1023-o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari


«Alohida toifadan raqam taqdim etish» (Provision of Special Phone Number) xizmati



Yüklə 451,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/11
tarix20.10.2023
ölçüsü451,07 Kb.
#128743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari

«Alohida toifadan raqam taqdim etish» (Provision of Special Phone Number) xizmati
Mijoz «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmatiga qo'shimcha ravishda «Alohida toifadan raqam
taqdim etish» xizmatini xarid qilishi mumkin. «Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmati
Mijozga Provayderning xizmat ko'rsatish vaqtida band bo'lmagan raqamlash resursidan ma'lum
mezonlarga mos keladigan Abonent raqamini ma'lum davrga (Xizmatning amal qilish davriga)
tanlash imkonini beradi. Abonent raqami mezonlariga qarab Mijoz «Alohida toifadan raqam
taqdim etish» xizmatining amal qilish davrini tanlashi mumkin. Tegishli xizmat narxi
jadvalda
ko'rsatilgan.
«Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatiga buyurtma berilganida «Raqamni almashtirish»
va «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmatlarining narxi 0 so'mni tashkil qiladi (agar Mijoz
xizmatdan tanlangan amal qilish davri davomida to'liq foydalansa).
Xizmat narxi mijoz tanlagan xizmatning amal qilish muddatidan kelib chiqadi.
Xizmatga oldindan buyurtma tuzish orqali (Shartnoma tuzishgacha), shuningdek Ilovada
Shartnomaning amal qilish muddati davomida iatalgan payt buyurtma berish mumkin.
"Alohida toifadan raqam taqdim etish" xizmatini ko'rsatish tartibi
1.
Xizmatga dastlabki buyrtma faqat Mobil ilova orqali va faqat Abonent raqamining
dastlabki buyurtmasi rasmiylashtirilganida va Shartnoma tuzilishida Provayderga ushbu
buyurtmaning raqami yoki QR-kodi taqdim etilganida amalga oshirish mumkin.
Xizmatlar xizmat ulangan vaqtdan boshlab 24 soat ichida ko'rsatila boshlaydi.
Xizmat faqat Mijoz Ilovada Xizmatga buyurtma berish maqsadini tasdiqlasa va Shaxsiy
hisobvaraqda xizmat amal qiladigan bir davrni to'lashga yetarli mablag' bo'lsa, ulangan
hisoblanadi. Agar xizmat uchun buyurtma tasdiqlangan vaqtdan boshlab 7 kun ichida mijozning
Shaxsiy hisobvarag'ida xizmat amal qiladigan bir davrni to'lash uchun yetarli mablag' bo'lmasa,
xizmat ulanmaydi, Mijozga unga Shartnoma tuzilishida ajratilgan Abonent raqamidan
foydalangan holda xizmat ko'rsatiladi. O'tish yuqorida ko'rsatilgan sanadan boshlab ikki hafta
davomida amalga oshiriladi.
Xizmat narxi Mijoz tomonidan tanlangan xizmatning amal qilish davriga bog'liq. Agar xizmat
uchun buyurtma va xizmatdan foydalanishning birinchi davri uchun to'lov bir kalendar oyida


amalga oshirilgan bo'lsa, xizmat uchun buyurtma tasdiqlangan sanadan boshlab har 30 kunda
pul yechiladi. Agar xizmat buyurtmasini tasdiqlash va xizmatdan foydalanishning birinchi davri
uchun to'lov qilish har xil kalendar oylarida amalga oshirilgan bo'lsa, xizmat narxi buyurtma
tasdiqlangan oydan keyin keladigan birinchi kalendar oyidan boshlab har 30 kunda yechib
olinadi.
2.
Xizmatga Ilova orqali Shartnomaning amal qilish muddati davomida istalgan payt
buyurtma berish mumkin. Xizmatga buyurtma berish uchun yangi abonent raqamini tanlash va
keyinchalik Ilovaning ko'rsatmalariga qarab ish tutish talab etiladi.
Xizmatni taqdim etish muddati — Provayderga xizmatga buyurtma berilganligi haqida ma'lumot
kelib tushgan zahoti. Xizmat ko'rsatilishi uchun unga buyurtma berilgan vaqtda Mijozning
Shaxsiy hisobvarag'ida xizmatning bitta davri uchun to'lov qilish uchun yetarli mablag' bo'lishi
kerak. Ushbu summa xizmatni ko'rsatish vaqtida shaxsiy hisobvaraqdan Provayder tomonidan
yechib olinadi. Shaxsiy hisobvaraqda mablag' yetarli bo'lmaganida xizmat ko'rsatilmaydi.
Xizmat uchun navbatdagi to’lovni yechib olish paytida Shaxsiy hisobda amaldagi xizmatning
tegishli davri to’lovi uchun yetarlicha mablag’ bo’lishi kerak. Bunda Mijoz xizmatdan foydalanish
uchun o‘z ixtiyoriga ko‘ra istalgan miqdorda oldindan avan pulini kiritishi mumkin. Agar Mijoz
amaldagi xizmat davri uchun 30 (o’ttiz) kalendar kuni ichida to’lov narxini to’lamasa, xizmat
ko’rsatish to’xtatiladi (xizmat to’lanmagan amaliy davri boshidan buyon ko’rsatilmagan
hisoblanadi). Bunda xizmatdan muddatidan oldin voz kechganligi uchun avan puli sifatida
kiritilgan pul miqdorda jarima puli yechiladi. Bu holatda Mijozga xizmat ko’rsatish Provayder lozim
topishiga qarab, shartnoma tuzilgan paytdagi Abonent raqami, yoki boshqa raqam taqdim etiladi.
O’tish bir necha kun Ichida amalga oshiriladi. O’tish va abonent raqami kuni to’g’risida Mijoz
SMS-xabar yoki Ilova orqali xabardor etiladi va Mijozga Shartnoma bo’yicha xizmat ko’rsatish
davom ettiriladi. Agar Mijoz muddatdan oldin xizmat narxini to‘lamaganligi sababli aloqa
xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani bekor qilganidan keyin 30 (o‘ttiz) kun ichida
qo‘llab-quvvatlash xizmatiga xizmat ko‘rsatilishini tiklash uchun ariza bilan murojaat qilsa, Mijoz
to‘lanmagan butun muddat uchun xizmat narxini to‘lasa, xizmat ko‘rsatilishi qayta amalga
oshirilishi mumkin. Bunda Mijoz to‘lagan jarima summasi xizmat narxi sifatida qabul qilinadi.
«Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatining Mijozlar orasiga kirib borishini oshirish
maqsadida 04.11.2020 dan 03.11.2025 gacha bo'lgan davr mobaynida Provayder tomonidan
aksiya o'tkaziladi va ushbu aksiyaga muvofiq, aksiya amal qilishi davrida «Alohida toifadan
raqam taqdim etish» xizmatini ulagan, xizmatdan uning tanlangan amal qilish davri davomida
to'liq foydalangan va muddatidan oldin xizmat ko'rsatilishidan voz kechmagan Mijozlarga
tanlangan xizmatning amal qilish davri tugashi bilan Xizmat qo'shimcha to'lov olinmasdan yangi
muddatga avtomatik ravishda taqdim etiladi.

Yüklə 451,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə