141 Belladonna, Halokatli ituzum



Yüklə 21,89 Kb.
səhifə1/4
tarix05.10.2023
ölçüsü21,89 Kb.
#125792
  1   2   3   4
141 Belladonna


141 BelladonnaHalokatli ituzum (Atropa belladonna) — Solanaceae oilasiga mansub koʻp yillik zaharli oʻt. Boʻyi 0.5 — 1,5 (2) m. Barglari ellipssimon, oʻtkir uchli, tekis qirrash, kalta bandli, ketmaket juft-juft boʻlib joylashgan. Har juftdagi bitta barg katta buladi. Tullari bittadan yeyu! juft-juft holda barg qoʻltigʻiga oʻrnashgan. Mevasi toʻqbinafsha rang, koʻp urugʻli hoʻl meva. Yovvoyi holda Qrim, Kavkaz, Moldaviya va Gʻarbiy Ukrainaning oʻrmonlarida, oʻtloklarda, suv va yoʻl yoqalarida oʻsadi. B.ning hamma qismi apkachoidlarga boy. Undan atropin, giossiamin, skopoyaamin va boshqa alkaloidlar olinadi. Bargidan tayyorlangan preparatlar (nastoykalar), atropin alkaloidi ogriqni qoldiradigan, kUz gavharini kengaytiradigan va spazmga qarshi dori sifatida, meʼda, koʻz kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bargi astma kasalligida chekiladigan astmatol poroshogi tarkibiga kiradi. B.ning Kavkazda oʻsadngan yana bir turi (A. caucasica) ham shu maqsadda tibbiyotda ishlatiladi
Belladonna preparatlari turli spazmatik hollarda (ichak va siydik yo‘llari spazmida) antispazmatik hamda
me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, xoletsistit,
o‘t pufagining tosh kasalligida, buyrak sanchig‘ida og‘riq qoldiruvchi dori sifatida, shuningdek, bronxial astma kasalligini
davolashda hamda so‘lak va shilliq bezlari ajratadigan suyuqlikni
kamaytirishda ishlatiladi. Bulardan tashqari, ko‘z kasalliklarida
ko‘z qorachig‘ini kengaytirish uchun ham qo‘llaniladi. Ildiz
preparati Parkinson kasalligini davolashda beriladi. Belladonna
o‘simligining alkaloidlaridan tibbiyotda atropin va skopolamin
ishlatiladi, giossiamin zaharli bo‘lgani uchun ishlatilmaydi
142
Yassibargli senetsio (yopishoq) — ko‘p yillik, bo‘yi 150—
170 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi yo‘g‘on, yer ostida
gorizontal joylashgan, ko‘p ildizli bo‘lib, undan tik o‘suvchi,
pastki qismi tuklar bilan qoplangan poyalar hamda uzun bandli, shakli buyraksimon-yuraksimon, bir nechta ildizoldi barglar
o‘sib chiqadi. Poyadagi barglari uchburchaksimon, tishsimon
qirrali, qisqa, qanotli bandi yordamida ketma-ket joylashgan. Bu
o‘simlik barg bandining asos qismidagi poyani o‘rab oluvchi
qinchasi hamda barg plastinkasining pastki qismidagi bo‘lakchasi bilan senetsio turkumining boshqa turlaridan farq qiladi.
Gullari ko‘p (10—15 ta), savatchaga to‘plangan, savatchalar esa
poyaning yuqori qismida qalqonsimon gul to‘plamini tashkil
etadi. Savatchaning o‘rama bargi ikki qator joylashgan, gullari
naychasimon, gultojisi 4 tishli, sariq rangli, otaligi 4 ta, onalik
tuguni bir xonali, pastga joylashgan. Mevasi — pista. Iyul-avgust
oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda pishadi.

Yüklə 21,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə