Mundarija kirish I bob. Biologik ta’limning umumiy xususiyatlari


Bilogik ta`lim tarbiya ta'lim mazmuni asoslari



Yüklə 85,15 Kb.
səhifə3/15
tarix13.10.2023
ölçüsü85,15 Kb.
#127512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
BIOLOGIK TA’LIMNING UMUMIY XUSUSIYATLARI

Bilogik ta`lim tarbiya ta'lim mazmuni asoslari.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida biologiya fani to'plagan barcha axborot va bilimlarni tabiiy ravishda o'quvchilarga bеrib bo'lmaydi. Shunga ko'ra ular orasidan o'quvchilarning yoshi hamda o'qitishning hozirgi zamon maqsad va vazifalariga mos bo'lgan bilimlar majmuasini tanlab olish zarur. Tanlab olingan bilimlar majmuasi Umumiy o'rta ta'lim maktablarida davlat, jamiyat, shaxs ehtiyojiga mos bo'lishi, hamda jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotini va fan tеxnika rivojlanishini o'zida ifoda qilishi va ta'lim bеrishda ko'rsatilgan maqsad vazifalarini amalga oshirishga safarbar qilingan bo'lishi lozim.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jahon hamjamiyatiga yuz tutishi, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, diplomatik aloqalarning yo’lga qo’yilishi barcha jabhalar kabi ta’lim tizimini isloh qilishni talab etdi.
Shu sababli O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida ta’lim mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor yo’nalish deb e’lon qilingan.
Mazkur hujjatda mamlakatimizning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari etib, quyidagilar qayd etilgan:
- ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
- ta’lim uzluksizligi va izchilligi;
- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;
- bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish;
- ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish;
Ma’lumki, mamlakatimizning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari uzviy ravishda uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatish prinsiplariga bevosita ta’sir ko’rsatadi va ularni taqozo etadi.
Respublikamizda ta’lim jarayonini isloh qilish va uzluksiz ta’lim tizimini joriy etishning ilmiy nazariy asosi sanalgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish kabi maqsadini amalga oshirish yo’lida, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi davlat va ijtimoiy buyurtmalari, o’qitish prinsiplari hisobga olingan holda biologiyani o’qitishda quyidagi o’qitish qonuniyatlarini pedagogik amaliyotga qo’llash maqsadga muvofiq deb topildi.
1. O’qitish maqsadi, mazmuni, vositalari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog’liqligi qonuni. Mazkur qonuniyat ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlarini tanlash va shakllantirishda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o’zgarishlar, ijtimoiy munosabatlarning ta’sirini o’zida aks ettiradi. Mazkur qonuniyat ta’lim oluvchilarda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirishga imkon beradi. Keyingi yillarda yuqorida qayd etilgan fikrlar, o’qitish maqsadi va vazifalari hisobga olingan holda biologik ta’lim mazmuni yangilandi, ta’lim tizimi jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslandi.
O’quv fanlari bo’yicha davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalarning yangi avlodi yaratildi. Kadrlar tayyorlash dasturida o’quv jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri etib belgilangan. Shuni nazarda tutgan holda, biologiyani o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo’llari ishlab chiqilishi zarur.
2. Tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi ta’lim qonuniyati shaxsning tahsil olish jarayoni, bilim, faoliyat usullarini o’zlashtirishi uning rivojlanishiga va shaxsiy sifatlarining shakllanishiga asoslanadi. Ushbu qonuniyat har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga imkon beradi. Kadrlar tayyorlashning milliy modelida shaxs muhim o’rin tutadi va uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs, fuqaroni shakllantirish nazarda tutiladi. O’qituvchi biologiyani o’qitishda ta’lim-tarbiyaning uzviyligini ta’minlashi, o’rganilayotgan mavzu mazmuniga bog’liq holda o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, huquqiy, jismoniy, jinsiy, mehnat va baynalminal tarbiyasini amalga oshirishi lozim.
3. Ta’lim-tarbiya jarayonining tahsil oluvchilarning faoliyati xarakteriga bog’liqligi qonuni. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish usuli va olinajak natija, pedagogik boshqarish va tahsil oluvchilarning faolligini orttirish o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni aks ettiradi.
Mazkur qonun Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash, shu asosda zamona-viy o’quv-uslubiy majmualarni yaratish va o’quv-tarbiya jarayonini didaktik jihat-dan ta’minlashni, o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish, o’quvchilarni o’z o’quv-bilish faoliyatining to’laqonli sub’yektiga aylantirishni ko’zda tutadi. Biologiyani o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtira-digan texnologiyalar, jumladan, didaktik o’yin, muammoli, modulli ta’lim, hamkorlikda o’qitish, loyihalash va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda samaradorlikni oshirishga erishishi lozim.
4.O’quv faoliyatini individuallashtirish va guruhli o’qitishni tashkil etish birligi va o’zaro bog’liqligi qonuni. O’qitish jarayonining maqsadi va vazifasiga muvofiq tahsil oluvchilarning barchasi, shu jumladan har bir shaxsning tahsil olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish, qiziqishini orttirishga asoslanadi. Bu qonuni-yat biologiyani o’qitish jarayonini tabaqalashtirish asnosida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ehtiyoji va qiziqishiga yarasha bilim olishlariga imkon yaratadi. Shuningdek, biologiyani o’qitishda o’qitishni individuallashtirish va differen-siallashtirish, shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarni qo’llash zaruratini keltirib chiqaradi.
5. O’qitishda nazariya va amaliyotning birligi va uzviy bog’liqligi qonuni. Tahsil oluvchilarning o’qitish jarayonida bilimlar, tushunchalar, g’oyalar, nazariyalarni ongli va mustahkam o’zlashtirishiga erishish,ularni amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini shakllantirishga asoslanadi.

1.2 Biologik ta'limning maqsad va vazifalari.


Biologik ta'lim umumiy pеdagogik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi sifatida ta'limning umumiy maqsadlariga muvofiq o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlanishiga, tarbiyalanishiga yo'nalgan bo'ladi.
Bilogik ta`lim tarbiya ta'lim vazifalari qo'yidagilar bo'lib:
- o'quvchilarni asosiy biologik tushunchalar, yеtakchi g'oyalar, ilmiy dalillar, qonunlar, nazariyalar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish tirik tabiat uning taraqqiyot tufayli organizmlarda paydo bo'lgan moslanish mеxanizmlari haqida ma'lumot bеrish;
-o'quvchilarni organizmlarning hayoti, ularning shaxsiy va tarixiy rivojlanishining asosiy qonunlari bilan qurollantirish hayot tuzilishining turli: molеkula, hujayra, organizm, populyasiya-tur, biogеosеnoz, biosfеra darajalari bilan tanishtirish;
-tabiatga uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo'lish fazilatlarini o'quvchilar ongiga singdirish;o'quvchilarni o'zlarining va o'zgalarning salomat-ligini saqlashga, sog'lom turmush tarzini tarkib toptirishga yo'naltirish biologiya ta'lim mazmunini hozirgi ijtimoiy hayot, fan-tеxnika taraqqiyoti bilan mustahkam bog'lanishini ta'minlash asosida o'quvchilarning kasb tanlashga ongli ravishda yo'naltirish biologiya ta'lim mazmunini qadimda yashab jahon fani madaniyatiga ulkan hissa qo'shgan va hozirgi davrda yashayotgan biolog olimlar faoliyati bilan bog'lash orqali o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Yüklə 85,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə