5-tajriba ishl. Standartlarni ishlab chiqish bosqichlarini o’rganish



Yüklə 48,02 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü48,02 Kb.
#181167
  1   2   3   4
5-t


5-TAJRIBA ISHL.
Standartlarni ishlab chiqish bosqichlarini o’rganish
O‘z RST 1.1-92 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi” standartiga binoan O‘zbekiston Respublikasi standarti (bundan keyin - standart deb yuritiladi) standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar (bundan keyin TQ), standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat, pudratchi, aksioner, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Standartni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida yetakchi ishlab chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi) hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish ko‘lamini va muddatlarini aniqlaydi.
Standart respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan qat’iy nazar, standart ishlab chiqilgan tashkilotlarni chiqaradigan va iste’mol qiladigan hamma korxona va tashkilotlar uchun majburiydir.
Standartga kiritiladigan o‘zgarish asosiy standart uchun belgilangan tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi GOST 1.5-85 ga muvofiq bajariladi.
Standartlarni ishlab chiqish tartibi
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-usuliy birlikka erishish maqsadida hamda standartni ishlab chiqish bosqichlari bajarilishini nazorat qilish uchun 4 bosqich joriy etiladi.
1-bosqich - zaruriyat tug‘ilganda standartni ishlab chiqishda texnikaviy topshiriq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
2-bosqich - standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahriri) va uni fikr mulohazalar olish uchun yuborish;
3-bosqich - fikr - mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashga taqdim etish;
4-bosqich - standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Standartlarni ishlab chiqish bosqichlarini bir-biri bilan qo‘shib olib borishga yo‘l qo‘yiladi.

Yüklə 48,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə