12-mavzu. Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi mavzu bo‘yicha testlar



Yüklə 14,95 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü14,95 Kb.
#109664
TEST


12-MAVZU. AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR
1. Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish qaysi jarayonda vujudga keladi?
A. Audit rejasining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida.
B. Audit dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida.
C. Audit rejasi va dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish jarayonida.
D. Audit rejasi va dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.


2. Auditor qaysi hollarda katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko‘rsatuvchi holatlarni obyektiv baholashi shart emas?
A. Tekshiruv uchun zarur bo‘lgan, auditorga o‘z vaqtida taqdim qilinmagan dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo‘jalik muomalalari mavjud bo‘lganda.
B. Mutaxassislar hisob-kitoblarida nomuvofiqliklar bo‘lganda.
C. Inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin yetarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar bo‘lganda.
D. Katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so‘rovlariga kutilgan javoblar olinmaganida.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.


3. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining umumiy tavsifi auditorlik hisobotining qaysi qismida ko‘rsatiladi?
A. Adresat.
B. Kirish.
C. Tahlil.
D. Yakuniy.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.


4. Auditorlik xulosasi nechta qismdan iborat?
A. 2;
B. 3;
C. 4;
D. 5;
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.


5. Auditorlik xulosasiga qaysi qatorda to‘liqroq va aniqroq javob berilgan?
A. Moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat.
B. Buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat.
C. Moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyektga taqdim etilgan hujjat.
D. Moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining maxfiy fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.


6. Auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish ayrim qaysi hollarda yuzaga keladi?
A. Auditor mustaqilligini yo‘qotganida.
B. Balans tuzilgan sanadan keyin jiddiy hodisalar sodir bo‘lganda.
C. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan audit o‘tkazish sohasi cheklab qo‘yilganida.
D. Ayrim murakkab vaziyatlar tufayli audit o‘tkazish sohasi cheklab qo‘yilganida.
E. Barchasi to‘g‘ri.


7. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborotlar auditorlik hisobotining qaysi qismida ko‘rsatiladi?
A. Adresat.
B. Kirish.
C. Tahlil.
D. Yakuniy.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.


8. Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi, deb nimaga aytiladi?
A. Bu xo‘jalik yurituvchi subyekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning, boshlab qo‘yilgan auditorlik tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasi tayyorlash uchun yetarli deb hisoblaydigan hajmda o‘tkazishga to‘sqinlik qilishga qaratilgan ochiqdan-ochiq ko‘rsatadigan xatti-harakatlari yoki harakatsizligidir.
B. Auditorlik tekshiruvida inventarizatsiyani o‘tkazilmasligidir.
C. Bu xo‘jalik yurituvchi subyekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning, boshlab qo‘yilgan auditorlik tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasi tayyorlash uchun sifatli o‘tkazishga to‘sqinlik qilishga qaratilgan ochiqdan-ochiq ko‘rsatadigan xatti-harakatlari yoki harakatsizligidir.
D. To‘g‘ri javob mavjud emas.
E. Barchasi to‘g‘ri.


9. Auditor auditorlik xulosasini berishdan bosh tortishi hamda salbiy auditorlik xulosasi berishi orasida qanday farq bor.
A. Hech qanday farq mavjud emas, bu ikkisi bir xil.
B. Agarda auditor xulosasini berishdan bosh tortsa demak auditorda buxgalteriya hisoboti ishonchliligi borasida hech qanday fikr tug‘ilmagan.
C. Qaror qilish sababi bir xil, ammo rad etish mijoz uchun ma’qul tushadi.
D. A va C.
E. To‘g‘ri javob yo‘q.


10.Auditorlik hisoboti nechta qismdan iborat?
A. 2;
B. 3;
C. 4;
D. 5;
E. 6.
Yüklə 14,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə