11- mavzu. Investitsiyalarni moliyalashtirish vositalari


Aktsiyadorlik kapitali hisobiga investitsiya faoliyatini moliyalashtirish



Yüklə 36,26 Kb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü36,26 Kb.
#147409
1   2   3   4   5   6
11- mavzu. Investitsiyalarni moliyalashtirish vositalari-fayllar.org

Aktsiyadorlik kapitali hisobiga investitsiya faoliyatini moliyalashtirish.
Aktsiya- uning aktivini bir qismi me’yorida, korxonaning mulkiy egalariga qo‘yilgan talabdir.
Qimmatli qog‘ozlar chiqarish, investitsiyalarni moliyalashtirishda markazlashgan mablag‘lar va bank kreditlarining hissasini pasayishiga olib keladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori va kredit bozori, pul mablag‘lariga ehtiyoji bo‘lgan tarmoqlarga (korxonalarga) pul mablag‘larini taqsimlab korxonalarning moliyaviy holatini barqarorlashtiradi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan harid qilinadigan qimmatli qog‘ozlar ichida keng tarqalgan turi aktsionerlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan aktsiyalardir.
Aktsiya - bu korxona mulkiga aktsionerlarning qo‘shgan xissasini tasdiqlovchi hujjat. Aktsiyalar bo‘yicha daromadlar divident shaklida olinadi. Aktsiyalar chiqarish orqali zarur bo‘lgan pul mablag‘lari jalb qilinadi. Aktsionerlik kapitalini shakllantirishda ikki hil aktsiya emissiya qilinadi: oddiy va imtiyozli aktsiyalar.
Oddiy aktsiya — aktsionerlik jamiyatini boshqarishni huquqini beradi (aktsionerlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish, dividend olish huquqi, jamiyatni likvidatsiya qilayotganda aktsiyalar qiymatiga teng miqdorda korxona mulkini olish). Barcha oddiy aktsiyalarning nominal qiymati bir hil bo‘lishi lozim.
Imtiyozli aktsiyalar ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaydi, lekin uning afzallik tomoni shundaki, u aktsionerga oldindan ma’lum bo‘lgan, qat’iy belgilangan foiz bo‘yicha daromad bilan ta’minlangan bo‘ladi. Daromad hajmi aktsionarlik jamiyati faoliyat natijasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Aktsionerlik jamiyatlari ochiq yoki yopiq turdagi jamiyatlarga bo‘linadi. Ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlari o‘z aktsiyalarini barcha xohlovchilariga ham, yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlari faqat o‘z ishchilariga sotishi mumkin. Mulkchilikning aktsionerlik shaklida korxonaning ho‘jalik faoliyati natijasi uchun aktsionerlarning javobgarlik ma’suliyati oshadi. Ishchilarning bo‘sh pul mablag‘larini aktsiyalarga joylashtirishi, ularning mablag‘larini inflyatsiyadan himoyalasa, boshqa tomondan ishlab chiqarish natijasi uchun ma’suliyatini oshiradi. CHunki o‘zi bundan manfaatdor bo‘ladi. Bank krediti uchun albatta foiz to‘lanishi shart, korxonaning moliyaviy natijasidan qat’yy nazar (foyda ko‘rdimi yoki zarar). Aktsiyalar (oddiy aktsiya) uchun korxona faoliyati natijasiga qarab aktsionerlarga divident to‘lanadi. Korxona zarar ko‘rsa, divident to‘lamaydi. Aktsionerlar yig‘ilishi qaroriga binoan, hisobot yilida dividentlar to‘lanmasdan korxona faoliyatini kengaytirishga yoki biror investitsion loyihani moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi mumkin. Bundan tashqari aktsionerlik jamiyati ustidan davlat va aktsionerlarning nazorat sifati oshadi. Qimmatli qog‘ozlar orqali zarur mablag‘lar bank kreditiga nisbatan ko‘proq to‘planadi. Aktsionerlik kapitali nafaqat pul shaklida, balki, texnika, texnologiyalar ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Loyihani moliyalashtirishning qimmatli qog‘ozlar emissiya qilish shaklining ijobiy tomoni shundaki, investitsion loyihani amalga oshirish uchun asosiy zarur moliyaviy resurslar yoki boshqa resurslar loyihani amalga oshirishdan oldin yoki uni amalga oshirish jarayonida kelib tushadi.
Korxonalar o‘z investitsiya faoliyatini jalb qilingan mablag‘lar hisobiga moliyalashtirish uchun bir qator imtiyozlar joriy etildi, xususan, “yuridik shaxs bo‘lgan aktsiyadorning o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini ustav fondini (kapitalini) ko‘paytirish uchun yo‘naltirish chog‘ida qo‘shimcha aktsiyalar qiymati yoki aktsiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tarzida olingan daromadlari (foydasi) soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi”.4 Kelgusida aniq to‘lovlari kafolatlanmagan holda siz o‘z kapitalingizni ko‘chmas mulkka, aktsiya yoki tarixiy yodgorliklarini ishlab chiqarishga investitsiya qilasiz. Endi, shunday riskli aktivlar bo‘yicha daromadlilik stavkasi o‘lchanadi.
Agar siz o‘zingizni kapitalingizni kandaydir, payli qimmatli qog‘ozlarga misol, oddiy aktsiyaga qo‘ygansangiz, u holda sizni daromadingiz ikki manbadan tashkil topadi. Birinchi-devidendlar bo‘lib, aktsioner firmasiga-mazkur qimmatli qog‘ozlar emitenti tomonidan to‘lanadigan pul ko‘rinishdagi to‘lov. Bu devidendlar shartnomada kelishilgan devidend to‘lovlaridir, buni foiz stavka deyilmaydi. Devidendlar firm aatsionerlar rumumiy yig‘ilish sovetiga asosan to‘lanadi.
Ikkinchi manbasi, aktsioner kapitaliga qo‘yilgan daromad bu aktsioner egalik qilgan vaqtda, mazkur vaqtda aktsiyani bozor kursini ortishidir. Daromadni bu ko‘rinishi kapitalni ortishi deyiladi. Agar aktsioner zarar ko‘rsa u holda kapitalni yo‘kotish deyiladi.
obligatsiyalarga qaraganda aktsiyalarga qo‘yilmalar yuqori tavakkalik bilan bog‘liq ekanligi ma’lum, shu bilan birga yirik kompaniyalar aktsiyalariga qo‘yilmalar kiritilishiga qaraganda yuqori tavakkallik obligatsiyalarni topish ham qiyin emas. Albatta, tavakkallik ko‘p hollarda emitentning, vositachining yoki muayyan moliyaviy vositalarni sotuvchisini sofdilligiga bog‘liq. Past tavakkallik investitsiyalar muayyan daromad olishning xavfsiz vositasi hisoblanadi. Aksincha, yuqori tavakkalli investitsiyalar chayqovchilik hisoblanadi. Investitsiyalash va chayqovchilik atamalari investitsiyalashga ikki turlicha yondashuvni anglatadi. Aytib o‘tilgandek, investitsiyalash deganda qiymati barqaror turadigan va nafaqat daromadni ijobiy miqdorini olish, balki oldindan daromadni aytish mumkin bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa aktivlarni sotib olish jarayoni tushiniladi. CHayqovchilik shunday aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdan iborat bo‘lib, faqat ularni bo‘lajak qiymati va kutilayotgan daromad darajasi ishonchli bo‘lmagan holatdir. Albatta, tavakkalchilikni yuqori darajasida chayqovchilikdan yuqori daromad olish ham mumkin.

Yüklə 36,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə