foydalaniladi: boshning uzunligi va kengligi; yag‘rin, orqa, bel, dumg‘aza va quymicha do‘ngliklari balandligi; ko‘krak chuqurligi va kengligi; yonbosh do‘ngliklari, tos-son va quymicha do‘ngliklari kengliklari; ko‘krak va kaft aylanasi; gavdaning umumiy uzunligi (to‘g‘ri, qiya) va ayrim bo‘limlarining uzunligi.
Davlat naslchilik kitobiga yozish uchun quyidagi tana o‘lchamlari zarur:
1. Yag‘rin balandligi.
2. Ko‘krak chuqurligi.
3. Gavdaning qiya uzunligi.
4. Ko‘krak aylanasi.
5. Kaft aylanasi.
Hayvonning o‘lchamlari va tirik vazni o‘rtasida uzviy bog‘iqlik mavjud. O‘lchamlariga qarab qoramolning tirik vaznini aniqlashning quyidagi usullari mavjud:

Yüklə 27,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə