12-ta Dastlabki mavzu testi. 2-Guruh uchun maxsus 3-Test



Yüklə 46,41 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü46,41 Kb.
#147648
qayta test


12-ta Dastlabki mavzu testi . 2-Guruh uchun maxsus
3-Test. 12.11.2023 1-variant

  1. Mototsiklchi yo‘lning birinchi yarmida υ tezlikda, yo‘lning qolgan qismida 2υ tezlikda harakatlandi. Mototsiklchining yo‘lni boshlang‘ich 3/4 qismidagi o‘rtacha tezligini aniqlang. A) 2υ/3. B) 2υ/3. C) 6υ/5. D) 5υ/6

  2. Velosiped qiya tekislikdan tekis tezlanuvchan haratlana boshladi. Agar uning tezlanishi 0,5 m/(s^2) bo‘lib, tezligi 10 m/s ga ortgan bo‘lsa, tushish davomiyligini toping. A) 2 s B) 5 s C) 20 s D) 0,05 s

  3. Harakat tenglamasi x(t)=4-10t [m] ko‘rinishda bo‘lgan mashina t=13 s dan keyin koordinata o‘qining qaysi nuqtasiga yetib keladi? A) x(13)=-126 [m] B) x(13)=12 [m] C) x(13)=-240 [m] D) x(13)=56 [m]

  4. Og`irlik kuchini qanday asbobda o`lchanadi? A) menzurka B) tarozi C) dinamometr D) metr

  5. Asosning yuzi 0.2 (m^2) va og’irligi 960 N bolgan stanokning korsatadigan bosimini (Pa) larda hisoblang. A) 4800 Pa B) 480 Pa C) 48Pa D) 4,8 Pa

  6. Suyuqlik va gaz zarralarining idish devorlariga bergan bosimi hamma yonalishda bir hil boladi.qanday kuchni hisobga olmagan. A) Og’irlik B) o’zaro ta’sir kuchi C) ishqalanish D) elastiklik kuchi

  7. Nol gradus selsiyda normal atmosfera bosimi qanchaga teng. A) 760mm, sim.ust B) 360mm.sim.ust C)112mm.sim.ust D) T. javob yo’q

  8. Gidravlik pressning yuzi 180 sm^2 . Unga 18000 N kuch ta’sir qildi. Kichik porshenning yuzi 4 sm^2 kichik porshenga qanday kuch ta’sir qiladi? A) 400 N B) 40N C) 4N D) 0,4 N

  9. Erkin tushayotgan jism oxirgi yarim sekund ichida 30 m ga ko’chdi. Tushish balandligini toping. A) 180 m B) 195,3 m C) 156.7 m D) 205m’

  10. . Massasi 2 kg bo`lgan jism yuqoriga 4 m/(s^2) tezlanish bilan harakatlanishi uchun ung qanday kuch tasir etishi kerak? g =10 m/(s^2) A) 12 B) 24 C) 28 D) 36

  11. 70m chuqurlikdagi suv bosimi, 10m chuqurlikdagi suv bosimidan necha marta katta? Atmosfera bosimi 100kPa. g=10 m/(s^2) A) 7 B) 4 C) 2 D) 3

  12. To‘la sirtining yuzasi 24 cm^2 bo‘lgan kubning massasi 64 g ga teng. Kubning zichligini toping (mg/cm^3 ). A) 8. B) 8000. C) 64. D) 6400.

  13. Rasmdagi uchta kuchning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) √ 130 − √ 2. B) 20. C) 10. D) 128

  14. Guk qonuni F = −kx dagi ”minus” ishora nimani ifodalaydi? A) bikrlik manfiyligini. B) cho‘zilish manfiyligini. C) kuchning manfiyligini. D) elastiklik kuchi va tashqi kuch qarama-qarshiligini.

  15. 1 kg massali jism havoda 8 N o‘zgarmas qarshilik kuchi ta’sirida tushmoqda. Agar jism 2 s da yerga tushgan bo‘lsa, u qanday balandlikdan tushgan (m)? A) 4. B) 36. C) 2. D) 6.

  16. Raketa gorizontal yo‘nalishda √44 m/s^2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Raketa ichidagi 10 kg massali jismning og‘irligi (N) va yuklanishi qanday bo‘ladi? A) 120; 12. B) 100; 1. C) 120; 1,2. D) 120; 2,1

  17. Radiusi 8 m bo‘lgan aylana trayektoriya bo‘ylab tekis harakatlanayotgan jism 2 minut davomida aylanani 20 marta o‘tdi. Jismning aylanish davrini (s) toping. A) 6. B) 10. C) 4. D) 5.

  18. 20 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otilgan jismning harakat boshlanganda 3 s o‘tgandagi bosib o‘tgan yo‘lni (m) toping. A) 30. B) 50. C) 20. D) 25.

  19. Sekinlanuvchan harakatda tezlik va tezlanish orasidagi burchak necha radianga teng? (π=180gradus) A) π. B) 180. C) 2π. D) 0.

  20. Motosiklchi gorizontal sirtda tekis harakatlanmoqda. U R=4 m radiusli “o’lik sirtmoq”dan aylanib o’tishi uchun (motor uchirilgan holda) uning tezligi kamida qancha bo’lishi kerak? (Ishqalanish va havo qarshiligini hisobga olmang) (g=10 m/s^2 ). A) 10 m/s B) 14 m/s C) 18 m/s D) 8 m/s

  21. Arqon ko’pi bilan m massali yukni ko’tara oladi. Shu arqon yordamida qanday massali yukni g/2 tezlanish bilan pastga tushurish mumkin? (harakat tekis tezlanuvchan deb hisoblang) A) 2m B) 3m C) 1,5m D) 2,5m

  22. Kosmik kema vertikal yuqoriga 15 𝑚/(𝑠^2) tezlanish bilan harakatlanmoqda. Kema bortidagi 80 kg massali kosmonavtning vzani qanday? A) 2000 N B) 800 N C) 1600 N D) 1200 N

  23. Osiyo chempionati U-25 2024- yilgi futbol o’yinlari final bosqichida O’zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni terma jamosiga 0:2 hisobda yutqazib qo’ydi, bundan g’azablangan Shermat tog’a koptokni tepaga 60 m/s tezlik bilan tepdi. Qanday balandlikda koptokning tezligi 50 m/s bo’ladi? A) 75 m B) 35 m C) 55 m D) 25 m

  24. Aylanma harakatlanyotgan moddiy nuqtaning chiziqli tezligi 2 marta ortib, burchak tezligi 4 marta kamaydi. Nuqtaning aylanish radiusi qanday o’zgargan? A) 2 marta kamaygan B) 8 marta ortgan C) o’zgarmaydi-yu akaaa D) 4 marta ortgan

  25. Quyidagi rasmda aylanma harakat qilayotgan jismning tezlik va tezlanish vektorlari tasvirlangan. Aylanish markazi qaysi nuqtaga to’g’ri keladi? A) 1-nuqtaga B) 2-nuqtaga C) 3-nuqtaga D) 4-nuqtaga

  26. Yer markazidan 𝑅/3 va 𝑅/2 balandlikda ikkita nuqtalarning erkin tushish tezlanishlari nisbatini toping? R-Yerning radiusi A)2/3 B)3/2 C)1/2 D)Aldamangee bunaqa bo’maydiku

  27. 7 kg massali 3 ta jism o’zaro ip bilan mahkamlangan va ularF=42N kuch bilan tortib ketilmoqda. 2- va 3-jismlarni bog’lan turgan ipning taranglik kuchini toping. A) 14N B) 42N C) 28N D) 7N

  28. Jismga ikkita qarama-qarshi yo’malgan 4 N va 10 N kuchlar ta’sir qilmoqda. Shu ikki kuchning natijaviysini toping. A) 14 N B) 6 N ku e buni hamma biladi C) 10,77 N D) 10 N

  29. 200g massali jismning harakat tenglamasi 𝑥 = 5 + 10𝑡 + 4𝑡^2 (m) ko’rinishga ega. Jismga ta’sir qilayotgan kuchni toping. A) 3,4 N B) 2,8 N C) 1,6 N D) 4N

  30. “Jismga biror kuch ta’sir qilmasa yoki kuchlar bir-birini kompensatsiyalasa u o’zining to’g’ri chiziqli tezlanuvchan harakatini saqlaydi” Bu …… A) Nyutonning birinchi qonuni B) Nyutonning ikkinchi qonuni C) Nyutonning uchinchi qonuni D) Bunday qonun yo’q

Yüklə 46,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə