12-Mavzu: Mustaqil O‘zbekistonda arxiv ishi Reja



Yüklə 22,77 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü22,77 Kb.
#153001
Muzey 12-mavzu


12-Mavzu: Mustaqil O‘zbekistonda arxiv ishi
Reja:
1. Hujjatlarning davlat hisobi. Jamoat va ekspertiza.
2. Idora arxivlari faoliyatining nazorat qilish.
3.Hujjatlardan turli maqsadlarda foydalanish.

Hujjatlarning davlat hisobi bu ularning yagona davlat hisobidagison va sifat jixatidan aks ettirishidir. Davlat ximobi hujjatlarni saqlanish va nazorat qilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga bu hujjatlarning klassifikatsion jamlamasi aniqlanishi kaysi muassasaga tegishli ekanligi, uning manzili belgilanishi ilmiy izlanishlar olib borishda kul keladi.


Hujjatlar hisobi arxivda markazlashgan holda maxsus belgilangan arxiv xodimi tomoidan olib boirladi. Hisobga olish tartibi, kushimcha tartiblar kiritish arxif direktori buyrugi bilan amalga oshiriladi.
Arxivda hisobga olishni to‘g‘ri tashkil qilish maqsadida hisob sxemasi ishlab chiqildi. Bunda hujjatlarni hisobga olish buyicha qilinadigan ishlar to‘la uz ifodasini topdi.
Filialda bu soxada amalga oshirilgan ishlar, xodimlarning shaxsiy rejalari, ularga berilgan topshiriqlar hamda bu ishlarning bajarilishi filial xodimlari bu talablarga to‘la amal qilayotganliklaridan guvoxlik beradi.
Arxiv xodimlari fondlarni ularni kartochkalarini qayd qilishda davlat arxivi qoida va talablari asosida ish yuritiladilar. Bu esa arxivdan urin olgan xar bir hujjatning saqlanish holatining talab darajasida bo‘lishini ta’minlaydi.
1996-yilda 70 ta hujjatlar 308 fond buyicha kartochkalashtirildi. Shu kabi arxiv fondi xajmi soni buyicha ma’lumotlar tayyorlandi, yangi qabul qilingan hujjatlarga fond kartochkalari tuzildi – ma’lumki hujjatli axborotlarni izlashda ma’lumot usuli kul kelishi tajribadan ma’lum. Chunki ma’lumotdan yig‘majild yozuvi, ma’muriy hududiy bo‘linishi buyicha uzgarishlar, yodgorlik va unitilmas tarixiy sanalar takvimi, ruznomalarda chop etilgan makolalar urin olgan. Filial xodimlari bundan 10 yil mukaddam bu erda saqlanayotgan hujjatlar va ularning qisqacha mazmuni haqida xikoya qiluvchi ma’lumotnoma tayyorlashdi. Unda filial hududidagi tumanlar, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, davlat va jamoa xujaliklaridan topShirilgan hujjatlarning yillar buyicha soxalarga ajratilan yozuv tarkibi, soni va yunalishi uz ifodasini topdi. Hujjatlarni jamlash va qiymatini ekspertiza qilish arxiv faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri. Shu bois filialda bu soxaga doimo jiddiy e’tibor bilan karaladi.
Chust davlat arxivi 4 ta tuman, 2 ta Shahar, 233 ta tashkilot, korxona muassasalarga xizmat ko‘rsatadi. Shahar va tuman hokimliklari filial ishiga yakin anamaliy yordam beradilar va uni qullab quvvatlaydilar. Xokimlar tomonidan filial hududidagi muassasa, korxona, tashkilot, jamoat va fermer xujaliklari, qo`shma va kichiq korxonalarga hujjatlarni arxivga topShirish tartibiga saqlanish haqida Shartnomalar tuzish buyicha xat chiqariladi, karorlar qabul qilinadi. Topshirilgan hujjatlarning saqlanishi yuzasidan ko‘riklar o‘tkazishmuassasalar arxivini tartibga keltirish, hujjatlani davlat arxiviga topShirish tartibi buyicha chiqarilgan karorlar ana Shular jumlasidandir.
Chust shahar xokimi arxiviga katta amaliy yordam ko‘rsatib kelmokda. Bevosita xokimlik tomonidan ko‘rilib foydalanishga topshirilgan yangi bino metodik xonaga aylantirildi. Yakinda Shahar xokimligi karori bilan ajratilgan kuShimcha xona ham to‘la ta’mirdan chiqarilib, jixozlandi. Binoga hujjatlarni saqlash uchun zarur vositalar urnatildi.
Filialda xodimlarni ishlashi uchun Sharoit yaratilishi, muassasa arxivi bilan Shugullanuvchi mas’ul kishilar bilan yakindan hamkorlik qilinishi, ularga arxivdagi hujjatlarni saqlash holatiga doir maslaxatlar berib borilishi yaxShi samara beryapti. Filial xodimlari hujjatlarni jamlashda ularning asosiy manbasiga e’tiborni karatadilar. O‘tgan yili davlat hisobiga olingan fondlar tarmoklar buyicha kuyidagicha bo‘ladi:

  1. Pullik xizmat hisobida qabul qilingan papkalar – 1028 ta.

  2. Filial hujjatlari – 19 ta

  3. Ijara pudrati brigadasi tomonidan qabul qilinib tayyorlangan papkalar – 1348 ta; jami: 2393 ta

Bundan tashqari 83 ta fotohujjatlar qabul qilindi va topShirildi. Tashkilotda saqlash muddati o‘tib ketgan papkalardan 1556 ta qabul qilinib, doimiy saqlashga koldirilgan.
Filialda keyingi yillarda hujjatlarni davlat hisobiga olish, doimiy saqlashga koldirish, qiymatiga qarab ekspertiza qilish, jamlashda olib borilayotgan ishlarning sifati yaxShilanayotgani, bu erda mexnat qilayotgan axil jamoaning mexnatsevariligi, uz kasblarini sevishlaridan dalolat beradi. Viloyat davlat arxivining Chust filialida 444 ta muassasa, korxona, tashkilot, xujalik, kuShma va kichiq korxonalarning hujjatlari saqlanadi. Bu hujjatlar tumanlar va Shaharlar xokimliklari, ularning bo‘lim va boshqarmalari, yirik korxona va birlashmalar. Chust, Gulbog‘, Pop paxta tozalash zavodlari, xissadorlik jamiyatlari, suv xujaligiga karaShli hamda 1 – va 2 – kishlok ko‘rilish Vazirligiga karashli xujalik hisobidagi kuchma jamlamalar, Chust «Pichok» zavodi va boshqalarga tegishli hujjatlar. Filial ma’muriyati, uning xodimlari bu tashkilot korxona va xujaliklar boshliklari bilan doimo yakindan munosabatda bo‘lishlari ishning muvaffakiyatining ta’minlab keladi. Ayniqsa rahbar xodimlar. Kadrlar bo‘limi muxandislari bilan o‘tkazib turiladigan semenarlar. Yakka tartibda bevosita joylarda o‘tkaziladigan suxbatlar hujjatlarni qabul qilishi, jamlash, ularni davlat saqloviga olishdagi ishlarini namunali tashkil etilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmokda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan sung qisqa davrda filial xodimlari katta xajmdagi ishlarni bajardilar.
Muassasalar arxivi ishi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh arxivining buyrugi asosida kuyidagilar amlgaoshirildi:

  • barcha tuman, Shaharlar hokimliklar hodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining «Ish yuritish buyicha yuriknomasini tadbik etish to‘g‘risida» mavzusida seminar yigilishlar o‘tkazildi.

  • Tuman va shahar xokimliklari imzosi bilan Chust arxivi nazoratidagi barcha muassasa, korxona tashkilot va xujaliklarga kuyidagi ishlarni bajarish topShirildi.

  1. Arxiv hujjatlari uchun maxsus bino ajratish va ularni jixozlash;

  2. Arxiv hujjatlarini saqlashni mas’ul Shaxsga topShirish;

  3. Arxia xujatlarini ekspertiza qilish uchun gurux tuzish;

  4. 1991 yilgi hujjatlarni Chust arxiviga topShirilish;

Yil rejasiga asosan hisoblash davrida, ya’ni 1996 yilda muassasalardagi arxivlar holati buyicha 41 ta tematik va 6 ta majmuali tekshirishlar o‘tkazildi. Muassasa arxivlari ishidagi kamchiliklarni yukolishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Mexnatkashlarni vatanparvarlik, xalkqar do`stligi, mustaqil O‘zbekistonning kelajagiga ishonch xis – tuygulari ruxida tarbiyalashda filialda saqlanayotgan xalk xujaligi va ijtimoiy madaniy hayotga doir hujjatlardan keng foydalanish doimo jamoaning dikkat markazida tkradi.
Oldinlari muassasa, korxona, tashkilot, xo`jalik korxonalarning tashkil topgan sanalari haqida qisqacha xronologik tarzda axborot tayyorlanardi. Keyingi paytlarda arxivchilar tarixiy sanalarga bagishlangan axborotlarda hujjatlardan kengrok foydalanish maqsadida kuShimcha ma’lumotlar, fotosuratlar, hujjatlardan nusxa kuchirish bilan axborotni to‘ldirishni yo‘lga kuyildi.
Hujjatlarni va arxiv ishini ommalashtirishda jamoatchilik bilan o‘tkazilayotgan uchraShuvlarning ahamiyati katta bo‘lyapti. UruSh va mexnat faxriylari, madaniyat xodimlari, o`lkashunoslar, jurnalistlar bilan bo‘lgan uchraShuvlar ayniksa marokli bo‘layotgani xarakterlidir. Bu uchraShuvlarda xokimliklar vaqillari katnaShadilar va ular tomonidan tarixiy hujjatlar Sharhlanadi. O‘zbekistonning buguni va kelajagi haqida bu borada tuman. Shaharda olib borilayotgan ishlar, yurtboshimizning aholini ijtimoiy himoyalash va O‘zbekistonning ravnaki yo‘lida sa’yi xarakatlari haqida fikrlashiladi. Bunday ishlarni o‘tkazilishi samarali bo‘lmokda. Buni arxiv ishining tobora ommalashib borilayotganligidan uning o‘quv zallari gavjum bo‘layotganligidan bilsa bo‘ladi. Filialning tumanlar va viloyat ruznomalari bilan hamkorlikdagi faoliyati ham dikkatga sazovordir. Ruznomalarda shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, ko‘rilish tashkilotlari, xujaliklar mashxur kishilar, urush va mexnat faxriylari haqidagi xabar va makolalar tez – tez kuzga tashlanib turadi. Filial tomonidan unitilmas sanalar buyicha tayyorlangan tematik reja asosida bevosita arxiv xodimlari ruznomalar, radio va teleko‘rsatuvlarda ishtirok etailar. Jamoatchilik asosida arxiv xodimlari tashabbusi bilan Chustda 1964-yilda tarix va o`lkashunoslik muzeyi tashkil qilindi. Chust tarixiga doir yozilmalar, xotiralar va boshqa manbaalardan olingan materiallar davrlar, yillar buyicha soxalarga ajratildi. Birinchi bo‘limga O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan 10 yil davomida olib borilagn arxeologik kazilma ishlari paytida topilgan eksponatlar «Chust bronza davrida» degan bo‘limga kuyildi. Keyinig bo‘limdan Chustning Shurolar davrigacha bo‘lgan davri haqidagi eksponatlar urin oldi. Sungra Vatan urushi yillari haqidagi eksponatlar joylashtirildi. «Chust ellik yilda» bo‘limidagi eksponatlarda tuman va Shaharda xalk xujaligini rivojlantirish, maorif, madaniyat soxalari. Birinchi O‘zbekiston xalk Shoiri Sufizoda haqida xikoya qilinadi.
Filial axlining hujjatlarini jamlash, saqlash va ularni almaShtirishdagi ishlari ibratlidir.
Buni ularning mustaqillik yillaridagi faoliyatidan ham yakol ko‘rsa bo‘ladi:

  • muhim tarixiy kunlar takvimi tayyorlanib tashkillash va muassasalarga yuborildi.

  • «Chust xaqiqati» ruznomasi va radio eshittirishi taxririyati bilan kelishilgan holda Buyuk galabaning 50 yilligiga tayyorgarlik yuzasidan tadbir reja tayyorlandi;

  • Faxriylar kengaShi bilan hamkorlikda yubileyni o‘tkazilish komissisiyasi tuzildi;

  • Vatan urushi qatnashchilari haqida hikoya qiluvchi uchta palata tuzildi;

  • Izlanish samarasi – aniqlangan fakt, Hujjatlar asosida Chust bog‘ida ko‘rgazma tayyorlandi.

  • Arxiv hujjatlari asosida «Chust tarixi» kitobi tayyorlanib 5 ming nusxada chop etildi.

1995 yil 5 avgustda Chust Shahar xokimligi tashabbusi bilan mamlakatimiz va uning tashqarisida yaShab mexnat qilayotgan Chustning maShxur kishilari bilan uchraShuv tashkil qilindi. Shu munosabat bilan arxiv xodimlari «Chust faxri» va «Xech narsa xech kchon unitilmaydi» degan ko‘rgazma tashkil etdilar. Chust bog‘ida namoyish etilgan uShbu ko‘rgazma ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.
Bundan Shu davrda 10 ta xar xil mavzuli surovlar bajarildi. 145 ta ijtimoiy va huquqiy toifadagi, 6 ta tashabbuslar axborotlar bajarildi. Hujjatlar asosida radioeShittirishlar tashkil etildi. Arxiv zallari buylab uchta eksko‘rsiya uyuShtirildi.
Filial xodimlarining uzoq izlanishlari, Vatan uruShi haqidagi hujjatlar saqlanayotgan arxivlar bilan yozishmalari asosida Shu kungacha «Bedarak yukolganlar» ro‘yxatida Nurpolvonov Maxmudjoning kabri aniqlandi. Ayniksa «Onalar jasorati avlodlarga meros» ko‘rgazmasi ko‘pchilikda katta taasurot koldirdi. Arxiv xodimlarining Chust tarix va ulkani o‘rganish muzeyi xodimlari bilan hamkorlikda tayyorlanib Chust bog‘ida namoyish etilgan bu ko‘rgazmada Chustlik jangchilarning uruSh frontlarida ko‘rsatgan jasoratlari, Chust xalkining kariyalar, xotin – kizlar, bolalarning front ortidagi mexnat jasoratlariga ham katta urin berilgan.
Buyuk galabaning yarim asrlik bayrami arafasida arxiv ma’muriyatiga Vatan uruShi va frontga yordam bilan bog‘lik narsalar buyicha ko‘plab surovlar tuShdi. 1994 – 1995 yillar davomida arxiv xodimlari 500 ga yakin ana Shunday surovlarga javob berdilar.
Bundan tashqari «1941 – 1945-Ulug` Vatan urushi yillaridagi shavkatli mexnatkashlari uchun» medali bilan takdirlanishi munosabati bilan murojaat qilgan 357 kishi surovlariga qoniqarli javob oldilar. Albatta, o‘z – o‘zidan ma’lumki bunday katta xajmdagi ishlarni bajarish filial axlidan katta matonat bilan ishlashni talab qiladi.
Yüklə 22,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə