Mundarija kirish I bob. Biologik ta’limning umumiy xususiyatlari



Yüklə 85,15 Kb.
səhifə1/15
tarix13.10.2023
ölçüsü85,15 Kb.
#127512
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
BIOLOGIK TA’LIMNING UMUMIY XUSUSIYATLARI


MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. BIOLOGIK TA’LIMNING UMUMIY XUSUSIYATLARI
I.I bob. Biologik ta’limmazmuni asoslari
I.II bob. Biologik ta’limning maqsad va vazifalari
I.III bob. Biologik ta’lim tarbiya komponentlari
II BOB. BIOLOGIYA FANIDAN TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTI
II.I bob. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqish prinsiplari
II.II bob. Biologik ta’lim standartining tarkibiy qismi
III BOB BIOLOGIK TA’LIM TARBIYA UZVIYLIGI
III.I bob. O`quvchilarda ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish.
III.II bob. Biologiyani o`qitishda o`quvchilarni ma`naviy-ahloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigiyenik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalari.
III.III bob. Biologiyani o`qitishda ta`lim tarbiyaning uzviyligini ta`minlash yo`llari.
XULOSA
GLOSSARIY
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
KIRISH
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’lim o'quvchilami o‘quv fanlari bo'yicha muayyan bilimlarni egallashlari barobarida, ularning bilim olishga bo'lgan ehtiyoji, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, atrof-muhitga ongli munosabatni tarkib toptirishi lozimligi qayd etilgan. Shu-ningdek, o'quvchilami ma’naviy axloqiy tarbiyalash va ta’lim-tarbiya ishlarining
samaraii shakllari va usullarini ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish ko'rsatilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik faoliyat ko'rsatadigan o'qituvchilar zimmasiga yuklanadi.Shu sababli, uzluksiz ta’lim tizimi uchun biologiyadan zamon talablariga javob beradigan, ijodkor va ijtimoiy faol, raqobatbardosh pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida bakalavriat yo'nalishi «Biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi» mutaxassisligi o'quv rejasiga «Biologiyani o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish» o'quv kursi kiritildi.Mazkur kurs bo'yicha o'quv adabiyotlari mavjud bo'lmaganligi sababli, ushbu darslik tayyorlandi.Darslikni yaratishda respublikamizda qabul qilingan «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o'quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish Konsepsiyasi»ga asoslanildi. Jumladan, darslik o'quv qo'llanmalarining bir turi ekanligini hisobga olgan holda, unga qo'yiladigan umumiy va oliy o'quv yurti o'quv adabiyotlariga qo'yiladigan o'ziga xos talablarga amal qilindi.



Yüklə 85,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə