16mavzu: Xoʻjalik nizolarini hal qilish. Reja



Yüklə 190,5 Kb.
tarix20.03.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#102852
Biznes huquqi 16-Mavzu.


16mavzu: Xoʻjalik nizolarini hal qilish.
Reja:
  • Xoʻjalik nizolari tushunchasi va ularning kelib chiqish asoslari.
  • Xoʻjalik nizolarini sudgacha, talabnoma kiritish tartibida hal etish
  • Xoʻjalik nizolarini hal qiluvchi organlar.
  • Xoʻjalik nizolari yuzasidan qabul qilinadigan sud hujjatlari va ularning ijrosi.
  • Hakamlik sudlarida xoʻjalik nizolarini hal qilishning huquqiy asoslari va istiqbollari.

Xoʻjalik nizolari deganda, har qanday yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar – xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari yohud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarining buzilishi natijasida ular oʻrtasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tushiniladi. Bu nizolar iqtisodiyot sohasidagi yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqo- mini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar oʻrtasidagi fuqaroviy, mamuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadi.
Xoʻjalik nizolari Iqtisodiy sud tomonidan koʻrilganligi tufayli ham ular quyidagi turlarda koʻrilishi mumkin:
  • tuzilishi majburiyligi qonunda nazarda tutilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisidagi;
  • shartnoma taraflari tomonidan koʻrib chiqilishi sudga oʻtka- zilishi kelishilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmov- chiliklar haqidagi;
  • shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi;
  • bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi;
  • majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajaril- maganligi toʻgʻrisidagi;
  • mulk huquqini tan olish haqidagi;
  • mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol- mulkni boshqa shaxsning gʻayriqonuniy egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi;
  • intellektual faoliyat obyektlari va fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga mulkiy huquqlari buzilganligi haqidagi;
  • mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan holda buzilganligi toʻgʻrisidagi;
  • zararning oʻrnini qoplash haqidagi;
  • ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi;
  • agar qonunda jarimalarni soʻzsiz (akseptsiz) tartibda undirish nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolardan jarimalar undirish toʻgʻrisidagi;
  • nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlari talablarini buzgan holda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablagʻlarini byudjetdan qaytarish haqidagi nizolarni hal etadi.

  • Xoʻjalik nizolarini sudgacha, talabnoma kiritish tartibida hal etish.
    Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasida talabnoma bildirish tartibi nazarda tutilgan boʻlib, unga koʻra Huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt mazkur huquq va manfaatlarni buzgan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan talabnoma bildirishga haqlidir.

Talabnoma yozma shaklda bildirib unda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
  • talabnoma bildirgan xoʻjalik yurituvchi subyektning va talabnoma bildirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi;
  • talabnoma bildirilgan sana va uning raqami;
  • talabnoma bildirish uchun asos boʻlgan holatlar;
  • talabnomada bayon etilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
  • arz qiluvchining talablari;
  • talabnoma summasi va uning hisob-kitobi, arz qiluvchining toʻlov va pochta rekvizitlari;
  • talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.

Talabnoma xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari yoki rahbar- ning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek talabnoma joʻnatilgan- ligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda joʻnatiladi yoxud tilxat olib topshiriladi. Yuklarni tashish va aloqa xizmatlari koʻrsatishga doir operatsiyalardan kelib chiqadigan talabnomalarni transport va aloqa xoʻjalik yurituvchi subyektlariga bildirish tartibi va muddatlari qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Oʻziga talabnoma bildirilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt talabnomani olgan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddat ichida unga javob qaytarishi shart.
Talabnomaga javob xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari yoki rahbarning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi. Talabnomaga javob buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek talabnoma joʻnatilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda joʻnatiladi yoxud tilxat olib topshiriladi. Talabnoma toʻliq yoki qisman tan olingan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyekt arz qiluvchiga oʻzi tan olgan summani ixtiyoriy ravishda oʻtkazadi.
Agar talabnomani tan olish toʻgʻrisidagi javobda tan olingan summa oʻtkazilishi haqida maʼlumot boʻlmasa, talabnoma bildirgan taraf javob olingandan soʻng yigirma kun muddat oʻtgach, bank muassasasiga qarzdor tan olgan summani soʻzsiz tartibda oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishni taqdim etishga haqli.
Farmoyishga qarzdorning javobi ilova qilinadi.
Xoʻjalik nizolarini hal qiluvchi organlar.
Xoʻjalik nizolarini hal qiliuvchi organ sifatida iqtisodiy sudlar hamda hakamlik sudlarni koʻrsatilishi mumkin.
Iqtisodiy sud xoʻjalik nizolarini hal qilish maqsadida quyidagi vazifalarni bajaradi:
  • iqtisodiyot sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;
  • iqtisodiyot sohasida qonuniylikni mustahkamlash va huquq- buzarliklarning oldini olishga koʻmaklashish.

Xoʻjalik nizolarini hakamlik sudlari orqali hal qilinishi mumkin. Hakamlik sudi fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etuvchi nodavlat organ boʻlib, Hakamlik sudi shartnoma shartlariga muvofiq va ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda hal qiluv qarorini qabul qiladi. Agar hakamlik bitimi taraflarining munosabatlari qonun hujjatlari yoki hakamlik bitimi taraflarining kelishuvi bilan toʻgʻridan toʻgʻri tartibga solinmagan boʻlsa va bu munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladigan ish muomalasi odati mavjud boʻlmasa, hakamlik sudi shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini qoʻllaydi (qonun oʻxshashligi), mazkur hollarda qonun oʻxshashligidan foyda- lanish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa hakamlik bitimi taraflarining huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarining mazmunidan (huquq oʻxshashligi) hamda halollik, oqillik va adolat talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hakamlik sudlari orqali xoʻjalik nizolarini hal etish fuqarolik huquqlarini qoʻriqlashning nodavlat mexanizmi boʻlib, bu tarzda nizolarni hal etishning qator afzalliklari mavjud. Bu afzalliklar, avvalo, shunda namoyon boʻladiki, birinchidan, nizo tez koʻrilsa, ikkinchidan, kam xarajatli boʻladi, yaʼni davlat boji yoki boshqa sud xarajatlari davlat tomonidan oʻrnatilgan tartibda va miqdorda toʻlanishi talab etilmaydi, uchinchidan, nizo maʼlum ixtisosga va malakaga ega boʻlgan shaxslar tomonidan koʻrib chiqiladi, toʻrtinchidan, nizo oʻtkaziladigan joy va vaqt taraflar bilan kelishib belgilanadi, beshinchidan, har bir tarafning oʻzi nizoni hal etish uchun hakam tanlaydi va hokazo. Bu kabi afzalliklar tadbirkorlik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarning hakamlar sudi tomonidan hal etilishiga keng imkoniyatlar yaratadi.
Xoʻjalik nizolari yuzasidan qabul qilinadigan sud hujjatlari va ularning ijrosi Hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, u qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oylik muddat oʻtgach, qonuniy kuchga kiradi. Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hal qiluv qarorini ijro etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun asosi boʻlgan shaxslar ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga uning ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida ariza berishi mumkin.
Arizada ijrosi taʼminlanishi zarur boʻlgan hal qiluv qarori va uni taʼminlash toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat qilishga arizachini undagan sabablar koʻrsatilishi kerak.
Sud Iqtisodiy kodeksda nazarda tutilgan hollarda ajrim chiqaradi. Unda toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, sudning ajrimi alohida sud hujjati tarzida chiqariladi.
Uncha murakkab boʻlmagan masalalarni hal qilishda sud joyida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayon- nomasiga yozib qoʻyiladi va unda u qaysi masala yuzasidan chiqaril- gani, sud oʻz xulosalarini chiqarishiga olib kelgan sabablar hamda koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa koʻrsatiladi.
Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
  • sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti;
  • ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
  • ajrim chiqarilayotgan masala;
  • sud oʻz xulosalarini chiqarishiga olib kelgan sabablar, bunda tayanilgan qonun hujjatlari;
  • koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa;
  • agar qonunda nazarda tutilgan boʻlsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.

  • Sud majlisida chiqarilgan ajrim chiqarilganidan keyin raislik qiluvchi tomonidan shu sud majlisining oʻzida darhol oʻqib eshittiriladi.

Sud alohida sud hujjati tarzida ajrim chiqargan taqdirda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa ajrim elektron tarzida yuborilishi mumkin.
Agar qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilan- magan boʻlsa, sudning ajrimi darhol ijro etiladi.
Sudning ajrimi ustidan ushbu Iqtisodiy kodeksda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek ajrim ishning kelgusidagi harakatiga toʻsqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Boshqa ajrimlar ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) beril- maydi, lekin bu ajrimlarga qarshi eʼtirozlar sudning hal qiluv qarori ustidan qilingan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qoʻshib qoʻyilishi mumkin.
Agar Iqtisodiy kodeksda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda uning ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ishni koʻrish vaqtida davlat organining yoki boshqa organning, yuridik shaxsning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qatʼi nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqlidir.
Ishni koʻrishda mansabdor shaxsning yoki fuqaroning xatti- harakatlarida, ularning ishda ishtirokidan qatʼi nazar, maʼmuriy huquq- buzarlik alomatlari aniqlansa, agar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisi- dagi ishni koʻrib chiqish qonunda sudning vakolatiga berilgan boʻlsa, sud ularni maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqadi.
Hakamlik sudlarida xoʻjalik nizolarini hal qilishning huquqiy asoslari va istiqbollari.
Hakamlik bitimi mavjud boʻlgan taqdirda, nizo hakamlik sudining hal qiluviga topshirilishi mumkin. Vakolatli sudning hal qilu- vida boʻlgan nizoga oid hakamlik bitimi vakolatli sud nizo yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar tuzilishi mumkin. Hakamlik bitimi yozma shaklda tuziladi. Hakamlik bitimi shartnomaning tarkibiy qismi boʻlgan shartnoma sharti yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.
Hakamlik bitimi, agar u hakamlik bitimi taraflari tomonidan imzolangan hujjatda ifodalangan boʻlsa yoki bunday bitimni qayd etishni taʼminlovchi elektron yoxud boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda xatlar yoki xabarlar almashish yoʻli bilan tuzilgan boʻlsa, yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari oʻrtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik sudida koʻrib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida, shuningdek agar nizo doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hal qiluviga topshiriladigan boʻlsa, mazkur hakamlik sudining nomi koʻrsatilishi lozim.
Hakamlik bitimida hakamlik sudyalarining soni, hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joy va til, hakamlik muhokamasining qoʻllaniladigan qoidalari, nizoni koʻrib chiqish muddati haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Hakamlik sudi oʻz hal qiluviga topshirilgan nizoni, shu jumladan hakamlik bitimi yoʻqligi yoki haqiqiy emasligi sababli hakamlik muhokamasi taraflaridan biri hakamlik muhokamasiga qarshi eʼtiroz bildirgan hollarda nizoni koʻrib chiqishga vakolati borligi yoxud yoʻqligi haqidagi masalani mustaqil ravishda hal etadi. Shu maqsadda shartnoma sharti tarzida rasmiylashtirilgan hakamlik bitimi shartno- maning boshqa shartlariga bogʻliq boʻlmagan bitim sifatida koʻrib chiqilishi kerak.
Hakamlik sudining shartni qamrab olgan shartno- maning haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi ushbu shartning qonunga binoan haqiqiy emas deb topilishiga olib kelmaydi.
Nizo hakamlik sudi tomonidan mazmunan koʻrib chiqilguniga qadar hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudida oʻz hal qiluviga topshirilgan nizoni koʻrib chiqishga vakolat yoʻqligi haqida arz qilishga haqli.
Agar koʻrib chiqilishi hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoxud qonunga yoki doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalariga muvofiq hakamlik muhokamasi predmeti boʻla olmay- digan masala hakamlik muhokamasi davomida hakamlik muhokamasi predmetiga aylansa, hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudi oʻz vakolatidan chetga chiqqanligi haqida arz qilishga haqli.
Agar hakamlik sudi oʻz vakolati haqidagi masalani koʻrib chiqayotganda nizoni koʻrib chiqishga hakamlik sudida vakolat yoʻqligi toʻgʻrisida ajrim chiqarsa, hakamlik sudi nizoni mazmunan koʻrib chiqishi mumkim emas. Hakamlik sudi nizo holatlari tekshirilganidan soʻng hakamlik sudi tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalarining koʻpchilik ovozi bilan hal qiluv qarori qabul qiladi.
Hal qiluv qarori hakamlik sudining majlisida eʼlon qilinadi. Hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat xulosa qismini eʼlon qilishga haqli. Bunday holda asoslantirilgan hal qiluv qarori hal qiluv qarorining xulosa qismi eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay hakamlik muhokamasi taraflariga yuborilishi kerak. Hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
hakamlik muhokamasi oʻtkazilgan joy;
hakamlik sudining tarkibi;
hakamlik muhokamasining taraflari boʻlgan yuridik shaxs- larning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), jismoniy shaxs- larning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, hakamlik muhokamasi taraflari vakillarining vakolatlari koʻrsatilgan holda familiyasi, ismi, otasining ismi;
hakamlik sudi vakolatlarining asoslari;
daʼvogarning talablari va javobgarning eʼtirozlari, shuningdek ularning iltimosnomalari;
hakamlik sudi tomonidan aniqlangan nizo holatlari, hakamlik sudining ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalariga asos boʻlgan dalillar, hal qiluv qarorini qabul qilishda hakamlik sudi amal qilgan normalar.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida arz qilingan har bir daʼvo talabini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hakamlik sudining xulosalari boʻlishi kerak. Hal qiluv qarorining xulosa qismida nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq xarajatlar summasi, mazkur xarajatlarning hakamlik muhokamasi taraflari oʻrtasida taqsimlanishi, zarur hollarda esa, qabul qilingan hal qiluv qarorini ijro etish muddati va tartibi koʻrsatiladi.
Hal qiluv qarori qabul qilinganidan soʻng oʻn kun ichida hakamlik muhokamasining har bir tarafiga hal qiluv qarori topshirilishi yoki yuborilishi kerak.
Taraflardan biri hakamlik sudining hal qiluv qarorini olganidan soʻng, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik muhokamasi davomida arz qilingan va koʻrib chiqilgan, ammo qabul qilingan hal qiluv qarorida oʻz aksini topmagan daʼvo talablari boʻyicha qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan oʻn kun ichida aynan oʻsha hakamlik sudiga bu haqda boshqa tarafni xabardor qilgan holda murojaat etishi mumkin. Nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi mazkur ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uni koʻrib chiqishi kerak.
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy qismi boʻlgan qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilinadi yoki qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olganidan soʻng hal qiluv qarorini tushuntirib berish toʻgʻrisidagi ariza bilan oʻn kun ichida aynan oʻsha hakamlik sudiga bu haqda hakamlik muhokamasining boshqa tarafini xabardor qilgan holda murojaat etishga haqli. Nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi hal qiluv qarorini tushuntirib berish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uni koʻrib chiqishi kerak.
Hakamlik sudi oʻzi qabul qilgan hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirib berishga haqli. Tegishli arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy qismi boʻlgan hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Nizo boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilgan hakamlik sudi yozuvda yoʻl qoʻyilgan xatolarni va arifmetik xatolarni hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga koʻra tuzatishga haqli. Yozuvda yoʻl qoʻyilgan xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi arizani nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqishi kerak.
Tegishli arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy qismi boʻlgan yozuvdagi xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Hakamlik sudi nizoning mazmuniga daxl qilmaydigan masalalar yuzasidan ajrim chiqaradi. Hakamlik sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas. Hakamlik sudi quyidagi hollarda hakamlik muhokamasini tugatadi:
ü hakamlik sudi oʻz hal qiluviga topshirilgan nizoni koʻrib chiqish uchun hakamlik sudi vakolatga ega emasligi toʻgʻrisida ajrim chiqarsa;
ü daʼvogar oʻzining daʼvo talabidan voz kechsa va javobgar hakamlik muhokamasini tugatishga qarshi eʼtiroz bildirmasa;
ü hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik muhokamasini tugatish toʻgʻrisida kelishuvga erishsa;
ü hakamlik muhokamasi taraflari kelishuv bitimi tuzsa va u hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan tasdiqlansa;
ü hakamlik muhokamasining taraflari mediativ kelishuv tuzgan boʻlsa;
  • hakamlik muhokamasi tarafi boʻlgan yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgan boʻlsa;
  • ü hakamlik muhokamasi tarafi boʻlgan jismoniy shaxs vafot etgan boʻlsa yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan boʻlsa yoxud bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa va huquqiy vorisdan hakamlik muhokamasini davom ettirish toʻgʻrisida ariza tushmasa;
  • ü ayni bir hakamlik muhokamasi taraflari oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha kelib chiqqan nizo yuzasidan vakolatli sudning yoki hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudida koʻrilgan ishlar, agar doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalarida uzoqroq muddat belgilanmagan boʻlsa, mazkur hakamlik sudida uch yil mobaynida saqlanadi.
Muvaqqat hakamlik sudi tomonidan koʻrilgan ish hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin bir oy muddat ichida vakolatli sudga saqlash uchun yuboriladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə