16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja: Vakuumda magnit maydoni



Yüklə 320,26 Kb.
səhifə11/74
tarix30.07.2023
ölçüsü320,26 Kb.
#120120
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja Vakuumda magnit maydon-www.hozir.org

TRANSFORMATORLAR
Transformatorning tuzilishi va ishlashi. Transformator deb ataluvchi asbobda ikkita g'altak umumiy o'zakka kiydiriladi. Bunda birinchi g'altakdagi o'ramlar - birlamchi chulg'am, ikkinclii g'altakdagi o'ramlar - ikkilamchi chulg'am deyiladi.
Birlamchi chulg'amni U1 kuchlanishli o'zgaruvchan tokka ulaylik. O'zgaruv­chan tok chulg'am larda o'zgaruvchan magnit maydonni hosil qiladi. Bu chulg'amning magnit kuch chiziqlari o'zak bo'yicha ikkilamchi chulg'amga o'tadi. Natijada ikkilamchi chulg'amda U2 kuchlanishli o'zgaruvchan induksion tok hosil bo'ladi. Bu tokning chastotasi birlamchi chulg'am- dagi tokning chastotasi bilan bir xil bo'ladi.
Ikkilamchi chulg'amdagi kuclilanislming miqdori birlam chi va ikkilam chi chulg'am dagi sim larning o'ramlar soniga bog'liqdir. Tajriba shuni ko'rsatadiki, ikkilamchi chulg'amdagi o'ramlar soni birlamchi chulg'amdagidan neclia marta kam bo'lsa, ikkinclii chulg'amda hosil bo'lgan tokning kuchlanislii shuncha marta kam bo'ladi. Va aksincha, ikkilamclii chulg'amdagi o'ramlar soni birlamchi chulg'amdagidan necha marta ko'p bo'lsa, ikkinclii chulg'amdagi kuchlanish shuncha marta ko'p bo'ladi.
Birlamchi chulg'am dagi o'ram lar soni unga berilgan kuchlanish U1, ikkinclii chulg'amdagi o'ramlar soni unda hosil bo'lgan kuchlanish bo'lsin. U2 holda quyidagi ifoda o'rinli bo'ladi:
demak, o'zgaruvchan tokning kuchlanisliini o'zgartirish mumkin. Bu o'zganivchan tokning muhim xususiyatidir.
O‘zgaruvchan tok o’tayotgan o‘tkazgichdagi kuchlanishni o‘zgartirishga o'zgaruvchan tokni transformatsiyalash deyiladi.

Transformator — o'zganivchan tok o‘tayotgan o‘tkazgichdagi kuchlanishni transformatsiyalaydigan asbobdir.

«Transformatsiyalash», «transformator» so‘zlari lotincha «transformo» so'zidan olingan bo‘lib, «o'zgartiraman» degan ma’noni bildiradi. Transformator va uning elekr zanjir sxemasida belgilanishi aks ettirilgan.
Transformatorlar ikki xil b o ‘ladi.
Agar transformatorning ikkilamchi chulg‘amidagi kuchlanish birlamchi chulg‘amidagi kuchlanishdan katta bo‘lsa, bunday transfor­ m ator yuksaltiruvchi transformator deb ataladi.
Yuksaltiruvehi transform atorda n2 > n1 va U2 > U1 bo‘ladi.
Agar transformatorning ikkilamchi chulg‘amidagi kuchlanish birlamchi chulg‘amidagi kuchlanishdan kichik bo’lisa, bunday transformator pasaytiruvchi transformator deb ataladi.
Pasaytiruvchi transform atorda n2< n1 va U2 < U1 bo‘ladi.



Yüklə 320,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə