14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi



Yüklə 103,87 Kb.
səhifə6/23
tarix28.11.2023
ölçüsü103,87 Kb.
#137863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi. Reja-fayllar.org

Keyns


Fridmen

Davlatning bozor xo’jaligiga


aralashuvi zarur


Bozor o’zini o’zi tartiblashga qodir


Ish bilan bandlik yalpi talabga bog’liq


Iqtisodiyot o’zi ishlab chiqarish va ish bilan bandlik darajasini


o’rnatadi


Pul massasi ishlab chiqarishga


Pul massasi – baholarning o’sishi


nisbatan xolis (yomon ham, yaxshi


ham ta’sir etmaydi)


va kon’yunkturaning o’zgarishi


sababchisidir


Asosiy muammo - ishsizlik


Asosiy muammo – inflyastiya


O’zgaruvchan pul siyosati lozim


Barqaror pul siyosati zarur


Byudjet kamomadi – talabni


rag’batlantirish vositasi


Byudjet kamomadi – inflyastiya


sababchisi



Monetarizm ham, Keynschilik ham iqtisodiyotni tartiblash zarurligidan kelib chiqadi. Ularning nazariy tavsiyalari muayyan bir davrda qo’l kelsa, boshqa davrda ish bermaydi. Shu bois, iqtisodiy vaziyat va sharoitlarga qarab ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

  1. asrning oxiri XX asrning boshida yuzaga kelgan konkret- tarixiy sharoit ta’sirida AQSh ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi. Aynan Amerikada birinchi bo’lib erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotning monopolistik iqtisodiyotga o’tishi bilan bog’liq bo’lgan muammolar ancha keskin shaklda namoyon bo’la boshladi. Bu AQShda ilk bor antimonopol chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga, ularning XIX asrning oxirida mamlakatda qo’llanilishiga asosiy sabablardan biri bo’ldi. Keyinchalik dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar bunday chora-tadbirlardan keng qo’llana boshladi.


XX asrning boshida AQSh iqtisodchi-olimlari iqtisodiyotda kuchayib borayotgan monopolistik tendenstiyalarni tahlil qilgach va o’z mamlakatining


«antitrest» siyosatiga ta’sir ko’rsatgach, iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazorat qilish konstepstiyasiga asos soldi. Ularning nazariyasi hozirgi kunda iqtisodiy fanda ijtimoiy institustional yoki oddiy qilib aytganda institustionalizm deb ataluvchi yangi yo’nalishni boshlab berdi.
«Institustionalizm» atamasi asosida «institut» tushunchasi yotadi. Institut institustionalistlar tomonidan jamiyatning rivojlanishda asosiy kuch sifatida ko’riladi. Institustionalizm tarafdorlari
«institut»larga har xil kategoriya va tushunchalarni masalan, davlat, oila, tadbirkorlik, monopoliyalar, xususiy mulkchilik, kasaba uyushmalari, huquqiy qoidalar, din, axloq va shu kabilarni kiritadilar.
Institustionalizm – bu ma’lum ma’noda iqtisodiy nazariyadagi yangi klassik yo’nalishga muqobil nazariyadir. Agar yangi klassiklar A.Smitning bozor xo’jaligi mexanizmining takomillashganligi va iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblashi to’g’risidagi tezisiga va «sof iqtisodiy fan» ga amal qilsalar, institustionalistlar esa moddiy omillar bilan birga iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi deb ruxiy, ma’naviy, huquqiy va boshq omillarni ham hisoblaydilar. Boshqacha aytganda, institustionalizm o’zi tahlil qiladigan predmet sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ham iqtisodiy, ham noiqtisodiy muammolarni ilgari surdi. Bunda tadqiqot ob’ekti institutlar – birlamchi yoki ikkilamchi turlarga ajratilmaydi va bir-birlariga qarshi qo’yilmaydi.


Yüklə 103,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə