5- mashg‘ulot: qishloq xo‘jalik hayvonlarini vaznini aniqlash usullari. Darsning maqsadi



Yüklə 27,09 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü27,09 Kb.
#151237
1   2
5-мавзу

Truxanovskiy usuli. Bu usulda katta yoshdagi qoramollarning tirik vazni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:



Tv – tirikvazni, kg;
A – ko‘krakaylanasi, sm;
B – gavdaning to‘g‘ri uzunligi, sm (tayoq bilan);
K – koeffitsient, sut yo‘nalishidagi zotlar uchun 2
Klyuver – Shtraux usuli. Bunda ko‘krak aylanasi va gavdaning qiya uzunligi o‘lchanib, maxsus jadval (1-jadval) asosida tirik vazni topiladi. Agar hayvonni o‘rtachadan yuqori semizlik darajasida bo‘lsa topilgan ko‘rsatkich 5-10% oshiriladi, o‘rtachadan past bo‘lsa 5-10% ga kamaytiriladi.
Froveyn usuli. Yosh mollarning tirik vaznini aniqlash uchun ishlab chiqilgan. Aniqlash tartibi xuddi Klyuver-Shtraux usulida singari(2-jadval).
Rossiyaning sutchilik va yaylov xo‘jaligi SHimoliy g‘arbiy ilmiy tekshirish institutining uslubi asosida sigir va tanalarning tirik vazni ularning kurak orti ko‘krak aylanasi o‘lchamiga qarab maxsus ishlab chiqilgan jadval yordamida aniqlanadi (5 jadval).

Otlarni tarozida tortish imkoni bo‘lmasa (togda, chulda) har xil usulda o‘lchash yuli bilan aniklaadi.



  1. A.A.Motorin usuli:

R=X × 6-620
R- tirik vazni
X- ko‘krak kafasining aylanasi, sm
6 – doimiy koeffitsient
620 – doimiy koeffitsient
Bunda ko‘krak kafasining aylanasi o‘lchanib, 6 ga ko‘paytiriladi va chiqqan natijadan 620 ni ayirib tashlanadi. Olingan natija otning kilogramm hisobidagi tirik vaznini ifodalaydi.

  1. Ulrixa Dyurst usuli

R=O.K
R- hayvonning tirik vazni (kg) hisobida
O- ko‘krak aylanasi, sm
K – koeffitsient (ko‘krak kafasining aylanasi)

O‘lchab olingan ko‘krak aylanasi berilgan koeffitsientga yengil otar uchun 2,7 o‘rta og‘irlikdagi otlar uchun 3,1 va ogir otlar uchun 3,5 ga ko‘paytirib aniqlanadi. Olingan natija otning kilogramm hisobidagi tirik vaznini bildiradi.


Topshiriqlar:
1. 1 yoshgacha bo‘lgan 2 bosh ho‘kizcha va 2 bosh urg‘ochi buzoqni taroziga tortib, so‘ng ularning tirik vaznini Truxanovskiy va froveyn usullarida aniqlang, natijalarni usullar va tarozi ma’lumotlari bo‘yicha solishtirib ko‘ring.
2.Salt miniluvchi ot zotlardan: axaltaka ot zoti ko‘krak kafasining aylanasi ayg‘irlarda 167 sm, biyalarda 165 sm yomud ot zotlarda ko‘krak qafasining aylanasi ayg‘irlarda 165 sm, biyalarda 166,8 sm bo‘lganda ularning vazni qanchaga teng.

  1. 3. Yurtoki ot zotlaridan: Orlov yurtokisi ko‘krak kafasining aylanasi 180 sm, biyalarda 182 sm rus yurtoki aygirlarida 184 sm, biyalarda 186 bulgandachi?

  2. 4. Ogir yuk tortuvchi ot zotlardan ogir yuk tortuvchi sovet ot zoti ko‘krak qafasining aylanasi ayg‘irlarida 210 sm, biyalarida 196 sm, og‘ir yuk tortuvchi Vladimir zot ok ko‘krak kafasining aylanasi ayg‘irlarida 207 sm, biyalarida 193 sm uning tirik vazni qancha bo‘ladi?

  3. 5. Salt miniluvchi – aravaga qo‘shiladigan ot zotlaridan qorabayir zot ot ko‘krak kafasining aylanasi: ayg‘irlarida 175 sm, biyalarida 172 sm, Kushum zot ot ko‘krak kafasining aylanasi: ayg‘irlarida 187 sm, biyalarida 181 sm bo‘lganda ularning vazni qancha?

  4. 6. Ulrixa Dyurst usuli buyicha yengil zotlardan 3 ta va og‘ir yuk tortuvchi otlardan 3 tadan olib, ko‘krak aylanasini o‘lchang va koeffitsientlar bo‘yicha tirik vaznini aniqlang.



Nazorat savollari
1. O‘lchov asboblarini atang
2. Qoramollardan qanday tana o‘lchamlari olinadi?
3. Tirik vaznni aniqlashda foydalaniladigan o‘lchamlar
4. Tirik vaznni aniqlashda foydalaniladigan usullarni ayting
Yüklə 27,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə