14 – amaliy mashg’ulot Mavzu: Kredit modul tizimi bo’yicha baholash metodikasini o’rganish Amaliy mashg’ulot maqsadi



Yüklə 24,21 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü24,21 Kb.
#180228
1   2   3
14 – amaliy mashg’ulot

kreditlarni berish — malaka yoki uning alohida qismlariga qo’yilgan talablarga muvofiq erishilgan ta’lim olish natijalariga ko’ra talaba yoki boshqa ta’lim oluvchilarga kreditlarni rasmiy taqdim etish jarayoni;
kreditlarni ko’chirish — talabalarning akademik mobilligini ta’minlash maqsadida bir oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi bo’yicha olingan kreditlarni boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko’chirish va tan olish;
kredit to’plash — ta’lim elementlarini o’zlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini to’plash;
transkript — ta’lim olishning tegishli davrida o’zlashtirilgan kreditlar va baholarning harf va raqamlardagi ifodasi ko’rsatib o’tilgan fanlar ro’yxatini o’z ichiga olgan belgilangan shakldagi hujjat.
Kredit-modul tizimida 1 kredit o’rtacha 25 — 30 akademik soatlik o’quv yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to’plashi uchun ma’lum miqdordagi o’quv yuklamasini o’zlashtirishi zarur. O’quv yuklamasi bakalavriatda — 40 — 50% auditoriya soati, 50 — 60% mustaqil ish soatiga, magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) bo’linadi. Kreditning soatlardagi miqdori va o’quv yuklamasi miqdori oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi veb-sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi.
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba odatda bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi belgilanadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi o’quv rejasida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi. Talaba o’zining shaxsiy ta’lim traektoriyasini shakllantirishda har bir semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni o’zlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy o’quv rejasidagi majburiy fanlar bo’lishi shart.
Talaba bakalavriatda o’qish muddati kamida 3 yil bo’lganda 180 kredit, o’qish muddati kamida 4 yil bo’lganda 240 kredit to’plashi zarur. Magistraturada o’qish muddati kamida 1 yil bo’lganda 60 kredit, o’qish muddati kamida 2 yil bo’lganda 120 kredit to’plashi talab etiladi.
Akademik qarzdor talabalarning tashabbusi bilan mavjud akademik qarzlarni topshirish maqsadida yozgi semestr oliy ta’lim muassasasi tomonidan odatda ta’til vaqtida pulli asosda tashkil etiladi.
Yozgi semestrning davomiyligi akademik taqvim asosida bakalavriat ta’lim yo’nalishlari, magistratura mutaxassisliklari va kurslar bo’yicha belgilanadi.
Yozgi semestr quyidagi reglament asosida tashkil qilinadi:
talaba yozgi semestr boshlanguniga qadar oliy ta’lim muassasasi o’quv-metodik bo’limi (boshqarmasi)ga o’zining yozgi semestrda o’qishi istagini bildiradi;
oliy ta’lim muassasasi ushbu talabalarga yozgi semestr uchun dars jadvalini tuzadi va talaba to’lov pulini to’laganidan so’ng darslarga kiritiladi;
yozgi semestr amaldagi baholash tizimi asosida talabalar bilimini shaffof baholash tamoyiliga ko’ra tashkil qilinadi.
Yozgi semestrga jalb qilingan professor-o’qituvchilarga soatbay asosida ish haqi to’lanadi.

Yüklə 24,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə