12-mavzu. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish reja


-jadval Korporatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari



Yüklə 356,59 Kb.
səhifə25/27
tarix17.04.2023
ölçüsü356,59 Kb.
#106036
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
6-mavzu. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish

12.4-jadval
Korporatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari



Afzalliklar

Kamchiliklar

Aksiyadorlarkorporatsiyaningqarzlaribo‘yicha, korporatsiyaesaaksiyadorlarningqarzlaribo‘yichashaxsiyjavobgarlikkaegaemas

Korporatsiya mulkdorlarining ikki tomonlama soliqqa tortilishi

Yirik va mayda sarmoyadorlarni jalb etish yo‘li bilan kapitalni tezda yig‘ib olish imkoniyati mavjud

Yakka tadbirkorlik yoki hamkorlikka nisbatan korporativ faoliyatning ancha qat’iy tartibga solinishi

Aksiyalar egalari almashishi munosabati bilan korporatsiyaning faoliyati to‘xtab qolmaydi

Aksiyadorlar uchun korporatsiyani joriy boshqarishda cheklanishlarning mavjudligi

Korporativ tuzilmalarning asosiy turlaridan biri xolding kompaniyasi hisoblanadi. Xolding (angl.) - boshqa kompaniyalar faoliyatini nazorat qilish va boshqarish maqsadida ular aksiyalarining nazorat paketiga ega bo‘lgan kompaniyadir. Amaliyotda sof va aralash xolding turlari mavjud.


Sof xolding aksiyalar nazorat paketiga egalik qila turib, boshqa korxonalar faoliyatini nazorat qilish va boshqarish bilan shug‘ullanadi. Aralash xolding muayyan sohada (sanoat, savdo, transport va h.k.) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi”.
Xoldingning tarkibiga kiruvchi korxonalar sho‘‘ba korxona bo‘lib, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
Aksiyalar (paylar, ulushlar)ning nazorat paketi deganda korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida va uning boshqaruv organlarida muayyan qarorlarning qabul qilinishi yoki rad etilishini ta’minlovchi, korxona kapitalida ishtirok etishning istalgan shakli nazarda tutiladi. Aksiyalarning nazorat paketlari to‘g‘risidagi qaror monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilinadi va tartibga solinadi.
Xolding aktivlari quyidagilardan tashkil topadi:

  1. qimmatli qog‘ozlar;

  2. muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, shuningdek, xolding mablag‘lari hisobidan xarid qilingan aktivlar;

  3. pul mablag‘lari va h.k.

Xoldinglar qisman yoki to‘liq xorijiy sarmoya asosida, shuningdek, xorijiy korxonalar aksiyalari nazorat paketlarini sotib olish yo‘li bilan ham tashkil qilinadi.
Xoldingning aktivlari tarkibiga sho‘‘ba korxonalari aksiyalarining nazorat paketlari bilan bir qatorda aksiyalarning teng (paritet) paketlari (ikkita ishtirokchi bo‘lganda 50 foiz) va boshqa xo‘jalik jamiyatlari kapitalidagi ishtirok paketlari (aksiyalarning nazoratsiz paketlari) kiritilishi mumkin.
Sho‘‘ba korxonalar o‘z majburiyatlari bo‘yicha ularga tegishli mol-mulk, shu jumladan bosh xoldingga tegishli bo‘lgan aksiyalar nazorat paketining qiymati bilan javob berishadi.
Xolding kompaniyalarining tashkil etilishi moddiy, moliyaviy resurslarning integratsiyalashuviga erishish, ularni yirik investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun yo‘naltirishga ko‘maklashadi.
Xolding korxonalarni alohida faoliyat turlari bo‘yicha, amaldagi monopoliyaga qarshi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga asoslangan holda birlashtiradi.
Xoldingni tashkil etish bosh kompaniya balansini taqsimlashni har tomonlama asoslangan tartib bo‘yicha amalga oshirish, ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish va ularni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida tasdiqlash kabi bosqichlardan iborat.
Bosh va sho‘‘ba korxona o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ta’sis shartnomasida bosh va sho‘‘ba korxona o‘rtasida balansning taqsimlanish tartibi belgilanadi, asosiy va aylanma mablag‘lar hajmi, sho‘‘ba korxonasining aylanma mablag‘larini to‘ldirishning umumiy asoslari belgilanadi.
Respublikamizda xolding kompaniyalarini shakllantirish ularning afzalliklari va kamchiliklarini taqqoslashga bevosita bog‘liq (4.7.-jadval).
Odatda, xoldinglarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun mustahkam ichki iqtisodiy aloqalar zarur hisoblanadi. Bunga esa uning barcha bo‘linmalarini birlashtirish, tashkil etish va boshqarish orqali erishiladi. Bunday tizimli yondashuvga asoslangan boshqaruvni tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: maqsad va vazifalarni belgilash; ish turlari va hajmini aniqlash maqsadida vazifalarni guruhlarga bo‘lish; javobgarlikni taqsimlash va boshqarish iyerarxiyasida darajalar sonini aniqlash; korxonani qo‘yilgan maqsadga erishishi uchun xodimlarni rag‘batlantiradigan muhitni shakllantirish; boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni ta’minlovchi kommunikatsiya tizimini loyihalash.

Yüklə 356,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə