15-mavzu XV-XVII asrlarda markazlashgan Rus davlati. Reja



Yüklə 27,61 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü27,61 Kb.
#111398
15-mavzu XV-XVII asrlarda markazlashgan Rus davlati. Reja


15-MAVZU XV-XVII asrlarda markazlashgan Rus davlati.
Reja:
1 Markazlashgan rus davlаtining tashkil topishi. 2 XVI-XVII asrlarda уuz bergan siyosiy voqealar 3 Rus davlаtining tashqi siyosati
Tayanch so‘z va iboralar: Mo’g’ul-tatarlar, Ryazan, Pskov, Ryurikov, Vasiliy III, Novgorod.
Asosiy matn:
1480 yili qariyb 250 yil davom etgan mo’g’ul istibdodiga barham berilib, rus yerlarining birlashish jarayoni boshlandi1. Mo’g’ullar zulmidan ozod bo’lish mustaqil knyazliklarni bo’ysundirish bilan birga olib borildi. 1478 yili Novgorod, 1485 yili Tverь, 1510 yili Pskov, 1520 yili Ryazanь yerlari Moskvaga bo’ysundirilib, rus yerlarining siyosiy birlashuvi asosan yakunlandi. Markazlashtirish jarayonida ko’p millatli davlat shakllandi. Moskva davlati tarkibiga karellar, ijorlar, vodilar, vepslar, saamlar, komi va nenetslarning yerlari ham birlashdi. Keyinchalik, Volga bo’yi zabt etilgandan so’ng u yerdagi tatarlar, marilar , mordvalar va chuvashlar ham shu davlat tarkibiga kirdi.
XVI asr boshlarida – 1503 yili Seversk yerlari: CHernigov, Starodub, Rilьsk, Putivlь, Gomelь, Novgorod Severskiy va boshqalar, hammasi bo’lib 25 ta shahar va 70 ta volostь, 1514 yili Smolensk yerlari birlashtirildi.
Markazlashgan davlat tashkil topishi jarayonida Rossiyada samoderjavie2 boshqaruv usuli shakllandi. XV asr oxiridagi hujjatlarda birinchi marta mamlakat Rossiya deb atala boshlandi.
Asta-sekin markaziy boshqaruv tizimi shakllandi. Boyarlar dumasi faoliyatini davom ettirdi. Markaziy davlatning hukumat idoralari – prikazlar vujudga keladi.
1497 yili Sudebnik (qonunlar majmui) ishlab chiqildi va unga binoan mavjud mulkchilik shakli hamda aholining tabaqaviy maqomi rasmiylashtirildi. Sudebnik krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o’tishini yiliga bir kun – Yurьev kuni (26 noyabrь) bilan cheklab qo’ydi.
Qo’shinning xarakteri o’zgardi. Ilgari feodallarning alohida drujinalaridan tashkil topgan qo’shinda endi bosh rolni zodagon lashkarlari o’ynay boshladi.

  1. asr 30 – 40-yillaridagi boyarlar guruhlari – SHuyskiylar, Belьskiylar va Glinskiylar o’rtasidagi hokimiyat uchun kurash mamlakatni og’ir ahvolga olib keldi. Natijada kuchayib borayotgan dvoryanlar talabiga ko’ra bir qator islohotlar boshlandi. Islohotlar boshida Adashev, Silьvester, Kurlyabev kabilar turdi. 1550 yili yangi Sudebnik qabul qilindi. 1549 yildan esa Zemskiy soborlarning chaqirilishi boshlangan bo’lib, unda dvoryanlar hal qiluvchi ovozga ega edi. Islohotlar natijasida Rossiya samoderjaviesi tabaqali vakillik monarxiyasining bir qancha ko’rinishlariga ega bo’ldi.

SHunga qaramay, 50-yillardagi islohotlar boyarlarning qudratini biroz susaytirgan bo’lsada, ularning qarshiliklariga barham bermadi. Ular tomonidan fitnalar davom ettirildi. Natijada 1564 yili podsho Ivan IV (Grozniy) tomonidan muhim siyosiy tadbir o’tkazilib, bu tadbir tarixda oprichnina nomini olgan.
Oprichnina siyosatining mohiyati nimada edi?
Ivan IV markazlashgan davlat tizimida umumiy yerlardan katta qismini ajratib oladi. Bu yerlar podsho yerlari yoki oprichnina deb ataladi. Oprichninaga muhim savdo yo’llari, strategik jihatdan ahamiyatli bo’lgan chegara hududlari kiritildi. Barcha shahar va uezdlardan ko’ngilli bo’lib oprichninaga yozilmagan knyazlar, boyarlar, dvoryanlar va hukumat odamlari zo’rlik bilan ko’chirildi.


1 Ҳозирда рус тарихчиларининг ҳам тан олиб ёзишларича, рус ерларининг мўғуллар истибдодидан озод бўлишида 1399 йил Ворскла дарёси ёнидаги жангда Литва ва Олтин Ўрда бирлашган қўшинлари устидан Амир Темур
қўшинларининг ғалабаси катта роль ўйнаган. 2Самодержавие – монархия давлат тузумининг Россияга хос шакли.

Oprichnina knyazь va boyarlarning hukmronligiga qarshi qaratilgan, ularni bo’ysindirishga yo’naltirilgan siyosat bo’lib, u o’ta shafqatsizlik bilan olib borildi. O’n minglab oddiy odamlar ham qurbon bo’ldi. Oprichnina podsho qo’lidagi kuchli harbiy jazo tashkilotiga aylandi. Ivan IV olib borgan oprichnina siyosati natijasida feodal yer egalarining ijtimoiy tarkibi o’zgardi, xolos. Yerlarning dvoryanlar foydasiga qayta taqsimlanishi yuz berdi.
1572 yil kuzida oprichnina bekor qilindi. 1584 yili podsho Ivan Grozniy vafot etdi. Taxtga voris bo’lib uning Fyodor va Dmitriy ismli o’g’illari keldi. Fyodorning hokimiyatga kelishi bilan uning aqliy layoqatsizligi tufayli boyarlarning ta’siri kuchayadi. 1591 yili shahzoda Dmitriy vafot etadi. 1598 yili esa Fyodor ham olamdan o’tadi. Fyodorning o’limi bilan Rossiyada 700 yil hukmronlik qilgan Ryurikovlar sulolasi tugaydi.
Murakkab siyosiy kurashlar va fitnalar natijasida Zemskiy sobor Boris Godunovni (1598
–1605) podsho qilib saylaydi. U taxtni meros qilib emas, saylash yo’li bilan olgan dastlabki rus podshohi edi. Boris Godunov ruhoniylarni o’ziga og’dirish maqsadida Moskva mitropolitiga patriarx maqomini beradi. Ungacha Rusda patriarxlar bo’lmagan.
SHunga qaramasdan xalq orasida Ivan IV ning o’g’li Dmitriy tirikligi va u taxtni egallashi lozimligi to’g’risida mish-mish tarqaladi. 1605 yili Boris Godunov to’satdan vafot etadi va o’z qo’shinlari bilan 1604 yiliyoq Moskva ostonasiga kelgan soxta Dmitriy I taxtni egallaydi. Ko’p o’tmasdan soxta Dmitriy I ham o’ldiriladi va boyarlar podsho qilib Vasiliy SHuyskiyni (1552 –1612) saylashadi. Ammo bu bilan Rus davlatidagi boshboshdoqlik davri tugamaydi. Tez orada Polьshada boshqa Dmitriy paydo bo’ladi va u ham Rossiya taxtiga da’vo qiladi.
Rus taxti uchun da’vogarlar ko’payib borayotgan bir paytda shvedlar ham shimoldan bostirib kiradi. Smolensk va Novgorod yerlari shvedlar qo’l ostida qoladi. yili Nijniy Novgorodlik qishloq oqsoqoli Kuzьma Minin ( ? –1616) tashabbusi bilan xalq lashkari (opolchenie) tuzilib unga vatanparvar knyazь D.M. Pojarskiy (1578 –1642) qo’mondonlik qiladi, bir necha oy davom etgan shiddatli janglarda K. Minin va D.M. Pojarskiylar yuksak harbiy mahorat namoyish qilishib, 1612 yil 26 sentyabrda Moskvani polyak va litva qo’shinlaridan batamom ozod qildilar. SHvedlarga qarshi olib borilgan janglar ham muvaffaqiyatli bo’lib, 1617 yili Stolbovo (Tixvin yaqinida) sulhi bilan yakunlandi. Sulhga ko’ra, SHvetsiya Novgorod yerlarini Rossiyaga qaytarib berdi. Ammo Fin ko’rfazi qirg’oqlari, Karel qo’ltig’i, Neva daryosining quyi oqimi va Yam shahri, Koporьe, Ivan-gorod, Karela va Oreshek shvedlar qo’lida qoldi.1617 –1618 yillari polyak-litva qo’shinlari Moskvaga yangi yurish boshladi, ammo Moskvani ololmadi. Urush Deulina qishlog’ida to’rt yarim yilga tuzilgan sulh bilan yakunlandi. Sulhga ko’ra Smolensk yerlari va Seversk Ukrainasi yerlarining katta qismi Polьsha ixtiyoriga o’tdi.
1611 yili Moskva ozod qilingandan so’ng 1613 yilning yanvarida Zemskiy sobor yig’ilib, yangi podsho sayladi. Nomzod etib Ivan Grozniyning birinchi xotinining qarindoshi 16 yoshli Mixail Romanov (1596 –1645) ko’rsatiladi. Sobor 1613 yil 21 fevralь kuni Mixail Romanovni Rusning yangi podshosi qilib saylaydi. SHu kundan Romanovlar sulolasining hukmronligi boshlanib, to 1917 yil fevraligacha davom etdi.

  1. asr davomida Rossiya tarixida katta o’zgarishlar yuz berdi. Rossiya davlatining chegaralari ancha kengaydi. Hali asr boshlarida yo’qotilgan yerlar qaytarib olindi. CHap qirg’oq Ukraina Kiev shahri bilan va Zaporojьe viloyati Rossiyaga qo’shib olindi. Sibirni o’zlashtirish davom etib, rus yer ochuvchilari Tinch okeanigacha bordilar. Umuman XVII asr oxirida chegaralar Qrim xonligi, SHimoliy Kavkaz va Qozog’istonga tutashdi. Aholi soni oshib, 10,5 mln kishiga yetdi.

XVII asr oxirgi choragi Rossiya siyosiy tuzumida absolyutizmga burilish yillari bo’ldi. Samoderjaviening cheklanmagan hokimiyati 1649 yilgi Qonun bilan rasmiylashtirilgan edi. SHu qonun bilan mustaqil siyosiy rolga intilayotgan cherkov ustidan ham samoderjavie hukmronligi o’rnatildi.
SHu bilan birga hayotning hamma jabhalarida yuz berayotgan o’zgarishlar XVIII asr birinchi choragida yaqqol tus oldi va o’rta asrchilik Moskva Rusi Rossiya imperiyasiga aylana boshladi.
Rossiyaning absolyutizmga o’tishi mamlakat siyosiy hayotining turli jabhalarida namoyon bo’ldi: podsho maqomi o’zgardi; toifaviy vakillik monarxiyasining belgisi bo’lgan Zemskiy sobor barham topdi; prikazlar tizimi takomillashib, boyarlar dumasining tarkibi o’zgardi; davlat apparatida aholi turli qatlami vakillarining roli ortdi va nihoyat, chor hukumati cherkov bilan raqobatda g’olib chiqdi.
Absolyutizmning o’rnatilishiga cherkov, xususan patriarx Nikon o’z harakatlari bilan jiddiy g’ov bo’layotgan edi. Sakkiz yillik harakatlardan so’ng, 1666 yili bo’lgan cherkov yig’ini podshoga ma’qul qaror qabul qildi –Nikon oddiy monax qilib monastirga jo’natildi.

  1. asr o’rtalarida bo’lib o’tgan shahar qo’zg’olonlari ham mamlakatdagi ichki barqarorlikka jiddiy putur yetkazdi. 1648 yili Moskvada, 1650 yili Pskov va Novgorodda nonning narxi oshganligi munosabati bilan qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi. 1662 yili Moskvada bo’lib o’tgan qo’zg’olon esa Mis qo’zg’oloni nomi bilan ma’lum bo’lib, cho’zilib ketgan Rossiya- Polьsha urushi oqibatida kelib chiqqan ommaviy qiyinchiliklar sababli yuz berdi. Umuman shu davrdagi qo’zg’olonlarning eng keng qamrovlisi va xalq noroziligining eng dahshatli ifodasi Stepan Razin (1630 –1671) boshchiligidagi qo’zg’olon bo’ldi. Qo’zg’olon 1667 yili Volga bo’yida boshlanib, unda kazaklardan tashqari Volga bo’yi xalqlari – mordvalar, tatarlar, chuvashlar ham ishtirok etdi. S. Razin boshchiligidagi qo’zg’olonni ham boshqalari singari chor hukumati shafqatsizlarcha bostirdi.

1671 yili S.Razin Moskvada, Qizil maydondaosib o’ldirildi. Dehqonlar urushlaridan keyin davlat miqyosida bir qator tadbirlar amalga oshirildi: armiyada qator o’zgarishlar qilindi; mahalliy boshqaruv tizimi takomillashtirildi va boshqalar. Rossiya tarixida uzoq davrni qamrab olgan davlatning markazlashuvi jarayoni natijasida XVII asrning oxirgi choragiga kelib mamlakat o’z taraqqiyotining shunday bosqichiga yetdiki, endi absolyutizmga o’tish uchun imkoniyat yaratildi.
Rossiyada absolyutizmning o’rnatilishi, imperiyaning tashkil topishi bevosita Pyotr I (1689 –1725) faoliyati bilan bog’liq. Pyotr I ning barcha islohotlari ichida markaziy o’rinni davlat boshqaruvining islohoti egallaydi. SHimoliy urushga tayyorgarlik, yangi armiya va flotning tuzilishi davlat apparatining hajmini kengaytirib, uning keskin faollashuviga olib keldi. Eski apparat esa bunday katta ish hajmi va keskin burilishni uddalay olmasdi. Islohotlarning asosiy maqsadi SHimoliy urushda (1700 –1721) g’olib chiqishga qaratilgan bo’lib, armiya va flotni ta’minlash bosh masala edi. SHu maqsadda Pyotr I 1708 yili mahalliy boshqaruv islohotini o’tkazadi. Yangi ma’muriy bo’linmalar –guberniyalar joriy qilinadi. SHu yili Moskva, Peterburg, Kiev, Azov, Sibirь, Smolensk, Arxangelsk va Qozon, sal keyin esa Astraxan, Nijniy Novgorod va Riga guberniyalari tashkil qilinib, armiya bilan guberniyalar o’rtasida bevosita aloqa o’rnatiladi. Bunda byurokratik apparat kengayib, ilgarigi «Prikaz-uezd» tizimi o’rniga
«prikaz (kantselyariya) – guberniya-provintsiya-uezd» tizimi vujudga keldi. Pyotr I byurokratik apparat yordamida davlat muammolarini hal qilishga intiladi.
Xuddi shu g’oya Senatning tuzilishida ham o’z ifodasini topadi. XVIII asr boshlariga kelib boyarlar dumasi amalda o’z faoliyatini tugatadi. 1711 yili Boyarlar dumasi o’rniga Senat – Oliy davlat organi tashkil qilinadi. Senat moliya va savdoni boshqaradi, tashkilotlar va amaldorlar faoliyatini nazorat qiladi, sudlov jarayonini kuzatadi hamda yangi qonunlar loyihasini tayyorlash bilan shug’ullanadi.
Pyotr I qonun qabul qilish va uni amalga oshirishga alohida e’tibor beradi. U qabul qilingan va tatbiq etilgan qonun hamma sohada o’zgarish yasashi mumkin deb hisoblaydi. SHuning uchun Pyotr I davridagi qonunchilik umumiy tartibga solish, odamlarning shaxsiy hayotiga qo’pol aralashish tendentsiyasiga ega.
Armiyada ham jiddiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Unga 1699 yili qabul qilingan harbiy xizmatni o’tash to’g’risidagi farmon asos bo’ldi. Farmonga binoan ma’lum sonli hovli bitta askar berishi lozim edi. 1705 yildan ular «rekrut» deb atala boshlandi. Harbiy xizmatga olish har yili amalga oshiriladi. SHu asosda doimiy rus armiyasi shakllandi. Armiya va flotga ma’lumotli ofitserlar tayyorlash uchun harbiy maktablar va akademiya tashkil qilinadi. Umuman Pyotr I armiyani mustahkamlashga shunchalar katta e’tibor berdiki, rus harbiy tarixchisi V.V.Lapinning
obrazli qilib aytishicha, natijada armiya davlat tarkibida emas, davlat armiya tarkibida bo’lib qoldi. Pyotr I harbiy qurilma va intizomni barcha fuqarolarning hayotiga joriy qilishga intiladi. Podsho uchun oddiy hol bo’lib qolgan urushlar (Pyotr I 36 yillik hukmronligining 28 yilini to’xtovsiz urushlarda o’tkazdi) Pyotr I ni armiya eng mukammal ijtimoiy tuzilma va hayotning hamma jabhalarida tatbiq qilishga loyiq, degan fikrga olib keldi. SHu sababli harbiylar davlat boshqaruvida ham faol ishtirok etadi.
Pyotr I bir qator politsiyachilik tadbirlarini ham amalga oshiradi. Masalan, u o’rnatgan pasport tizimiga ko’ra bironta dehqon yoki shaharlik o’rnatilgan pasportsiz o’z yashab turgan joyini tark etishi mumkin emasdi. Bu tizimni buzgan shaxs o’z-o’zidan jinoyatchiga aylanadi.
SHu davrda cherkov islohoti o’tkazilib, patriarxlik boshqaruvi o’rniga kollegial boshqaruv usuli – Sinod joriy qilinadi. Pyotr I o’zini cherkovning ham boshlig’i deb e’lon qilib, uning mustaqilligini yo’q qildi. Bundan tashqari, fuqarolar doimiy cherkovga qatnashlari, o’zlari qilgan gunohlarni kechirilishini so’rab, cherkov xizmatchisiga murojaat qilishlari lozim edi. Tavbaning sir saqlanishiga qaramasdan cherkov xizmatchilari tavba qilganning jinoyati haqida davlat organlariga xabar berishga majbur edi. Davlatning cherkov va vijdon ishlariga bunday qo’pol aralashuvi jamiyatning ma’naviy rivojiga halokatli ta’sir ko’rsatdi. Xo’rlangan va haqoratlanganlarni davlat zulmidan himoya qilishning ming yillik an’analariga ega bo’lgan cherkov samoderjavie manfaatlarini himoya qiluvchi davlat qo’lidagi qo’g’irchoqqa aylandi.
Umuman, rus tarixchilarining yozishicha, Pyotr I zo’ravonlikni Rossiya sharoiti uchun boshqarishning yagona ma’qul usuli deb hisoblagan. SHundan ba’zi olimlar Rossiyada totalitar tuzum shakllanishini Pyotr I faoliyati bilan bog’lashadi.
SHularga qaramasdan, Pyotr I ning islohotlari dahshatli qattiqqo’llik bilan o’tkazilgan bo’lsa-da, ular Rossiyaning tarixiy taqdirida muhim rolь o’ynadi. U tuzgan hokimiyat organlari yuz yillab faoliyat ko’rsatdi. Masalan, Senat 1711 yildan 1917 yil dekabrgacha, cherkovning sinodli tuzilishi 1721 yildan 1918 yilgacha, 1724 yili joriy qilingan jon solig’i tizimi 1887 yilgacha mavjud bo’ldi. Pyotr I ning boshqa islohotlari ham shunday taqdirga ega.
Petr I vafotidan keyin qator saroy to’ntarishlari amalga oshirilib, ular natijasida Yekaterina I (1725 –1727), Petr II (1727 –1730), Anna Ioanovna (1730 –1740), Ivan
Antonovich (1740 –1741), Yelizaveta Petrovna (1741–1761), Pyotr III (1761–1762), Yekaterina II (1762 –1796) va Pavel I (1796 –1801) lar taxtga kelishdi va hukmronlik qilishdi.
Bu davrga umumiy tavsif beradigan bo’lsak, uni islohotlarning davom ettirilishi, Rossiya davlatining mustahkamlanish davri deb atashimiz mumkin. To’g’ri, islohotlar ham, Rossiya davlati obro’sining oshishi ham turli imperatorlar davrida har xil sur’at va qat’ilik bilan olib borildi. Biroq asr oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishning ba’zi ko’rsatkichlari bo’yicha Rossiya Yevropaning Fransiya, Gollandiya, Prussiya kabi mamlakatlaridan oldinga chiqib oldi. 1767 yili mamlakatda 481 ta manufaktura (asosan to’qimachilik) va 182 ta temir va mis erituvchi zavodlar ishlayotgan edi.

  1. asr 60-yillarida sanoat ishchilarining soni 220 ming kishi bo’lsa, asr oxiriga kelib ular soni 400 ming kishidan oshadi. Rossiyada ishchi kuchi bozori shakllanadi. Ammo xalqning, ayniqsa dehqonlarning ahvoli og’irligicha qolaverdi. SHu yillari bir qancha qo’zg’olonlar bo’lib, ular ichida eng mashhuri Yemelьyan Pugachev (1742 –1775) boshchiligidagi qo’zg’olondir (1773 –1775). Qo’zg’olon juda katta hududga yoyilishi va unda Rossiya tarkibiga kirgan ko’plab xalqlarning qatnashishiga qaramasdan, chor hukumati tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. Butun XVIII asr Rossiyada krepostnoy tuzum hukmron bo’lib qolaverdi.

  1. asrdan boshlab Rossiya tashqi siyosatining asosini unga tutash bo’lgan yerlar hisobiga mamlakatni kengaytirish uchun kurash tashkil qiladi. G’arbda Boltiq dengizidan, sharqda Tinch okeanigacha bo’lgan juda katta hududni bo’ysundirish, kuchli davlatni barpo qilish uchun Rossiya ikki yarim asrdan ko’proq to’xtovsiz urushlar olib bordi.

Hali XVI asr o’rtalaridayoq shu tashqi siyosat izchil amalga oshirila boshlandi. Bu davrda asosiy diqqat SHarqqa qaratildi. Buning uchun qulay sharoit vujudga kelgan edi. Bir paytlar Oltin O’rda tarkibiga kirgan, endi mustaqil xonliklar yakka-yakka holda rus qo’shinlari hujumiga bardosh berolmasdi. Dastlab Qozon xonligini bo’ysundirishga harakat qilindi.
Qozonga qilingan birinchi yurishlar (1547–1548 va 1549 –1550) muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 1552 yilgi uchinchi yurishda Qozon olindi. Oxirgi Qozon xoni Yodigar Magamel asir tushdi va tez orada xristianlikni qabul qilib Rossiyaning g’arbdagi urushlarida faol ishtirok etdi.
1556 yili Astraxan xonligi bosib olindi. O’z davrida Oltin O’rdadan ajralib chiqqan yana bir xonlik – No’g’ay xonligi Rossiyaga vassallikni tan oldi.
1556 yili Boshqirdistonni Rossiya tarkibiga birlashtirish yakunlandi. Boshqirdlarning faqat Sibirь xonligi tarkibidagi qismi Rossiyadan tashqarida qoldi. Volga bo’yining birlashtirilishi hunarmandchilik, qishloq xo’jaligi va savdoning rivojlanishi uchun yaxshi imkoniyat yaratdi. Bundan tashqari Rossiyaning siyosiy mavqei mustahkamlanib, salohiyati ortdi. 50-yillari cherkeslar, kabardinlar va dog’istonlik knyazlardan ba’zilari ham Rossiya tarkibiga kirdi.
50-yillarning 2-yarmidan boshlab Rossiya tashqi siyosatining asosiy yo’nalishi Boltiq dengiziga chiqish bo’ldi. Busiz G’arbiy Yevropa bilan savdo munosabatlarini kengaytirishning iloji yo’q edi.
1556 – 1560 yillari shu maqsadda Livon ordeniga qarshi olib borilgan urushning asosiy natijasi shu bo’ldiki, Livon ordeni yo’q qilindi. Ammo shimoliy Estoniyani shvedlar, Ezelь orolini daniyaliklar egallab oldi. Endi Litva, Polьsha, SHvetsiya va Daniya birgalikda Livoniyaning Rossiya hukmronligi ostiga tushmasligi uchun harakat qilishdi. Bu harakat Livoniya yerlari uchun olib borilgan urushning keyingi taqdirini belgiladi.
1582 yili Rechь Pospolita bilan (1569 yilgi Litva knyazligi bilan Polьsha qirolligi birlashib, Rechь Pospolita deb atala boshlandi), 1583 yili esa SHvetsiya bilan sulh imzolanib, bu sulhlar shartiga binoan Rossiya urush davomida egallagan barcha yerlaridan mahrum bo’ldi.
1590–1593 yillari SHvetsiya bilan bo’lgan urush 1595 yili tinchlik sulhi bilan yakunlandi va unga binoan Rossiya Ivan-gorod, Yam, Oporьe va Karelni qaytarib oldi.
Butun XVII asr davomidagi faol tashqi siyosat uchta maqsadga qaratilgan edi: ukrain va belorus xalqlari bilan birlashish; Boltiq dengizi va Qora dengizga chiqish va Rossiyaning janubiy chegaralarini Usmoniylar imperiyasining vassali – Qrim xoni bosqinlaridan muhofaza qilish. Ammo bu muammolarni birdaniga hal etish uchun Rossiyaning XVII asrda imkoniyati yetarli emasdi.
1654 yili Ukraina va SHarqiy Belorussiya Rossiyaga qo’shib olindi. Ammo Ukraina va Belorussiya yerlari uchun urush butun XVII asrda davom etdi. XVI asrdayoq boshlangan Sibirni o’zlashtirish siyosati XVII asrda davom ettirildi. XVI asrning 80 – 90-yillarida G’arbiy Sibirь Rossiyatarkibiga kirgan edi. XVII asr davomida ruslar G’arbiySibirdan Tinch okeani qirg’oqlariga, Kamchatka va Kuril orollariga qarab siljishni davom ettirdi. SHarqqa qarab yurish yangi yerlar ochish va oltin hamda kumush qidirish bilan kishilarni o’ziga jalb qiladi.
1648 yili Semen Dejnyov (tax.1605 –1673) Osiyo bilan SHimoliy Amerikani ajratib turuvchi bo’g’ozni ochdi. SHarqqa qarab qilingan boshqa yo’nalishda Vasiliy Poyarkov (tax.1610 –1667) rahbarligidagi ekspeditsiya Sibirning janubiy chegarasi bo’ylab Amur daryosi orqali 1645 yili Oxota dengiziga chiqdi, uning qirg’oqlari bo’ylab suzib, keyingi yili Yakutskga qaytib keldi. XVII asr o’rtalarida Yerofey Xabarov (tax. 1603 –1671) Amur bo’ylab Dauriyaga chiqdi. Bu paytda Sibirning mahalliy aholisi urug’chilik tuzumining turli bosqichlarida edi. Etnik guruhlar ichida eng kattalari yoqutlar va buryatlar bo’lib, ularda feodal tartiblar shakllana boshlagan edi. Amur havzasining o’troq aholisi daurlar, dyugerlar va boshqalar ham dehqonchilik madaniyatidan xabardor edilar.
SHarqqa qarab harakat qilish chog’ida ruslar qal’alar, tayanch nuqtalarni barpo qildilar. 1619 yili Yeniseysk, 1628 yili Krasnoyarsk va boshqa Sibirь shaharlariga shunday asos solindi. Mahalliy aholidan olinadigan soliq (yasoq) natura shaklida bo’lib, ayniqsa mo’yna yaxshi baholanardi. XVII asr oxiriga kelib Sibirning rus aholisi 150 ming kishiga yetadi. Ularning ko’pchiligini hukumat tomonidan majburiy ko’chirilgan dehqonlar tashkil qiladi. Ular asr oxirida aholining don mahsulotlariga bo’lgan talabini to’liq qondiradigan hosil yetishtira boshladilar. Aynan shu yillari Sibirni jadal o’zlashtirish boshlandi va bu hudud kelajakda Rossiyaning g’alla yetishtiruvchi o’lkalaridan biriga aylanishi uchun asos yaratildi.

  1. asr oxiri – XVIII asr boshlari Rossiya tarixida, xususan tashqi siyosatda muhim davr hisoblanadi. Mamlakatning xalqaro obro’sini mustahkamlash maqsadida XVII asr oxiridan Rossiyani kuchli dengiz davlatiga aylantirish uchun harakat boshlandi. Bu maqsadni amalga oshirish borasidagi dastlabki harakat Pyotr I boshchiligidagi Azov yurishlari bo’ldi. 1695 yil yozida boshlangan bu harakat 1696 yil 18 iyulь kuni Azov qal’asining rus qo’shinlari tomonidan egallanishi bilan yakunlandi. Ammo bu muvaffaqiyat Rossiyaga dengizga chiqish imkonini bermadi. Qora dengiz turklar qo’lida qolaverdi. Azov yurishlaridan Rossiya olgan foyda shu bo’ldiki, urush tajribalaridan kelib chiqib, u yirik dengiz flotini qurishga kirishdi.

1697 yili Rossiya, Avstriya va Venetsiya o’rtasida Turkiyaga qarshi ittifoq tuziladi. Ammo bu ittifoqqa Gollandiya va Angliyaning qo’shilmaganligi tufayli Avstriya bilan Venetsiya ham turklar bilan separat sulh tuzishga intildi. Natijada Rossiya Polьsha va Saksoniya bilan SHvetsiyaga qarshi ittifoqqa birlashdi. Bu kelishuvga keyinchalik Daniya ham qo’shilib, SHimoliy ittifoq vujudga keldi. SHimoliy ittifoqning tuzilishi Rossiya tashqi siyosatida tub burilish bo’ldi – janubdan dengizga yo’l ochish rejasi Boltiq dengiziga chiqish rejasi bilan almashtirildi. Yevropada kuchlar nisbati ham bunga qulay sharoit yaratdi. Ispan taxti muammosi bilan band bo’lgan kuchli davlatlar SHvetsiyaga yordam ko’rsatish imkoniyatiga ega emasdilar.
1700 yil avgustida Rossiya janubiy chegaralarini xavfsizlantirish maqsadida Turkiya bilan 30 yillik yarash sulhini imzoladi. Bu sulh shimolda faol urush harakatlari olib borish imkoniyatini tug’dirdi va Pyotr I SHvetsiyaga qarshi «SHimoliy urush» deb nom olgan urushni boshladi. Urush 21 yil davom etib, 1721 yil may oyida Nishtadt sulhini imzolash bilan yakunlanadi. Sulhga ko’ra Liflandiya, Estlandiya, Nidruj hamda Edelь va Dago orollari Rossiyaga o’tdi. SHvetsiyaga Finlyandiya qaytarildi va egallangan yerlar uchun Rossiya haq to’lash majburiyatini oldi. Bundan tashqari, urush davomida rus armiyasining tajribasi ortdi, 1703 yil may oyida Neva daryosi qirg’og’ida yangi poytaxt – Sankt-Peterburgga asos solindi, 1709 yil Poltava yonida shvedlar ustidan qozonilgan g’alabadan so’ng Rossiyaning xalqaro obro’si ortdi. Eng asosiysi – Rossiya Boltiq dengiziga chiqdi va unda mustahkam o’rnashib oldi. Endi u katta xalqaro maydonga chiqib, yirik Yevropa davlatiga aylandi.
SHimoliy urush yakunlangandan so’ng Rossiya Kavkaz ortidagi siyosatini faollashtira boshlaydi. Pyotr I ning Kaspiy yurishlari deb nom olgan Kavkaz va Eronga yurishlar 1722 yil boshlanib, 1723 yil Sankt-Peterburgda imzolangan shartnoma bilan yakunlanadi. Unga ko’ra Eronning Kaspiy bo’yidagi yerlari bir nechta shaharlari bilan, shu jumladan Derbent Rossiyaga o’tdi. 1724 yili Turkiya bilan Konstantinopolь shartnomasi imzolanib, unga ko’ra turk sultoni Rossiyaning Kaspiy bo’yida egallagan yerlarini, Rossiya esa sultonning g’arbiy Kavkaz orti yerlariga huquqini tan oldi. Umuman yurish Rossiyaning shu regiondagi siyosiy mavqeini mustahkamladi.

  1. asr 2-choragida Rossiya tashqi siyosatida Pyotr I an’analarini davom ettirdi. Usmoniylar imperiyasi bilan Qora dengiz uchun kurash olib borildi, ukrain va belorus muammolarini o’z foydasiga hal qilish uchun va SHimoliy urush natijasida Boltiq bo’yida erishilgan muvaffaqiyatlarni davom ettirish uchun harakat qilindi. Aytish lozimki, Rossiyaning iqtisodiy va madaniy qoloqligi tufayli bu davrda yanada faolroq tashqi siyosat yuritish imkoniyati bo’lmadi. Bundan tashqari Pyotrdan keyingi davrda davlat apparatida, eng avvalo armiyada chet elliklarning, asosan nemislarning ta’siri kuchayib ketdi.

1735 –1739 yillardagi Rossiya-Turkiya urushi natijasida Azov qo’rg’oni, O’ng qirg’oq Ukrainadagi kichik hudud, SHimoliy Kavkazdagi Kabardin yerlari Rossiyaga o’tdi, 1711 yilgi Prut sulhi qisman bekor qilindi. Ammo Rossiya avvalgiday Azov va Qora dengizlarda flot saqlash huquqini qo’lga kirita olmadi.
SHu davrdagi yana bir mojaro – 1741–1743 yilardagi rus-shved urushi edi. Urush Abo tinchlik sulhi bilan yakunlanib, Finlyandiyaning kichik bir qismi Rossiya ixtiyoriga o’tdi. Asosiysi esa SHvetsiya Rossiyaning Boltiq bo’yida egallagan yerlarini yana bir marta tan oldi.
XVIII asr ikkinchi choragidan Rossiyaning Qozog’istonga ta’siri kuchayadi. Bunda Rossiya Turkiston xonliklari va Hindiston yerlaridan o’tgan savdo yo’llarini egallashni maqsad
qilib qo’ygan edi. 1731 yili rus imperatori Anna Ioannovna Qozog’istonning bir qismini Rossiyaga qabul qilish haqida farmonni imzolaydi.
1740 –1743 yillari Qozog’istonning markaziy qismi ham Rossiya ixtiyoriga o’tadi. XVIII asr 2-yarmida Rossiyaning faol tashqi siyosati uning 1756 –1763 yillardagi Yetti yillik urushda qatnashishi bilan bog’liq. Urushga Rossiya 1757 yili qo’shildi va shu yili 19 avgust kuni Gross- Egersdorf qishlog’i yaqinida pruss qo’shinlariga katta talofat yetkazdi. 1758 yilning boshlarida rus qo’shinlari SHarqiy Prussiyaning markazi Kyonigsberg (hozirgi Kaliningrad) shahrini ishg’ol qilishdi.
1760 yilgi harbiy kampaniyaning eng katta muvaffaqiyati 27 sentyabrь kuni rus qo’shinlari tomonidan Berlinning olinishi bo’ldi. Fridrix II halokat yoqasida turgandi. Uni faqat Rossiya taxtiga kelgan Pyotr III ning harakatlari – Avstriya bilan ittifoqning buzilishi, Prussiyada harbiy harakatlarning to’xtatilishi saqlab qoldi.
Etti yillik urushda qatnashish Rossiyaga hududiy foyda keltirmagan bo’lsada, Yevropada eng kuchli hisoblangan Prussiya armiyasini mag’lub qilganligi uning siyosiy obro’sini, armiyaning esa harbiy mahoratini oshirdi.
Etti yillik urushdan keyin Rossiyaning Yevropadagi asosiy raqibi Fransiya bo’lib qoldi. U SHvetsiya, Rechь Pospolita va Turkiya ishtirokida Rossiyaga qarshi «SHarqiy to’siq» tashkil qiladi. Asosiy muammo Rechь Pospolita yerlari bo’lib, bu davlatlarning har biri unda o’z manfaatini ko’zlab ish tutadi.
SHunday murakkab sharoitda Rossiya Prussiya bilan ittifoq tuzishga muvaffaq bo’ldi. Yekaterina II Rechь Pospolitaning yaxlitligidan, Fridrix II esa uni bo’lib olishdan manfaatdor ekanligi bu ittifoqning tuzilishiga monelik qilmaydi.
1764 yili Rossiya va Prussiya tomonidan qo’llab-quvvatlangan S. Ponyatovskiy Polьsha qiroli qilib saylandi. Katolik bo’lmaganlarning huquqi masalasi ham ittifoqchilar foydasiga hal qilindi: endi katolik bo’lmaganlar ham Polьshada davlat lavozimlarini egallash huquqiga ega bo’ldi.
Rechь Pospolitadagi voqealarni diqqat bilan kuzatayotgan Usmoniylar imperiyasi u yerdan Rossiya qo’shinlarining olib chiqib ketilishini talab qildi va 1768 yili Rossiyaga urush e’lon qildi. Urushning dastlabki yili turk qo’shinlari Xotiy, Yassi, Buxarest, Izmail va Dunaydagi boshqa bir qancha qo’rg’onlarni tashlab ketishga majbur bo’ldi. Dengizda talantli sarkarda P.A. Rumyantsev (1725 –1796) qo’mondonligidagi rus qo’shinlari turklarga katta talofat yetkazdi. Ammo Fransiya va Avstriya tomonidan Turkiyaning qo’llanishi Rossiyani muzokara boshlashga va Rechь Pospolitaning bo’linishiga rozilik berishga majbur qildi.
1772 yilgi Konventsiya Rechь Pospolitaning birinchi bo’linishini rasmiylashtirdi. Unga binoan Galitsiya Avstriyaga, Pomorьe va Buyuk Polьshaning bir qismi Prussiyaga, SHarqiy Belorussiya Rossiyaga o’tdi. SHu yili Turkiya bilan ham tinchlik muzokaralari boshlandi. Kelishmovchiliklarning asosiy sababi Qrim muammosi edi. Rossiya Qrimga mustaqillik berilishini talab qilar, Turkiya esa buni rad etardi.
SHunday holatda ikkala mamlakat o’rtasida urush harakatlari boshlandi. 1774 yil iyunida
A. Suvorov qo’mondonligidagi rus qo’shinlari Kozluj yaqinida turk qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratgandan so’ng muzokaralar qayta boshlandi. 1774 yil 10 iyulь kuni Bolgariyaning Kuchukqaynarji qishlog’ida tinchlik shartnomasi imzolanib, unga binoan Kerchь, Yonqal’a va Kabarda Rossiyaga o’tdi. Ayni paytda Rossiya Qora dengizda harbiy flot qurish huquqini oldi. Endi Rossiyaning savdo kemalari bo’g’ozlardan qarshiliksiz o’tadigan bo’ldi. Biroq 1775 yiliyoq ikki davlat o’rtasida Qrim xoni masalasida yana kelishmovchilik vujudga keladi. Turkiya Davlat- Gireyni, Rossiya esa SHagin-Gireyning nomzodini qo’llaydi. Ikki davlat o’rtasidagi Qrim uchun olib borilgan raqobat 1783 yil 8 aprelь kuni imperator Yekaterina II ning Qrimni Rossiya tarkibiga qo’shib olish to’g’risidagi farmoni e’lon qilinishi bilan yakunlandi.
Turkiya Qrimning Rossiyaga qo’shilganligini tan olsa-da, urushga jiddiy tayyorgarlik ko’ra boshladi. Angliya, Fransiya va Prussiya uning bu harakatini quvvatladi. 1787 yil iyulda Turkiya sultoni diplomatik yo’l orqali o’zining Gruziya va Qrimga huquqini Rossiyadan talab qiladi. Talabga javob olinmagach, harakatlar boshlaydi. Ammo biron bir muvaffaqiyatga erisha
olmaydi. Rus qo’shinlari quruqlikda A.V. Suvorov, dengizda F. Ushakov (1745 –1817) qo’mondonligida bir qator g’alabalarni qo’lga kiritadi. 1790 yil 2 dekabrь kuni rus qo’shinlari mustahkam qal’a – Izmail qal’asini egallashadi. 1792 yil yanvarda (eski hisob bilan 1791 yil dekabrda) imzolangan Yassi sulhiga binoan Qrimning Rossiya tarkibiga kirganligi, Gruziya ustidan esa Rossiya protektorati o’rnatilganligi rasmiylashtirildi.
Bu davr Rossiya tashqi siyosatida Polьsha katta o’rin egallaydi. Aytib o’tganimizdek, Rechь Pospolitaning kuchsizligi uni birinchi marta bo’lib olish imkonini yaratgan edi. Ayni paytda Polьshaning kuchayishi Prussiya, Avstriya vaRossiya manfaatlariga mos kelmasdi. Rechь Pospolitaning ichki ishlariga aralashish uchun ularda bahona ham bor edi. Gap shundaki, avvalgi shartnomalarga binoan Polьshaga konstitutsiyasini o’zgartirish huquqi berilmagan edi. SHunga qaramasdan u 1791 yil 3 may kuni yangi konstitutsiya qabul qiladi. Bu Rechь Pospolitaga rus va pruss qo’shinlari kiritilishi uchun, keyinchalik esa uni ikkinchi bor bo’lish uchun bahona bo’lib xizmat qildi.
1793 yil yanvarda imzolangan rus-pruss shartnomasiga binoan polyak yerlari – Gdanьsk, Torunь, Poznanь Prussiyaga, O’ngqirg’oq Ukraina bilan Belorussiyaning markaziy qismi Rossiyaga o’tdi. Rechь Pospolitaning keyingi taqsimlanishi u yerda milliyozodlik harakatining avj olishiga sabab bo’ldi. General Tadeush Kostyushko1 boshchiligidagi bu harakat 1794 yil kuzida A.V. Suvorov boshchiligidagi rus qo’shinlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. SHundan so’ng, 1795 yili Rechь Pospolita uchinchi bor bo’lindi. Sandomir, Lyublin va Xelmin yerlari Avstriyaga, Krakov Prussiyaga o’tdi. Belorussiyaning g’arbiy qismi, G’arbiy Volinь yerlari, Litva va Kurlyandiya gertsogligi Rossiyaga qo’shib berildi. Rechь Pospolitaning oxirgi qiroli taxtdan voz kechib, 1798 yil vafotigacha Rossiyada yashadi. Rechь Pospolitadagi milliy- ozodlik harakati bostirilgandan keyin, 1795 yil oxirida Rossiya, Angliya va Avstriya o’rtasida uch tomonlama ittifoq tuzildi.
XVIII asr oxirida Rossiya Yevropadagi urushlarda faol ishtirok etdi. 1797 yil SHimoliy Italiyadagi harbiy harakatlarda A.V. Suvorov boshchiligidagi armiya muvaffaqiyatli qatnashdi. SHu yili u armiyasi bilan Sen-Gotard dovoni orqali Alьp tog’idan oshib o’tib, katta harbiy mahorat namoyish qildi. Ammo Yevropada rus qo’shinlariga ittifoqchilar yordam ko’rsatmaganligi tufayli 1800 yili Pavel I qo’shinlarni Rossiyaga chaqirib oldi. SHu yili yuqoridagi sababga ko’ra Angliya bilan ham diplomatik munosabatlar uzildi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, XVIII asr oxirida, Pavel I imperatorlik qilgan yillari Rossiya tashqi siyosatida keskin burilish yuz berdi: u Fransiya bilan sulh tuzib, Angliya va Avstriyaga qarshi ittifoqqa birlashadi.
Yüklə 27,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə