16-mavzu: korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati auditini o’tkazishning metodologik asoslari reja



Yüklə 245,09 Kb.
səhifə6/19
tarix27.01.2023
ölçüsü245,09 Kb.
#99526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
16-MAVZU KORXONALAR MOLIYAVIY-XO’JALIK FAOLIYATI AUDITINI O’TKAZISHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Uyg’unlik tamoyili auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy rejasi va dasturini tuzgunga qadar bo’lgan barcha bosqichlarning o’zaro bog’liqligi va muvofiqligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarga kelishilgan topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda tarkibiy bo’linmalar bo’yicha bog’liqligida ifodalanadi.
Auditni rejalashtirishning maqbullik tamoyili shundan iboratki, rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti o’zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturidan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Auditorlik tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, auditor mijozning moliya - xo’jalik faoliyatidagi va qonunchilikdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda reja va dasturga zarur tuzatishlar kiritishi mumkin.
Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish tartibi. Auditni dastlabki rejalashtirish bosqichida “Auditni rejalashtirish” nomli 3-AFMSning 12 va 13-bandlariga muvofiq auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan auditni o’tkazish bilan bog’liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi belgilangan bo’lib, buning uchun auditor, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishishi va korxona faoliyati to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi talab etilgan. Bu esa, auditordan korxona faoliyati to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi uchun esa uning bir qancha asosiy hujjatlari, jumladan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati va unga o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar), xo’jalik yurituvchi sub’ektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari, auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari, soliq tekshiruvlari materiallari, sud da’volari materiallari, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan suhbatlardan olingan ma’lumotlar, xo’jalik yurituvchi sub’ektni uning asosiy uchastkalari, omborlarni ko’zdan kechirishdan olingan axborotlar bilan tanishib chiqishni talab etadi. Shundan so’ng, auditorlik tashkiloti mazkur standartning 15- bandiga muvofiq, dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o’tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb hisoblasa, U auditni o’tkazish uchun shtatni shakllantirishga o’tadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, auditni dastlabki rejalashtirish bosqichi bu – xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik shartnomasini tuzgungacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga olib, bu bosqichda auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan tanishish, buyurtmachiga auditorlik faoliyatini o’tkazish xuquqini beruvchi tegishli litsenziyani va auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etish, korxonaning ichki va tashqi faoliyat xususiyatlari to’g’risida ma’lumot to’plash va tekshiruv buyurtmachisini auditorlik tekshiruvidan o’tkaza olish salohiyatini baholash, auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib olish va korxonani tekshirish uchun auditorlik ishchi guruhini shakllantirish hamda yakunda auditorlik shartnomasini rasmiylashtirish jarayonidir.
Auditor uchun dastlabki rejalashtirish jarayonida quyidagilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida axborot olish manbalari bo’lib hisoblanadi:
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustavi;

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini va unga o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar;

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;

-. Kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari aktsiyadorlar yig’ilishlarining yoxud xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari bayonnomalari

  • Buxgalteriya hisobotlari;

  • Statistika hisobotlari;

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektning shartnomalari va bitimlari;

  • Auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari;

  • Korxonaning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati;

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati”;

  • Auditorlik tashkiloti mutaxassislari malaka darajasi bo’yicha ma’lumotlar (Auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi faoliyat sohasini tushunadigan mutaxassislar etarliligini baholash va ekspert xizmatiga bo’lgan ehtiyojni aniqlash maqsadida). Shuningdek, amaldagi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish huquqiga ega ekanligi aniq belgilab qo’yilgan. Biroq, auditorlik tashkiloti hali auditorlik shartnomasi tuzilmagan korxonadan yuqoridagi ma’lumotlarni taqdim etilishi oqibatida ushbu korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatiga oid sirlarini chetga chiqib ketish xavfini oshirishini hisobga olgan holda ish tutishi zarur. Dastlabki rejalashtirish auditorlik tashkiloti uchun o’z tekshirish salohiyatini tekshiruv boshlanmansdan avval baholash imkoniyatini beradi va auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib oladi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb qaror qabul qilsa, u auditorlik guruhini shakllantirishga o’tadi hamda korxona bilan auditorlik shartnomasini rasmiylashtiradi. Auditni dastlabki rejalashtirish jarayonini yuqorida tavsiya etilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi auditorlik tashkilotlari tomonidan korxonalarni tekshirish salohiyatini baholash, tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan tanishish, tekshiruv buyurtmachisi bilan auditorlik shartnomasi shartlarini kelishib olish jarayonini mukammallashtirish va optimallashtirish imkoniyatini yaratadi.

Auditning umumiy rejasini tayyorlash xususiyatlari. Auditorlik shartnomasi tuzilgandan so’ng tekshiruvning umumiy rejasi tayyorlanishi va u auditorlik guruhi rahbari tomonidan tuzilishi hamda tasdiqlanishi lozim. Auditning umumiy rejasida tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish hamda ular ma’lumotlarining ishonchliligini baholash, auditorlik tanlash hajmini belgilash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayonining (dasturni bajarish)amallarini belgilash, bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy audit ish hujjatlarini tayyorlash, tekshiruv natijalarini xo’jalik yurituvchi sub’ekt va yuqori organlarga taqdim etish kabi vazifalarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha umumiy bosqichlari aks ettiriladi. Auditor tekshiruvni auditorlik shartnomasida belgilangan muddatda yakunlashni ta’minlashi uchun unga sarflanadigan vaqtni rejalashtirishga ta’sir etuvchi omillarni to’liq va aniq hisobga olishi talab etiladi (7-chizma).

7-chizma. Auditorlik tekshiruvi uchun vaqt sarfini rejalashtirishga ta’sir etuvchi omillar


Tuzilgan umumiy reja audit dasturini amalga oshirishning asosiy manbasi yoki dasturning uslubiy hamda me’yoriy asosi bo’lib xizmat qilishi kerak. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayonida umumiy rejaning ayrim qoidalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish zaruriyati paydo bo’lishi mumkin, bunday vaqtda kiritiladigan o’zgartirishlar mazmuni va sabablari rejada batafsil bayon etilishi kerak.
Auditorlik tekshiruvining umumiy rejasi va dasturi har bir auditorlik tekshiruvi ob’ekti(asosiy vositalar auditi, pul mablag’lari auditi, TMZ auditi va shu kabilar)ning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida va maxsus shakl hamda mazmunda ishlab chiqilishi lozim. Biz quyida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditning umumiy rejasini quyidagi 1-jadvaldagi shartli misolda keltirilgan shaklda tuzishni tavsiya etamiz. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, auditning umumiy rejasini auditorlik tekshiruvining har bir ob’ektiga alohida va maxsus shaklda tuzish jarayoni auditordan qo’shimcha vaqt, mehnat va qog’oz xarajatlarini talab etadi. Biroq umumiy rejada faqatgina auditorlik tekshiruvini o’tkazishning umumiy jarayoni aks ettiriladi, u tekshiruvchilar uchun aniq vazifa, vaqt va tekshiruvni o’tkazishning aniq tartibi haqida ma’lumot olish imkonini bermaydi.

8jadval



Yüklə 245,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə