11-mavzu: aktivlar auditi


Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirish



Yüklə 400,5 Kb.
səhifə6/17
tarix28.03.2023
ölçüsü400,5 Kb.
#103327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
JORIY AKTIVLAR AUDITINI TASHKIL ETISH VA O\'TKAZISH KETMA-KETLIGI

11.4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirish
Auditor asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirishda o’rnatilgan har oylik eskirish hisoblash qoidalariga buxgalteriya tomonidan rioya qilinayotganligini aniqlashi lozim. Bunda tekshirish uchun asosiy vositalarga eskirish hisoblashda to’ldiriladigan 6-shakldagi hisob-kitob jadvali asos bo’lib xizmat qiladi. Auditorga xizmat qilish muddati o’tib, amortizatsiya hisoblash to’xtatilgan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxati taqdim etilishi lozim. Agar korxonada tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash mexanizmi qo’llanilsa, ushbu holat uning hisob yuritish siyosatida ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Auditning ushbu blokida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  1. korxona hisob siyosatida ko’rsatilgan - asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish;

  2. amortizatsiya ajratmalarini asosiy vositalarning u yoki bu guruhiga olib borishning to’g’riligini tekshirish;

  3. har oylik amortizatsiya ajratmalari summalari bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish;

  4. amortizatsiya ajratmalarining hisobda o’z vaqtida va to’g’ri aks ettirilishini tekshirish2.

Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishning to’g’riligini aniqlash № 5 BHMS, 21-BHMS va mijoz-korxona hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’ining tegishli qismiga muvofiq amalga oshiriladi. Buning uchun korxona hisob siyosati bo’yicha buyrug’ining qoidalari; asosiy vositalar amortizatsiya hisob-kitobi bo’yicha ishlanma jadvallar ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Auditor amortizatsiya hisoblashning maxsus shartlari qo’llaniladigan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxatini olishi zarur. Bularga xususan quyidagilar kiradi:

  1. xizmat qilish muddati o’tib ketgan asosiy vositalar;

  2. amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalar;

  3. konservatsiyadagi asosiy vositalar;

  4. amortizatsiya hisoblash to’xtatilgan asosiy vositalar;

  5. jadallashtirilgan amortizatsiya usuli qo’llanilayotgan asosiy vositalar;

  6. noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar;

  7. moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar.

Amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishini tekshirish chog’ida auditor amortizatsiya hisoblash usullari (chiziqli usul, kamayib boruvchi qoldiq usuli, foydali ishlatish muddati davomidagi yillari yigindisi bo’yicha qiymatini hisobdan o’chirish usuli, qiymatni mahsulot (ish) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan o’chirish usuli)ga e’tibor berishi zarur.
Asosiy vositalar ob’ektlarining bir xil guruhlari bo’yicha amortizatsiya hisoblashning tanlangan u yoki bu usulini qo’llash butun foydali xizmat qilish muddati davomida boshqasiga o’zgartirilmasdan amalga oshirilishi lozim. Ammo, soliqqa tortish maqsadida amortizatsiya ajratmalari hisoblash O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq asosiy vositalar ob’ektlarining dastlabki qiymatiga nisbatan amalga oshirilishi ham mumkin.
Auditor tanlab tekshirish usuli bilan asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddati to’g’ri belgilanganligini aniqlaydi. Chunki, hisobot davridagi amortizatsiya ajratmalari summasi va amortizatsiya ajratmalari normalarini belgilash shunga bog’liq. Amortizatsiya ajratmalari normalari noto’g’ri belgilangan holatlar aniqlanganida, auditor buning oqibatida mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxi qanchalik oshgan(pasaygan) ligini aniqlaydi.
Shuningdek, amortizatsiya hisoblash muddatlarining boshlanish va to’xtatilish muddatlari, amortizatsiya hisoblashning muntazamligi, amortizatsiya hisoblashda pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qo’llashning to’g’riligini tekshirish zarur.
Amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to’g’riligi tanlab tekshiriladi.
Amortizatsiya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib borishning to’g’riligini tekshirish amortizatsiya ajratmalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Auditor amortizatsiya hisoblanadigan ob’ektlar asosiy vositalarning qaysi guruhiga (ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish) tegishliligini, asosiy vositalar mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) da ishlatilayotganligi yoki operativ (qisqa muddatli) lizing shartnomasi asosida berilganligini aniqlashi lozim. Noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalar bo’yicha hisoblangan amortizatsiya ajratmalari o’z mablag’lari manbalari hisobiga, operativ lizing asosida topshirilganlari bo’yicha esa foyda va zararlar schyotiga olib boriladi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblashni hisobga olishda eng ko’p uchraydigan qoida buzilish hollari: ayrim korxonalarda asosiy vositalarga eskirish hisoblash har choraklikda amalga oshiriladi; soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish maqsadida ataylab xizmat qilish muddati o’tib ketgan asosiy vositalarga ham eskirish hisoblash davom ettiriladi; asosiy vositalarga asossiz tarzda tezlashtirilgan eskirish hisoblanadi va h. k.



Yüklə 400,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə