18-ma’ruza: Xususiy kapital hisobini tashkil etish va uning vazifalari. Ustav kapitali hisobi. Reja


Kichik tadbirkorlik sub’yektlari va mikro firmalarda ustav kapitalini shakllantirishning hisobi



Yüklə 50,38 Kb.
səhifə4/4
tarix11.12.2023
ölçüsü50,38 Kb.
#147549
1   2   3   4
18-ma’ruza Xususiy kapital hisobini tashkil etish va uning vazi

Kichik tadbirkorlik sub’yektlari va mikro firmalarda ustav kapitalini shakllantirishning hisobi. O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risidagi qonunga binoan kichik tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi mezonlari bo’yicha ajratiladi:
1. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni 10 kishigacha bo’lgan, savdo, xizmat ko’rsatish va noishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida 5 kishigacha bo’lgan mikrofirmalar.
2. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, sanoat tarmog’ida band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni 40 kishigacha bo’lgan qurilishda, qishloq xo’jaligida va noishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida 10 kishigacha bo’lgan kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik sub’yektlarining ustav fondi sub’yektni tashkil qiluvchi tadbirkorning oilaviy pul jamg’armalari yoki mulklari (binolar, jihozlar, transport vositalari, moddiy qiymatliklar) hisobidan shakllantiriladi. Agar kichik tadbirkorlik sub’yekti yoki mikro firma bir nechta hamkor ishtirokida tashkil qilingan bo’lsa, uning ustav fondi hamkorlar ulushidan tashkil topadi.
Kichik tadbirkorlik sub’yekti yoki mikro firma mahalliy hokimiyatda ro’yxatdan o’tgandan keyin ta’sis shartnomasi, korxona Ustavi va korxona ustaviga kiritilayotgan pul mablag’larini va mulklarini hisobga olish birlamchi hujjatlariga binoan sub’yektning ustav fondi quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan shakllantiriladi:
1. Korxona ustavini shakllantirish uchun hisob-kitobga topshirilgan naqd pullarga:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 8310-«Paylar va qo’yilmalar»;
2. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan korxona hisobiga o’tkazilgan asosiy vositalar qiymatiga:
Debet 0100-«Asosiy vositalar hisobga olinadigan schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti,
Kredit 8310-«Paylar va qo’yilmalar»;
3. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan korxona hisobiga o’tkazilgan material qiymatliklar qiymatiga:
Debet 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti,
Kredit 8310-«Paylar va qo’yilmalar»;
4. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan korxona hisobiga o’tkazilgan qisqa muddatli qimatli qog’ozlar qiymatiga:
Debet 0610-«Qimatli qog’ozlar»,
Kredit 8310-«Paylar va qo’yilmalar»;
5. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan korxona hisobiga o’tkazilgan uzoq muddatli qimatli qog’ozlar qiymatiga:
Debet 5810-«Qimatli qog’ozlar»,
Kredit 8310-«Paylar va qo’yilmalar»;
Hamkorlikda tashkil qilingan kichik biznes sub’yektlari va mikro firmalarda ta’sischilarning ustav kapitaliga kiritilgan ulushlarining analitik hisobi alohida ta’sischilar kesimida olib boriladi.
Yüklə 50,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə