|
17-Ma’ruza: Mehnat va kadrlarga oid hujjatlarShaxsiy varaqchaning tarkibiy qismlari
|
səhifə | 4/7 | tarix | 05.05.2023 | ölçüsü | 139,27 Kb. | | #108744 |
| 17-mavzu G\'ayratjonov BekzodjonShaxsiy varaqchaning tarkibiy qismlari:
Umumiy ma'lumotlar
Harbiy hisobdagi tegishli ma'lumotlar
Ishga tayinlanishi va boshqa ishga o’tkazilishi
Ta'til
Qo’shimcha ma'lumotlar
Yuqorida sanab o’tilgan shakllardan tashqari mehnat va kadrlarga oid hujjatlarga quyidagilar kiradi:
Boshqa ishga o’tkazish to’g’risidagi buyruq xodim bir tuzilmaviy bo’linmadan boshqasiga o’tkazilayotganda rasmiylashtiriladi. Buyruqqa avvalgi va yangi ish joyidagi tuzilmaviy bo’linmaning rahbarlari tomonidan kelishilganlik vizasi qo’yiladi va u tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi.
Ta'til taqdim etish to’g’risida xat qonunchilikka muvofiq holda xodimga taqdim etiladigan har yillik va boshqa ta'tillarni rasmiylashtirish uchun qo’llaniladi. Mazkur xatga asosan shaxsiy varaqaga belgi qo’yiladi va ta'til uchun ish haqi hisob-kitob qilinadi. Ish xaqi to’lanmaydigan ta'til taqdim etilganda ta'til kunlari ko’rsatilgan joyning yonida ―Haq to’lanmaydigan‖ deb ko’rsatiladi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruq xodim ishdan bo’shatilganda qo’llaniladi. Unga tuzilmaviy bo’linmaning rahbari tomonidan kelishilganlik belgisi (viza) qo’yiladi va tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi.
Xodim o’z xohishi bilan ishdan bo’shaganda u arizani rasmiylashtiradi. Buyruqqa asosan buxgalteriya xodim bilan hisob-kitob qiladi.
Shaxsiy hujjatlar yig’majildi – xodim to’g’risida batafsil ma'lumotlarni o’z ichiga olgan hujjatlar to’plami. Bunday yig’majildlar muassasa faoliyatini o’rganishda muhim manba hisoblanadi.
Unda quyidagi hujjatlar raqamda ko’rsatilgan tartib bilan saqlanadi:
hujjatlar ro’yxati- yig’majilddagi hujjatlar ichki ro’yxati;
ishga qabul qilish to’g’risida ariza, yo’llanma yoki tavsiyanoma;
kadrlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqa;
tarjimai hol;
ma'lumoti to’g’risidagi hujjatning nusxasi;
tavsifnomalar;
buyruqlar (ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o’tkazish, ishdan bo’shatish haqida) dan ko’chirma;
kadrlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqaga qo’shimchalar;
rag’barlantirishni hisobga olish bo’yicha qo’shimchalar;
mazkur xodimga taaluqli ma'lumotnoma va boshqa hujjatlar
Shaxsiy hujjatlar yig’majildining boshlang’ich sanasi sifatida ishga qabul qilish to’g’risidagi arizaning sanasi olinadi, yakuniy sanasi esa – ishdan bo’shatish to’g’risidagi buyruqning sanasi hisoblanadi.
(ташкилот номи)
Shaxsiy varaqcha№
Dostları ilə paylaş: |
|
|