11- mavzu. Investitsiyalarni moliyalashtirish vositalari


Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish evaziga moliyalashtirish manbalarini jalb etish



Yüklə 36,26 Kb.
səhifə4/6
tarix11.12.2023
ölçüsü36,26 Kb.
#147409
1   2   3   4   5   6
11- mavzu. Investitsiyalarni moliyalashtirish vositalari-fayllar.org

Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish evaziga moliyalashtirish manbalarini jalb etish.
Moliyaviy aktivlarni asosiy formalariga qarzli majburiyatnoma, aktsiya va xosilaviy qimmatli qog‘ozlar kiradi. Qarzli majburiyatnomalarni muomalaga pul bilan shug‘ullanuvchi davlat, korxona va boshqa xujaliklar(uy-xujaliklar) chiqaradi. SHunday qarzli majburiyatnomalar bozorida shunday davlat va korporativ obligatsiyalari va uy-joy va tijoratli avans(zakladnoy)lar; shuningdek, iste’mol zayomlarga o‘xshash aktivlar sotiladi. Qarzli majburiyatnomalar fiksirlangan daromadli instrumentlar deyilib, kelgusida fiksirlangan summani to‘lashga va’da beradi yoki qat’iy belgilangan foizli qimmatli qog‘ozlar deyiladi.
Qarzli majburiyatnomalar uni qaytarish muddatiga qarab quyidagi shakllarga bo‘linadi:
-qisqa muddatli qarzli majburiyatnomalar bozori-(qaytarish muddati 1 yilgacha) pul bozori deyiladi
-uzoq muddatli qarzli majburiyatnomalar va aktsiya bozori-(qaytarish muddati 1 yildan yuqori) kapital bozori deyiladi
Pul bozorida davlat yoki ishonchi bo‘lgan xususiy sektor egasi tomonidan chiqarilgan foizli qimmatli qog‘ozga o‘xshash afzallikka ega instrumentlar (kaznachey veksellar, katta korxonalarni tijorat vekseliga o‘xshash veksellar)muomalada yuradi. Zamonaviy pul bozori integratsiyani globallashuvi va likvidlilik bilan harakter lanadi. Aktivlarni likvidlilik darajasi uning pulini konveratatsiya qilish jarayonini tezligi va kam harajat liligi hamda oddiyligiga bogliq holda aniqlanadi.
Aktsiyadan tashqari korxona obligatsiya chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni jalb etodi.
Obligatsiya - bu qarzdorlik majburiyati bo‘lganligi sababli aktsiyaga nisbatan risk kamroq bo‘ladi va obligatsiyalar shu sababli aktsiyaga nisbatan tezroq sotiladi. Bu esa korxonaga zarur mablag‘larni bir muncha qisqa vaqt ichida to‘plash imkonini beradi. Obligatsiyaning aktsiyaga nisbatan riski kamroq bo‘lganligi sababli, obligatsiyaga to‘lanadigan foiz aktsiya bo‘yicha dividentga nisbatan pastroq bo‘ladi. Korxona uchun esa aktsiya chiqarish, obligatsiya chiqarishga nisbatan qulayroqdir. CHunki foyda miqdoriga qarab, dividentni o‘zgartirishi mumkin, obligatsiyada esa foiz qat’iy belgilangan bo‘ladi.
Aholi oddiy aktsiyaga nisbatan imtiyozli aktsiya olishga qiziqadi. SHunday ekan, korxona imtiyozli aktsiyalarini oddiy aktsiyalarga nisbatan tezroq sota oladi. Lekin imtiyozli aktsiyalar nominal qiymati, jamiyat ustav kapitalini 20% idan oshmasligi kerak.
Ayrim hollarda, aktsiyanerlik kapitali faqatgina boshlang‘ich kapital qo‘yilmalarni qoplabgina qolmay, yana korxonaning sof aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojining katta qismini qoplaydi. Bu holat odatda, korxonaning moliyaviy resurslarni faqat yuqori foiz ostida olish mumkin bo‘lgan sharoitdagina yuz beradi. Bu vaziyatda depozitlarga to‘lanadigan foiz stavkalari ham juda yuqori bo‘ladi, shuning uchun, korxona etorli resurslarni tashkil qilish uchun investitsion loyiha yuqori daromadligi va o‘ziga jalb qiluvchi bo‘lishi kerak. Boshqa holatlarga nisbatan arzonroq qarz yoki muddatli kreditlar olish mumkin bo‘lgan holatda, loyihalarni ssudalar yordamida moliyalashtirishga intilish o‘sadi.
Har qanday holatda uzoq muddatli qarzlar va aktsioner kapitali o‘rtasida balans tutib turish lozim. Qanchalik aktsioner kapitali hissasi yuqori bo‘lib, shunchalik qarz majburiyatilari xissasi kam bo‘lsa, soliq to‘lagunga qadar foyda shunchalik yuqori bo‘ladi. Moliyalashtirishda qarz majburiyatlari hissasi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik, majburiyatlar bo‘yicha foiz to‘lovlari yuqori bo‘ladi.O‘zbekiston Respublikasining 23 iyulь 2007 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohadagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq: “Korxonalarning obligatsiyalari” degan so‘zlar “Korporativ obligatsiyalar” degan so‘zlar bilan almashtirildi (Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risidagi Qonunning 5 – moddasi).
Korporativ obligatsiyalarni faqat ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari auditorlik tashkilotining hulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitalining obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida chiqarishlari mumkin.
Korporativ obligatsiyalar chiqarishga faqat ochiq aktsiyadorlik jamiyatining ustav fondi to‘liq to‘langanidan keyin yo‘l qo‘yiladi.3
Har bir loyihada moliyalashtirishning turli hil shakllarining oqibatlarini tubdan baholash lozim va shunday moliyalashtirish manbasini aniqlash lozimki, unda resurslar va iqtisodiy qaytim mos kelsin, ya’ni:
- aktsionerlik kapitali bilan birgalikda qarzga olingan mablag‘lar ham investitsion loyihani moliyalashtirish manbai bo‘ladi.
- moliya bozorlarining asosiy vazifasi – jamg‘armalarni ishlab chiqarish investitsiyalariga yo‘naltirishdir. Moliyaviy bozorlarsiz korxonalar o‘z mablag‘lariga tayanishga majbur bular edilar, bu esa uni rivojlanishini keskin chegaralib qo‘yadi.
v) Investitsion loyihani moliyalashtirishning qarzga olingan manbai bo‘lib, bank kreditlari, ipoteka ssudalari, sug‘urta kompaniyalaridan olingan qarzlar yoki byudjetdan tashqari fondlardan olingan kreditlar hisoblanadi.
Bank tomonidan olinadigan foizlar beriladigan kreditning hajmi, muddati uning ta’minlanganligi, kreditlash shakli, kreditning risk darajasi va boshqalarga bog‘liq tarzda differentsiyallashadi. Hozirgi vaqtda investorlar tez qaytish beruvchi tadbirkorlik faoliyatiga kreditlarni jalb qilmoqdalar.
Kreditlar, kreditlash muddatiga ko‘ra qisqa muddatli (1 yilgacha) va uzoq muddatli (1 yildan yuqori) turlarga bo‘linadi. Korxonaning asosiy fondlari uchun olingan uzoq muddatli kreditlarni odatda investitsiya deb atashadi. Uzoq muddatli kreditlarning ob’ektiv zarurligi korxonani ishlab chiqarishini kengaytirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Aynan shu sharoitda kredit munosabatlarida uzoq muddatlilik harakter i vujudga keladi. Bu qarzdorga o‘z mablag‘larini o‘z muomalasidan olishga (oborotidan olishga) nisbatan, bir muncha qisqaroq vaqtda pul mablag‘larini olish imkoniyatini beradi. Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishning kredit usulining afzallik tomoni mablag‘larni qaytarishlik bilan bog‘liqdir. Bu kapital qo‘yilmalarni haqiqiy qoplanishi va kreditni qaytarilishini nazaratini kuchaytiradi. Bu esa o‘z-o‘zidan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshiradi.
Hozirda real iqtisodiyotda investitsiyalar daromadlilik darajasi bank foiz stavkasiga nisbatan yuqori bo‘lgan, savdo kredit va vositachilik operatsiyalarini kreditlash bilan chegaralanib qolmoqda.



Yüklə 36,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə