15-Mavzu: Elementar zarralar fizikasi tarixi va tushunchalari Reja



Yüklə 398,13 Kb.
səhifə3/7
tarix25.04.2023
ölçüsü398,13 Kb.
#106876
1   2   3   4   5   6   7
fd2c5e4680d9a01dba3aada5ece22270

4. Zarralarning elektr zaryadi - elektron elektr zaryadiga karrali bo’ladi. Zarralar zaryadi odatda yoki ga teng bo’ladi.  - zarralar zaryadi , ularning antizarralari zaryadi esa ga teng.
Shu o’rinda elementar zarralarning hozirgi paytdagi kvarklar nuqtai - nazardan ixcham sistematikasiga kelishidan oldingi holdagi klassifikatsiyasi va o’zaro ta’sir turlariga to’xtalib o’tamiz. Umuman, zarralar fizikasida 4 xil fundamental o’zaro ta’sir turi mavjud.
1. Kuchli o’zaro ta’sir. Bu ta’sirda qatnashuvchi zarralar adronlar deb ataladi. Bu o’zaro ta’sir proton va neytronlarni yadroda ushlab turadi. Yoki kvarklar shu kuch orqali bog’lanib adronlarni tashkil qiladi.
2. Elektromagnit o’zaro ta’sir. Bu ta’sirda asosan zaryadlangan zarralar qatnashadi. Lekin neytral zarralar ham o’z strukturasiga egaligi sababli bu ta’sirda qatnashishi mumkin. Masalan, neytron murakkab strukturaga egaligi, ya’ni shu sababli magnit momentiga egaligi sababli elektromagnit o’zaro ta’sirda qatnashsdi. Bu ta’sir hozirgi paytda eng yaxshi o’rganilgan ta’sir turi hisoblanadi.
3. Kuchsiz o’zaro ta’sir. Bu ta’sir deyarli barcha zarrachalarga xosdir. Bu ta’sir ostida sodir bo’ladigan jarayonlar ancha sekin yuz beradi. Atom yadrolarining parchalanishi kuchsiz o’zaro ta’sirga misol bo’ladi.
4.Gravitatsion o’zaro ta’sir universaldir. Bu ta’sirda barcha zarralar qatnashadi.
Har qanday o’zaro ta’sir uchta kattalik bilan xarakterlanadi. Bu kattaliklar - ta’sir intensivligi, ta’sir radiusi, ya’ni ta’sirlashish masofasi va o’zaro ta’sirlashish vaqtidir. O’zaro ta’sir mexanizmini ham hisobga olgan holda bu kattaliklar jadvalda keltirilgan.



Ta’sir turi


Yüklə 398,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə