11-Mavzu: Aylanma pechlarda klinkerni hosil bo‘lishi Reja


Katta o‘lchamli yuqori ish unumiga ega bo‘lgan aylanuvchi pechlardan foydalanish, va sement sifatini oshirish



Yüklə 53,24 Kb.
səhifə6/6
tarix11.12.2023
ölçüsü53,24 Kb.
#145273
1   2   3   4   5   6
11 mavzu

Katta o‘lchamli yuqori ish unumiga ega bo‘lgan aylanuvchi pechlardan foydalanish, va sement sifatini oshirish
Portlandsement ishlab chiqarishda qaysi usuldan foydalanishdan kat’i nazar, uning texnikaviy va qurilishga xos xususiyatlari deyarli bir xil bo‘ladi. Kelajakda sement sanoati futerovka mustahkamligini oshirish, pechlarda nssiqlikdan foydalanishni yaxshilab, yanada sifatli maydalovchi-jismlar ishlatish, pechdan chiqqan changdan foydalanish, remont xizmati ishining sifatini yaxshilash, asbob-uskunalarning vaqt hamda uni unumdorligi bo‘yicha notekis ishlashiga barham berish, remont vaqtini qisqartirish va hokazolar, asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, kapital mablag‘larning samaradorligini oshirish kabi masalalarni amalga oshirmog‘i lozim.
Pechning nisbiy ish unumdorligini oshirish maqsadida klin­ker hosil bo‘lish jarayonini tezlashtirishga kuydirish temperaturasini oshirish orqali erishish mumkii. Biroq aylanuvchi pech­larda temperaturaning ko‘tarilishiga futerovkaning barqarorligi halqa va katta kesak hamda guvalasimon mahsulotlar hosil bo‘lish xavfi mone’lik qiladi, ayni vaqtda temperaturaning ko‘tarilishi issiqlikning nisbiy sarfini oshiradi. SHuning uchun yuqori temperaturalarda klinkerni kuydirish imkonini beruvchi yangi kuydirish apparatlari zarur.
Yuqori temperaturada klinker olish jarayoni shu bilan farqlanadiki, xom ashyo aralashmasi 1800…2000°Cgacha tez qizdirilganda karbonatlar hamda gilli minerallarning dissotsiatsiyalanish davrlari oksidlarning o‘zaro ta’sirlashuv davriga muvofiq keladi.
Yuqori temperaturada vujudga keladigan oksidlar hosil bo‘lish vaqtida juda aktivligi tufayli, bir-biri bilan darhol o‘zaro ta’sirlashuvga kirishadi. Bunda reaksiya oksidlarning, dastlabki hosil bo‘lishidagiga nisbatan ancha tez kechadi.
Yangi kuydirilgan klinkerni tez va yaxshi sovitish muhim bo‘lib, buning uchun juda takomillashgan konstruksiyali xolodilniklar zarur. Tez kuydirish va tez sovitish faqat mehnat unumdorligini oshiribgina qolmay, balki sement sifatini yaxshilashda ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Klinkerni yuqori temperaturada tez vaqt ichida kuydirish usulida chiqayotgan issiqlikdan qayta foydalanish katta ahamiyatga ega, bu o‘z navbatida, yoqilg‘i sarfini kamaytirish, shuningdek, hosil bo‘ladigan mahsulotning yuqori sifatli bo‘lish shartlaridan biri-xom ashyo aralashmasining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi reaksiyaning tugallanishini ta’minlash imkonini beradi.
Nazorat savollari
1. Klinker hosil bo‘lish jarayonini tezlashtirishda ishlatiladigan moddalar xaqida malumot bering?
2. Xom ashyo aralashmasi aylanib turuvchi pechlarda kuydirilganda fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarnecha bosqichga bo‘linadi?
3. Port­landsement klinkerini olishda mineralizatorlar roli va bu sohada qilingan ishlar
4 Katta o‘lchamli yuqori ish unumiga ega bo‘lgan aylanuvchi pechlardan foydalanish
5. sement sifatini oshirish yo‘llari nimalardan iborat?
Yüklə 53,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə