16. Qurilishda narx shakllanishi va smeta ishi



Yüklə 241,85 Kb.
səhifə1/12
tarix25.12.2023
ölçüsü241,85 Kb.
#161097
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
12-мавзу маъруза


16. QURILISHDA NARX SHAKLLANISHI VA SMETA ISHI


16.1. Qurilishda narx shakllanishining asoslari. Qurilish smeta qiymatining tarkibi va qurilish montaj ishlari.
Kapital qo’yilmalarni qaytarish asosida byudjet ajratmalari hisobidan ajratishda qarz mablag’larini qaytarish mexanizmi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, mablag’ bilan ta’minlovchi bank muassasasi va buyurtmachi o’rtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solib boriladi. Obyekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari natijalari bo’yicha belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilishga, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga tuziladi. Shartnoma O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi.
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektlar qurilishiga shartnomalar tuzish huquqiga ega bo’lgan tashkilot buyurtmachi hisoblanadi. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektlar qurilishiga shartnoma bo’yicha pudratchilar tanlov savdolari shartlariga va tuzilgan shartnomaga muvofiq ishlar bajarilishini ta’minlashga qodir bo’lgan yuridik shaxslar bo’lishlari mumkin. Zarurat bo’lganda qo’shma faoliyat to’g’risidagi shartnomaga muvofiq ish ko’ruvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan yuridik shaxslarning birlashmasi qurish shartnomasi bo’yicha pudratchilar bo’lishi mumkin. Buyurtmachi va pudratchi, bosh pudratchi va subpudratchilar, loyiha tashkilotlari va asbob-uskunalar, qurilish materiallari va konstruksiyalarini yetkazib beruvchilar o’rtasidagi munosabatlar vositachi tashkilotlar va boshqa oraliq bo’g’inlarning ishtirokisiz faqat shartnoma asosida quriladi. Bunda ham moddiy-texnika resurslarini o’zaro bergan holda, ham ular berilmagan holda subpudrat tashkilotlar tomonidan ishlarning bajarilishi bitta obyekt qurilishi doirasida vositachining ishi hamda moddiy-texnika resurslarini tashqariga realizatsiya qilish, deb hisoblanmaydi.
Pudrat shartnomasi tanlov savdolari natijalari bo’yicha aniqlangan shartnomaviy joriy narx bo’yicha belgilangan tartibda tanlov savdolari natijalari tasdiqlangandan keyin o’n kun muddatda tuziladi. Tanlov savdolari shartlariga muvofiq qurilish muddati bir kalendar yil doirasidan tashqariga chiqadigan obyektlar bo’yicha ikkinchi va keyingi yillarga ishlarning qoldiq hajmi qiymati belgilangan tartibda aniqlashtiriladi. Qoldiq qiymatning aniqlashtirilishi asosiy bosh shartnomaga ilova qilinadigan qo’shimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi. Shartnomaga ishlar hajmining ko’payishi yoki loyihaning o’zgartirilishi bilan bog’liq o’zgartirishlar kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
Shartnoma bekor qilingan taqdirda barcha xarajatlar va zararlar qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda qoplanadi. Shartnoma tuzishda buyurtmachi va pudratchi alohida shartlar bilan qonun hujjatlariga muvofiq unda boshqa majburiyatlarni ham nazarda tutishga haqlidir. Subpudratchilar va etkazib beruvchilar ( ishlab chiqaruvchilar) ni tanlash bosh pudratchi tomonidan tanlov savdolari natijalari bo’yicha tuzilgan bosh shartnoma bo’yicha majburiyatlar saqlanib qolishi sharti bilan mustaqil amalga oshiriladi. Obyektlar qurilishiga shartnoma bo’yicha majburiyatlarning bajarilishi qonun hujjatlariga muvofiq kafillik, kafolat shaklida va boshqa shakllarda ta’minlanadi. Obyekt qurilishi shartnomasida aks ettiriladigan o’zaro hisob-kitob shartlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.

Yüklə 241,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə