15-mavzu. Tashqi iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat raqobatbardoshligini ta'minlash reja


Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jakb etish muhim ahamiyat kasb etadi



Yüklə 135,94 Kb.
səhifə2/3
tarix30.03.2023
ölçüsü135,94 Kb.
#103688
1   2   3
ac1abde48f870b5164add1a6076420ce7d149504

Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jakb etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorijiy kapitalning kirib kelishi O’zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurish, istiqbolli, zamonaviy tarmoqlarni vujudga keltirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirish, tovarlarni eksport qilishning yangi bozorlarini, xo’jalik subyektlarini boshqarishni zamonaviy menejment asosida qayta tashkil etish va takomillashtirishga, yangi ishchi o’rinlarini yaratishga imkon beradi.
Kapital kirituvchi xorijiy investorning investitsiyalardan kutilayotgan daromadi capital evaziga olish mumkin bo’lgan foiz stavkasidan yuqori darajada bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Mavjud qonunchilikka binoan xorijiy investorlar o’z investitsiyalarini respublika hududida quyidagi yo’llar bilan amalga oshirish imkoniyatiga ega:
davlat mulkini xususiylashtirish orqali yangidan tashkil etilayotgan korxonalar, banklar va boshqa tashkilotlarda o’z ulushini qo’yishi, ya’ni qo’shma korxona tashkil etish yoki butunlay korxonani sotib olish;
mulkni, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog’ozlarni xarid etish;
mustaqil yoki milliy xo’jalik subyektlari ishtirokida xususiylashtirilayotgan davlat obkyektlariga mulkiy huquqni sotib olish, ya’ni tabiiy resurslardan foydalanish huquqini xarid qilish.
Shuni aytish joizki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bir qatorda, ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan tahdidlarning oldini olish, iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim bo’ladi. Chunki xorijiy investorlar tomonidan insofsiz xatti-harakatlar sodir etilishi mumkin.
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish
rivojlanish strategiyasini shakllantirish, xalqaro marketingni yo’lga qo’yish

Yüklə 135,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə