18-Ma’ruza Mavzu: Foydalanuvchanlik tushunchasi: zaxira nusxalash, ma’lumotlarni qayta tiklash va hodisalarni qaydlash Reja



Yüklə 124,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix30.12.2023
ölçüsü124,32 Kb.
#164313
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
18 Mavzu Foydalanuvchanlik tushunchasi zaxira nusxalash, ma’lumotlarni



18-Ma’ruza 
Mavzu: Foydalanuvchanlik tushunchasi: zaxira nusxalash, ma’lumotlarni 
qayta tiklash va hodisalarni qaydlash 
Reja: 
1.
Foydalanuvchanlik, zaxira nusxalash, zaxira nusxalash vositalari.
2.
RAID texnologiyasi, afzalliklari va kamchiliklari
3.
Zaxira nusxalash usullari, zaxiralash turlari.
4.
Ma’lumotlarni qayta tiklash 
5.
Ma’lumotni yo‘qolish sabablari 
6.
Ma’lumotlarni qayta tiklash vositalari 
7.
Hodisalarni qaydlash 
8.
Windows otda hodisa turlari. 
Tayanch iboralar: foydalanuvchanlik, konfidensial, zaxira nusxalash, insident, 
optik disklar (dvd, blu-ray), ko‘chma qattiq disklar/ usb xotiralar, lentali disklar, 
raid, issiq zaxiralash, sovuq zaxiralash, iliq zaxiralash, ichki (onsite) zaxiralash, 
tashqi (offsite) zaxiralash, bulutli tizimda zaxiralash, differensial zaxiralash, 
hodisalarni qaydlash audit
Foydalanuvchanlik
. Kompyuter xavfsizligi axborot va axborot tizimlarini 
ruxsatsiz foydalanish, ochish, buzish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilishdan himoya 
qilishni anglatib, uning eng muhim maqsadi axborot konfidensialligini, yaxlitligini 
va foydalanuvchanligini ta’minlashdir. Kompyuter tizimlaridan ma’lumotlarni 
saqlash va ishlash uchun foydalanilsa, xavfsizlikni nazoratlash vositalari 
ma’lumotlarning suiste’mol qilinishidan himoyalashda ishlatiladi. O‘z navbatida, 
axborot 
tizimlarining 
o‘z 
maqsadiga 
erishishiga 
imkon 
beruvchi 
foydalanuvchanlikni ta’minlash muhim hisoblanadi. 
Foydalanuvchanlik tushunchasiga turli soha korxonalari va olimlar tomonidan 
turlicha ta’riflar keltirilgan, xususan: 

konfidensial ma’lumotlarga yoki manbalarga ehtiyoji bo‘lganlar uchun 
foydalanish imkonini berish;

vakolatli foydalanuvchilarning ma’lumotlardan va axborot tizimlaridan o‘z 
vaqtida va ishonchli foydalanish imkoniyati;

obyektlardan qonuniy foydalanish imkoniga ega vakolatli shaxslarning 
tizimga kirishiga to‘sqinlik qilmaslik;

tizimlarning tezkor ishlashini va qonuniy foydalanuvchilarga rad etilmaslikni 
kafolatlash. 
Hozirda barcha sohalarda axborot texnologiyalarining keng joriy qilinishi 
tashkilot yoki korxonalar faoliyatini yuritishda muhim ahamiyat kasb etayotgan 
bo’lsada, tashkilotda axborot tizimlari bilan bog‘liq muammo kuzatilsa, uning 


faoliyati katta yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin. Xizmat ko‘rsatishdagi mazkur 
zararlarni kamaytirish nafaqat Facebook yoki Amazon kabi yirik korporasiyalar 
uchun, balki barcha tashkilotlar uchun ham muhim hisoblanadi. 
Yuqoridagi misollar har bir tashkilot uchun foydalanuvchanlikni ta’minlash 
qanchalik muhimligini anglatadi. Yuqori foydalanuvchanlik o‘zida quyidagi 3 ta 
omilni birlashtiradi: 

xatolarga bardoshlilik: bu omil tizimda xatolik kuzatilgan taqdirda ham 
ishlamay qolmaslik shartini ko‘rsatadi; 

taqdim etilayotgan xizmatlarning kafolati: xizmatlar, shuningdek, tizimlar 
ham har doim mavjud bo‘lishi kerak; 

ma’liumotlar xavfsizligi: infrastruktura tarkibidagi ma’lumotlar yaxlitligi, 
undagi jarayonlar va xodimlar ishlamay qolgan taqdirda ham ta’minlanishi 
shart. 
Yuqori darajadagi foydalanuvchanlik o‘zida birorta ham xatolikni qamrab 
olmaydi. 
Boshqacha 
aytganda, 
hosting 
provayderlarining 
yuqori 
foydalanuvchanlikni ta’minlashi uchun o‘zidagi biror tarmoq qurilmasi (masalan, 
marshrutizator yoki tarmoqlararo ekran) ishlamay qolishini oldini olish talab etiladi. 
Tizim yoki xizmat foydalanuvchanligini buzilishiga olib keluvchi hujum - 
xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga undash (DoS) hujumi hisoblanib, mazkur 
hujumning asosiy maqsadi tizim yoki tarmoqni qonuniy foydalanuvchilar uchun 
xizmat ko‘rsatishini to‘xtatishidan iborat. Ushbu hujum turli usul va vositalardan 
foydalanilib, turli tizim va muhit xususiyati asosida amalga oshiriladi. 
Xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga undash hujumini oldini olish va 
foydalanuvchanlikni ta’minlash uchun kompleks himoya choralarini ko‘rish tavsiya 
etiladi. 

Yüklə 124,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə