16-mavzu: Qo‘shish, ko‘paytirish jadvallari hamda ularga mos ayirish va bo‘lish hollarini o‘rgatish. Jadvaldan tashqari ko’paytirish va bo’lish bilan tanishtirish metodikasi


Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish –



Yüklə 23,15 Kb.
səhifə2/5
tarix12.09.2023
ölçüsü23,15 Kb.
#121699
1   2   3   4   5
16 m

Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish – bu ko‘paytirish jadvaliga kirmagan barcha ko‘paytirishlar va ulardan chiqadigan barcha bo‘lishlar (100 ichida).

20 • 2, 3 • 20

1) 20 • 3 = 2 o‘nlik + 2 o‘nlik + 2 o‘nlik = 6 o‘nlik 2 o‘nlik • 3 = 6 o‘nlik
Demak: 20 • 3 = 60
2) 3 • 20 = □
Ko‘paytuvchilarning o‘rni almashgani bilan ko‘paytma o‘zgarmaydi.
Shuning uchun 3 • 20 = 20 • 3 = 60
Demak: 3 • 20 = 60

60 : 3, 100 : 2

1) 60 : 3 = □ 6 o‘nlik : 3 = 2 o‘nlik.
Demak: 60 : 3 = 20
2) 100 : 2 = □ 10 o‘nlik : 2 = 5 o‘nlik.
Demak: 100 : 2 = 50

90 : 30

Nol bilan tugagan sonni nol bilan tugagan songa bo‘lish uchun ularning noldan oldin turgan sonlarini bo‘lish yetarli. 90 : 30 =  9 : 3 = 3. Demak: 90 : 30 = 3

Yig‘indini songa, sonni yig‘indiga ko‘paytirish

1-usul. Yig‘indini songa ko‘paytirish uchun qavs ichidagi yig‘indi hisoblanib, natija songa ko‘paytiriladi. Bu qoida sonni yig‘indiga ko‘paytirish uchun ham o‘rinli.
1) (2 + 3) • 4 = 5 • 4 = 20
2) 4 • (2 + 3) = 4 • 5 = 20

2-usul. Yig‘indini songa ko‘paytirish uchun qavs ichidagi har bir qo‘shiluvchi songa ko‘paytiriladi, keyin ko‘paytmali qo‘shiladi. Bu qoida sonni yig‘in- diga ko‘paytirish uchun ham o‘rinli.
1) (2 + 3) • 4 = 2 • 4 + 3 • 4 = 8 + 12 = 20
2) 4 • (2 + 3) = 4 • 2 + 4 • 3 = 8 + 12 = 20

23 • 4, 4 • 23

1) 23 • 4 = (20 + 3) • 4 = 20 • 4 + 3 • 4 = 80 + 12 = 92
2) 4 • 23 = 4 • (20 + 3) = 4 • 20 + 4 • 3 = 80 + 12 = 92


Yüklə 23,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə