12-Amaliy ish Mavzu: Kapital transheyalar trassasi



Yüklə 17 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü17 Kb.
#155359
12- amaliy ochiq


12-Amaliy ish
Mavzu: Kapital transheyalar trassasi
Makon bo’yicha yo’l o’qi joylashish holatini belgilovchi chiziqli kapital transheya tassasi deyiladi. Karyerning so’nggi chegaralariga nisbatan joylashishi bo’yicha kapital transheyalar trassasi tashqi, ichki va aralash bo’lishi mumkin. Trassa aralash joylashganda karyer yuqori gorizontlari tasahqi, pastki gorizontlari esa ichki transheyalar orqali ochilasdi . Xizmat qilsh muddati bo’yicha trassalar statsioner (karyer ishlamaydigan bortiga joylashgan tashqi va ichki o’tilgan kapital transheyalar trassasi) va vaqtinchali ( siljuvchi syezdlar trassasi) trassalarga ajratiladi.





6 – rasm. Karyer maydoniga arash joylashtirilgan kapital transheyalar trassasining umumiy (a) va plandagi (b) ko’rinishi.

Ko’tarilish balandligi, joylashish chuqurligi egri uchastkalarning minimal radiusi, nazariy va amaldagi trassa uzunligi, qiya uchastkalarni gorizontal uchastkalarga tashish punktlarining konstruksiyasi va ularning soni trassaning asosiy parametrlari hisoblanadi. Kapital transheya trassasining vertical tekislikdagi proeksiyasi trassaning bo’ylama profile deb ataladi, gorizontal tekislikdagi proeksiyasi esa, trassa plani deyiladi.


Transheyalar bo’ylama trassasi gorizontal, qiya va tutashish uchastkalaridan tashkil topadi. Trassaning qiya uchastkalarini ishchi gorizontlariga tutashish punktlari trassa bo’ylama proffilining hal qiluvchi elementi hisoblanadi.
Kapital transheyalar trassasi tutashish punktlari bosh ko’tarilish uchastkasi va gorizontal maydonlarda bo’lishi mumkin (7– rasm).
Yo’llar bosh ko’tarilish uchastkasida tutashganda transport vositasi majburiy to’xtashi kerak bo’lgan sharoitlarda transport vositasi bevosita bo’sh ko’tarilish uchastkasida to’xtaydi. Bunda to’xtab turgan transport vositasining o’rnidan qo’zg’alishiga kerak bo’lgan kuch harakatlanayotgandagi kuchiga nisbatan ancha katta bo’ladi. Trassaning bunday bo’ylama profilida to’xtab turgan transport vositasini qayta qo’zg’alishini ta’minlash uchun lokomativning ilashish og’irligini 10 – 50 % ga oshirish lozim bo’ladi. Biroq, bunda trassa uzunligi va kapital transheyalar tizmining hajmi minimal bo’lishiga erishiladi.

7– rasm. Kapitak transheyalarni ichki gorizontlar bilan bosh ko’tarilish (1), kam (yumshoq) ko’tarilish (2), gorizontal maydonchalarda (3) tutashish usullari.
Yo’llar kam (yumshoq) ko’tarilish uchastkalarida tutashganda kapital transheya yuqori qismida kichik ko’tarilishga (bosh ko’tarilishga nisbatan) ega bo’lgan uchastka ( hosil qilinadi (bu uchastkaning qiyaligi bosh ko’tarilish ko’tarilish uchastkasi qiyaliginig 60 – 65% ni tashkil qiladi) uzunligi ( esa 200 – 250 m bo’lishi mumkin.Bunda trassa uzunligi quyidagi formula orqali aniqlanadigan miqdorga uzayadi:
,
Bunda: n – kam (yumshoq) ko’tarilish uchastkalari soni. Kapital transheyalar hajmi ham sezilarli darajada oshadi.Yo’llar gorizontal uchastkalarda tutashganada kapital transheyalar hajmi oshmaydi (yo’llar bosh ko’tarish uchastkasida tutashgandagiga nisbatan). Biroq, trassa uzunligi ga ko’payadi
,
Bunda: – tutashgan uchastkalar uzunligi, (m).
Kapital transheyalar trassasi uzunligi nazariy va haqiqiy bo’lishi mumkin.
Trassaning nazariy uzunligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
,
Bunda: - trassaning boshlanish va tugash joylarinig balandlik belgilari, m; - trassaning ko’tarilish burchagi, gradus; – trassaning ko’talish miqdori, %.
Trassa haqiqiy uzunligi unda tutashish uchastkalari mavjudligi tufayli doimo nazariy uzunlikdan ko’p bo’ladi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
,
Bunda - trassaning uzayish (rivojlanish) koeffisiyenti.
Trassa uzayish koeffsiyenti yo’llar tutashishi sharoitlari bo’yicha quyidagi qiymatlarga ega bo’ladi:
Tutashish sharoiti:
Bosh ko’tarilish uchastkasida …………………………….. 1 – 1,2
Kamroq (yumshoq) ko’tarilish uchastkasida ……. 1,2 – 1,3
Gorizontal maydonchalarda ………………………….... 1,4 – 1,6
Planda kapital transheyalar trassasi soda va murakkab bo’ladi (47,3– rasm). Agar kapital transheya trassasi nir yo’nalishli bo’lsa, u sodda tassa deyiladi.

8 – rasm. Kapital transheyalar shakllari: a – petlyasimon; b – tupikli; d – spiral; 1 – petlya; 2 – tupik.
Bir nechta uchastka va yo’nalishlarda tashkil topgan trassa nurakkab trassa hisoblanadi. Karyer konturida trassa uchastkalarini joylashish holati bo’yicha trassalar tupikli, petlyasimon, spiral va ularning kombinsatsiyasi ko’rinishida bo’lishi mumkin. Karyer chegarasidan tashqarida joylashgan kapital transheyalar trassasi doimo sodda shaklga ega bo’ladi. Karyer maydoni ichki transheyalar bilan ochilganda trassa shakli transport komunikatsiysalarini joylashtirishga mo’ljallangan karyer borrti uzunligi ni trassa haqiqiyuzunligi nisbatiga bog’liq bo’ladi. Agarda bo’lsa trassa shakli sodda, agar bo’lsa, trassa shakli murakkab bo’ladi.
Foydali qazilmaning yotish sharoiti, yer yuzasi reylefi, karyer maydoning plandagi o’lchamlari va qo’llaniladigan transport vositasining turi trassa shaklini belgilovchi asosiy omillardan hisoblanadi. Tupikli trassa shakli, asosan temiyo’l transportida, petlyasimon trassa shakli esa avtomobil transporti qo’llanilganda bo’ladi.
Yüklə 17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə