11-mavzu. Asosiy vositalarni qayta baholash



Yüklə 49,53 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü49,53 Kb.
#166409
  1   2
11-Мавзу. Asosiy vositalarni qayta baholash

11-mavzu. Asosiy vositalarni qayta baholash


Asosiy vositalarni qayta baholash ularning bozor qiymati bilan korxona balansida hisobga olingan asosiy vositalar qiymati o‘rtasidagi farqni bir xillashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Narx–navo ko‘tarilib borishi inflyatsiya ta’sirida paydo bo‘ladi. Aksincha narx–navoning tushishi ya’ni deflyatsiya davrida asosiy vositalar bahosini tushirish maqsadida qayta baholanadi. Agar yuqorida keltirilgan holatlar ro‘y bersa, barcha asosiy vositalar, o‘rnatish uchun uskunalar, tugallanmagan qurilish obyektlari, uzoq muddatli ijaradagi asosiy vositalar, ya’ni texnik holatidan qat’i nazar foydalanishdagi va foydalanishda bo‘lmagan, konservatsiyada bo‘lgan, hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin isobdan chiqarish dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilmagan, shuningdek, tugallanmagan qurilish va o‘rnatishga mo‘ljallangan uskunalar korxona mulkchiligida, tezkor boshqaruvida va uzoq muddatli ijarada bo‘lgan asosiy vositalar qayta baholanishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning xohishiga ko‘ra asosiy vositalar quyidagi ikki xil usul bilan qayta baholanishi mumkin:

  • to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta baholash usuli. Bunda alohida obyektlar qayta baholanadiganlarga o‘xshash bo‘lgan yangi obyektlar baholash paytida 1-yanvar holatiga ko‘ra hujjatli tasdiqlangan bozor narxlari, ishlab chiqaruvchi zavodlardan, savdo tashkilotlaridan, davlat idoralaridan, ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda chop etilishi bo‘yicha narxlar to‘g‘risida yozma ravishda olingan ma’lumotlar, shuningdek ekspert–baholovchining hisobotiga asosan qayta baholanadi;

  • dastlabki (tiklash) qiymatini indeksatsiyalash usuli. Bu usul bo‘yicha alohida obyektlar O‘zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladigan asosiy vositalar qiymati o‘zgarishi indekslarini qo‘llagan holda qayta baholanadi.

Buxgalteriya hisobida yuqorida qayd etilgan usullarni qo‘llash yo‘li bilan asosiy vositalar balans qiymati ularning tiklash qiymatigacha oshishi (kamayishi) asosiy vositalar, uzoq muddatli ijara shartnomasiga muvofiq olingan asosiy vositalar, o‘rnatish uchun uskunalar, zahira kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraq bilan korrespondentlashgan holda kapital qo‘yilmalar hisobvaraqlarining debeti (krediti) bo‘yicha aks ettiriladi.
Asosiy vositalar to‘g‘ridan–to‘g‘ri usul bilan qayta baholanganda buxgalteriya hisobida eskirish summasiga qayta baholangandan keyingi tiklash qiymatining qayta baholashdan oldingi qiymatga nisbati bilan hisoblanadigan qayta sanash koeffitsiyenti bo‘yicha tuzatish kiritiladi.
Asosiy vositalar indeksatsiyalash usuli bilan qayta baholanganda qayta baholash sana holatiga hisobda bo‘lgan eskirish summasi (to‘liq eskirish hisoblangan obyektlar ham bunga kiradi) tiklash qiymatigacha qayta hisoblashda asosiy fondlar qiymati o‘zgarishining tegishli indekslariga ko‘paytirilishi lozim.
Tuzatish kiritilgan eskirish bilan qayta baholashgacha bo‘lgan eskirish summasi orasidagi farq zahira kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan korrespondentlashgan «Asosiy vositalarning eskirishi» hisobvara- g‘ining kreditida (oshgan takdirda) va debetida (kamaygan taqdirda) aks ettiriladi.
Misol. Korxona 15 200 ming so‘mlik bozor qiymati 20 500 ming so‘m bo‘lgan, 5240 ming so‘m eskirish hisoblangan kompyuterni qayta baholashni amalga oshirdi. Dastlabki qiymatdan bozor narxning oshishi (20 500 15200) × 15 200 : 100 = 63% ni tashkil etdi. Binobarin eskirish
summasiga 5 240 ming so‘m × 63% : 100 = 1 310 ming so‘mlik summaga
tuzatish kiritiladi.

  • Qayta baholash summasiga beriladigan yozuv: 20 500–15 200= 5 300 ming so‘m

Debet 0150 «Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi» – 5 300 ming so‘m.
Kredit 8510 «Mol–mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» – 5 300 ming so‘m.

  • Eskirishning tuzatish kiritilgan summasiga:

Debet 8510 «Mol–mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» – 1310 ming so‘m.
Kredit 0250 «Kompyuter jihozlar va hisoblash texnikasining eskirishi» – 1310 ming so‘m.

Yüklə 49,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə