10-mavzu. Investisiya loyihalarida xarajatlar tahlili


Ishlab chiqarish oldi xarajatlari - bu shunday xarajatlarki, ular loyihani tayyorlash va amalga oshirishningturli bosqichlarida yuzaga keladigan xarajatlar va bular quyidagilar hisoblanadi



Yüklə 84,58 Kb.
səhifə2/4
tarix13.10.2023
ölçüsü84,58 Kb.
#127578
1   2   3   4
10-mavzu

Ishlab chiqarish oldi xarajatlari - bu shunday xarajatlarki, ular loyihani tayyorlash va amalga oshirishningturli bosqichlarida yuzaga keladigan xarajatlar va bular quyidagilar hisoblanadi:

  • a) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish uchun boshlang‘ich xarajatlar (bu korxonani ro‘yxatga olish va tashkil etishda yuzaga keladi);
  • b) tadqiqotlarni tayyorlash xarajatlari;
  • v) boshqa ishlab chiqarish oldi xarajatlari (masalan, safar xarajatlari, vaqtinchalik inshootlarni barpo etish va h.k.);
  • g) sinovdan o‘tkazilish va ishga tayyorlash hamda ishga tushirish xarajatlari;
  • d) uskuna va qurilmalarni almashtirish xarajatlari;
  • ye) tugatish xarajatlari, ya'ni loyiha hayotiyligining oxirida asosiy kapitalni foydalanishdan chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar minus aktivlarni sotishda tushgan tushum

2. Asosiy kapitalga investisiya xarajatlari va sof aylanma kapital

  • Investisiya bo‘yicha asosiy kapitalga xarajatlar xarajatlarning asosiy jihatlarini o‘ziga qamrab olishi lozim va ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin:
  • .

- binolar va fuqarolik qurilishi bo‘yicha ishlar;
- yerni sotib olish, maydonni tayyorlash va uni yaxshilash;
- ishlab chiqarish mashinalari va uskunalari;
- sanoat mulkchiligiga huquq, “nou-xau” bo‘yicha to‘lovlar va ruxsatnomalar

Joriy aktivlarni baholash korxona faoliyatining maromiyligini aniqlashda muhim o‘rin egallaydi. Shunga ko‘ra, joriy aktivlarni baholash:

  • - investision qarorlar qabul qilish;
  • - ishlab chiqarish qarorlarini qabul qilish;
  • - moliyaviy qarorlar qabul qilish;
  • - daromadlar, foyda va dividendlar to‘g‘risida qarorlar qabul qilish nuqtai nazaridan dolzarb hisoblanadi.

Joriy aktivlarning tarkibi va zarurligini o‘rganishda quyidagi ikkita asosiy tushunchalarni farqlab olish zarur bo‘ladi:


1. Yalpi aylanma kapital – bu xom ashyo zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar, qadoqlangan materiallar, ehtiyot qismlar, debitorlik qarzlari, pul mablag‘lari va kelgusi davr xarajatlari yig‘indisi.
2. Sof aylanma kapital – bu joriy aktivlardan joriy majburiyatlarni, ya'ni qisqa muddatli qarzdorlik, qisqa muddatli qarzlar va ayrim hollarda mijozlarning depozitlari (joriy faoliyat uchun muhim hisoblanmagan qisqa muddatli qo‘yilmalar) dan tashkil topgan qisqa muddatli majburiyatlarning ayirmasidan hosil qilingan natija.

Yüklə 84,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə