16-mavzu. Buyurtmaning optimal miqdorini aniqlash



Yüklə 57,24 Kb.
səhifə1/2
tarix03.03.2023
ölçüsü57,24 Kb.
#101864
  1   2
16-Amaliy mashg\'ulot


16-MAVZU. BUYURTMANING OPTIMAL MIQDORINI ANIQLASH
Zahiraning ratsional miqdorini aniqlash uchun dastlab 1913 yilda taklif qilingan buyurtmaning optimal miqdori modellari (Economic order quantity models – EOQ)dan foydalaniladi. Barcha bu modellardagi optimallashtirish kriteriyasi sifatida buyurtmalar soni bilan bog`langan umumiy xarajatlarning minimumi xizmat qiladi.
Umumiy nom – Uilson (Wilson) modellari nomiga ega bo`lgan modellar ham ancha nom qozongan va keng qo`llaniladi. Uilsonning bir nechta modellari ma’lum: asosiy model – buyurtmaning optimal miqdorini; bosqichma-bosqich to`ldirish orqali; defitsit orqali yuzaga keladigan yo`qotishlarni inobatga olgan holda aniqlash va buyurtmaning optimal miqdorini ulgurji chegirmalar mavjudligida aniqlash.
Barcha bu modellar doimiy xarakterdagi iste’molga qaratilgan. Iste’molning intensiv o`zgaruvida Uilson modellari buyurtmalar sonini baholashning yetarli darajadagi aniqligini bermaydi.
Asosiy model (uni yana klassik yoki ideal EOQ modeli deb ham atashadi) bir nechta asosiy shartlarga va dastlabki qarashlarga ega. Eng avvalo, model zahiralarni boshqarishning nazariy sikli uchun ishlab chiqilganini ta’kidlash joiz.
Quyidagi yo`l qo`yiladigan jihatlar zahiralarni boshqarishning nazariy sikli hisoblanadi:
1) barcha jihatlar bir turdagi tovarlarga mansub bo`ladi;
2) iste’mol (tovarlarni yuklash)ning doimiy tempi;
3) buyurtmani bajarishning doimiy vaqti;
4) buyurtmani yangilash siklining doimiy davomiyligi;
5) har bir buyurtma yakka holda yetib keladi;
6) iste’mol va yuk ortilishining tinimsiz sur’atda yuz berishi natijasida zahira darajasi nol bo`lgan paytdagina qabul amalga oshiriladi;
7) Sikl parametrlarining zahira iste’molni ta’minlash uchun har doim yetarli deb ko`rilishi.
Zahirani boshqarishning nazariy sikli zahirani amalda boshqarishga to`g`ri kelmasligi oydinlashdi. Shunga qaramay, aynan nazariy sikl, ya’ni Uilson asosiy modelini qo`llash ideal shartlariga amaldagi holatni har tomonlama ko`rib chiqish va asoslangan boshqaruv qarorini qabul qilish uchun muhim bo`lgan ma’lumotlarni dastlabki qayta ishlashning vositasi sifatida qarash imkonini beradi.
Zahiraning optimal miqdori asosiy modeli nazariy sikl xarakteristikalardan tashqari ulgurji chegirmalarning yo`qligini nazarda tutadi. Buyurtmaning optimal miqdorini hisoblash formulasini chiqarish uchun buyurtmalar soni bilan bog`langan umumiy xarajatlar funksiya grafigini qurish muhimdir (15.4-rasm).

15.4-rasm. Umumiy xarajatlarning buyurtmalar soniga bog`liqlik egri chizig`i
Buyurtmalar soni bilan bog`liq bo`lgan umumiy xarajatlarni uch qo`shiluvchi tashkil etadi:
1) buyurtma narxi (sotib olish narxini o`z ichiga oladi);
2) zahirani ta’minlab xarajatlari:
- muqobil xarajatlar yoki qo`yilgan kapitalga bo`lgan foizlar;
- zahiralarga ishlov berish xarajatlari;
- saqlash xarajatlari;
- zahiraga xizmat ko`rsatish xarajatlari;
- sifat yomonlashuvi, yo`qotishlar, ma’naviy eskirish va og`irlik tufayli bo`ladigan yo`qotishlar;
- xizmat korsatayotgan tizimlardan foydalanish xarajatlari.
3) buyrtmani topshirish xarajatlari;
- ta’minotchini qidirishga bo`lgan xarajatlar;
- buyurtmani joylashtirish xarajatlari;
- ta’minotni yetkazish monitoringi xarajatlari;
- tashish monitoringi xarajatlari.
Buyurtmani topshirish xarajati doimiy kattalik hisoblanadi va bir birlik mahsulotga qayta hisoblab chiqilganda buyurtma berilayotgan partiyaning miqdori oshishi bilan keskin kamayib ketadi.
Umumiy xarajatlar funksiyasini buyurtmalar soni egri chizig`i bo`yicha differentsiallash natijasida buyurtmalar sonini optimallashtirishning asosiy modeli nomini olgan formulaga ega bo`lamiz:

bu yerda, A – bir dona buyurtmani topshirish narxi, rubl;
I – bir birlik zahirani ta’minlab turishga ketadigan xarajatlar, rubl/dona;

Yüklə 57,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə