14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi


Pul to’g’risidagi qarashlar



Yüklə 103,87 Kb.
səhifə2/23
tarix28.11.2023
ölçüsü103,87 Kb.
#137863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi. Reja-fayllar.org





Pul to’g’risidagi qarashlar.
Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori, iqtisodiy sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridmen (1912) hisoblanadi. Monetarizm (monetary – pul) – bu iqtisodiyotdagi tebranma harakatda pul hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb tasdiqlovchi iqtisodiy fandagi oqim. Monetarizm – nafaqat pul to’g’risidagi ta’limot. Bu maktab vakillarining diqqat markazida pul kategoriyasi, pul-kredit dastaklari turadi; ammo ularni pul mexanizmi, bank tizimi, pul-kredit siyosati, valyuta munosabatlari shunchaki qiziqtirmadi. Monetaristlar ularni pul massasi bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash uchun tadqiq qildilar. Monetarizm keynschilar ta’limotiga muqobil tarzda yuzaga kelgan bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariyadir.
Bozor mexanizmi ustunligiga asoslangan M.Fridmen nazariyasiga ko’ra, erkinlik va xususiy tadbirkorlik o’rtasida ichki bog’liqlik mavjud. Faqat xo’jalik erkinligi sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy samaradorlikka va tenglikka erishish mumkin. Iqtisodiyotda nima qilish kerakligini millionlab kishilardan ko’ra davlat amaldorlarining yaxshi bilishi dargumon, deydi M.Fridmen. Davlatning xo’jalik jarayonlarga aralashuvi iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblash tizimini buzishga olib keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlagan holda, pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmog’i lozim.


Monetarizmning asosiy qoidalari. M. Fridmen konstepstiyasini tasavvur qilish uchun, uning tarafdorlari u yoki bu darajada qo’llab- quvvatlagan asosiy qoidalarni ko’rib chiqamiz.
Birinchi qoida – bozor xo’jaligining barqarorligini tan olish. Monetaristlar fikricha, bozor iqtisodiyoti o’zining ichki xususiyatiga ko’ra barqarorlikka, o’zini o’zi tartiblashga intiladi. Bozor raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni ta’minlaydi. Mabodo muvozanat buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo’lib xizmat qiladi. Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar natijasida emas, balki tashqaridan bo’ladigan arashuvlar, davlat tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi.
Bozor xo’jaligining barqarorligi to’g’risidagi ushbu qoida J.M. Keynsning iqtisodiyotiga davlat aralashuvining zarurligi to’g’risidagi tasdig’iga qarshi qaratilgandir.
Ikkinchi qoida – pul omilining muhimligi. Iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatuvchi turli dastaklar ichida pul dastaklari ustun qo’yiladi. Aynan ular (ma’muriy, baholar dastaklari emas, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a’lo darajada barqarorlashtirishga qodir.
Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini oldindan bilish mumkin bo’lgan dastaklar sifatida baholagan bo’lsa, M.Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday tavsiflaydi. Uningcha, (Keynsga qaraganda), pul–kredit siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi.
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xohlagan paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. M. Fridmen pul harakati (pul massasining o’sish sur’ati) va yalpi ichki mahsulot o’rtasida o’zaro chambarchas bog’liqlik amal qilishiga asoslanadi. Pul massasining o’sish sur’atining tezlashuvi yoki sekinlashuvi faol ish yuritishda, ishlab chiqarishning stikli tebranishida aks etiladi.
Uchinchi qoida – tartiblash joriy vazifalarga emas, balki uzoq muddatli vazifalarga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Gap shundaki, pul massasidagi o’zgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan keyin ta’siri bilinadi. Odatda, lag (vaqtincha o’zilish) bir necha oyni tashkil etadi. U shu narsani bildiradiki, pul massasidagi o’zgarishlar yalpi ichki mahsulotga birdan emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli o’zgarishlarga mo’ljallangan bo’lmay, balki uzoq muddatli xarakterga ega.

Yüklə 103,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə