12- MAVZU. IS-LM MODELINING SHAKLLANISHI VA TADBIQI
Makroiqtisodiy muvozanat mamlakat iqtisodiyotining to‘g’ri yoki noto‘g’ri
yo‘ldan borayotganligini ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘lib
hisoblanadi,
chunki
iqtisodiyotda bo‘layotgan doimiy o‘zgarishlar har qanday mamlakatni ham iqtisodiy
muvozanatdan chiqarib yuborishi mumkin.
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga
erishish shartlari va
makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq
qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.
IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning
iqtisodiyotga birgalikda
ko‘rsatadigan ta’sirini baholash imkonini beradi.
IS-LM modeli ma’lum makroiqtisodiy natijalarga
erishishning turli
variantlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi. Bir bozorda bo‘lgan o‘zgarish
ikkinchi bozorga ham ta’sir etadi.
Pul- kredit siyosati foiz stavkalari yuqori bo‘lganda samarali bo‘ladi. Fiskal
siyosat esa
foiz stavkasi minimal, ya’ni LM egri chizig’i gorizontal, IS egri chizig’i
esa vertikal bo‘lganda samaraliroq bo‘ladi. Model yordamida makoiqtisodiy siyosat
variantlarini tanlash, shuningdek usullarini muvofiqlashtirilgan holda qo‘llash va
siqib chiqarish samaralarini kamaytirish yo‘llarini tahlil etish mumkin.
Masalalarni yechilishi bo‘yicha namunalar:
1-masala
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: C = 300 +
0,65Yd, investitsiya funksiyasi I = 200 – 1500r, soliqlar T = 200, davlat xarajatlari
G = 200, pulga talab funksiyasi M = (0,5Y – 2000r)*P, pul taklifi M = 550, narxlar
darajasi P =1, sof eksport
funksiyasi X
n
= 100 – 0,05Y – 500r. IS va LM egrilar
tenglamasi,
shuningdek, Y daromad va r foiz stavkasining
muvozanat qiymatini
aniqlang.
Berilishi:
C = 300 + 0,65Yd
;