Mavzu: Taloqning anatomiyasi va morfologiyasi

Yüklə 62,5 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#140658
  1   2   3   4   5
Taloqning anatomiyasi va morfologiyasi

Mavzu: Taloqning anatomiyasi va morfologiyasi

Taloq (splen) immun tizimining periferik a’zosi bo’lib, qonni katta qon aylanish doirasi magistral qon tomiri (aorta) dan jigarga boradigan yo’lida joylashadi. Taloq qon shaklli elementlarini hosil qilishda va modda almashinuvida ishtirok etadi. U toq a’zo bo‘lib, qorin bo‘shligida chap IX—XI qovurg‘a sohasida joylashadi. Uning uzunligi katta odamlarda 10—14 sm, kengligi 6—10 sm, qalinligi 3—4 sm, ogirligi O‘rtacha erkaklarda 192 g, ayollarda 153 g. U cho‘zinchoq oval shaklida bo’lib, rangi to‘q qizil, ushlab ko’rganda yumshoq.

Taraqqiyoti.

Taloq kurtagi dastavval embrion taraqqiyotining 5–6- haftasida paydo bo`ladi. U rivojlanayotgan katta charvi ichidagi mezenxima hujayralarining zich to`plamidan hosil bo`la boshlaydi. Taloqning qon tomirlar sistemasi avvalroq differensiallashadi. So`ngra tomirlar orasida joylashgan retikulyar hujayralar hosil bo`ladi. Ularning orasida qonning o`zak hujayralari joylashadi. 7-8- haftalarga borib taloqda makrofaglar, 11–12-haftalarda esa B-limfotsitlar paydo bo`ladi. Embrion taraqqiyotining 5-oyigacha taloqda granulotsitopoez, eritropoez va trombotsitopoez jarayonlari faol kechadi. So`ngra bu jarayonlar asta-sekin susayadi, limfotsitopoez esa, aksincha, kuchayadi.Embrion taraqqiyotining 3–5-oylarida arteriyalar atrofida dastavval T-limfotsitlar to`planadi (T-zona yoki periarterial zona). So`ngra bu yerda B-limfotsitlar ham to’planib, taloqning oq pulpasi hosil bo`ladi. Ular orasidagi retikulyar to`qima yirik sinusoid qon tomirlar bilan birgalikda qizil pulpani tashkil etadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda taloq yumaloq shaklda, bo‘laklardan iborat. Uning o’rtacha og‘irligi 9,5 g bo‘lsa, 16—17 yoshda 165—171 g bo‘ladi.

Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə