1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari



Yüklə 168,2 Kb.
səhifə1/43
tarix19.10.2023
ölçüsü168,2 Kb.
#128342
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org


Мавзу: Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва уни ҳисоблаш

1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari.
1.1. Ob’ekt qurilishining shartnomaviy narxlardagi bahosi
1.2.Loyihani dastlabki bosqichini amalga oshirishda qurilish ob’ekti bahosini aniqlash
1.3. Qurilishning boshlang‘ich bahosini joriy narxlarda (resurs usulida) aniqlash


1.1. Ob’ekt qurilishining shartnomaviy narxlardagi bahosi
SHaharsozlik normalari va qoidalari moliyalashtirishning markazlashtirilgan va shu kabi manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan yangidan qurilayotgan, kengaytirilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va qayta texnik jihozlanayotgan korxonalarni, bino va inshootlarning kapital ta’miri va kapital rekonstruksiyasi (qurilish), shuningdek bino va inshootlarning joriy ta’mirlanishida qurilish bahosini shartnomaviy joriy narxlarda aniqlash bo‘yicha asosiy qoidalarni belgilab beradi.
SHaharsozlik normalari va qoidalari mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar buyurtmachilar (investorlar), pudratchi tashkilotlar, shuningdek investitsion jarayonning boshqa qatnashchilari tomonidan qurilish ob’ektining bahosini joriy narxlarda aniqlashlari uchun foydalanishga mo‘ljallangan.
SHaharsozlik normalari va qoidalarida keltirilgan qurilish bahosini aniqlash qoidalari qurilish qaysi - pudrat yoki xo‘jalik – usulda amalga oshirilayotganiga bog‘liq emas.
Ob’ekt qurilishining shartnomaviy narxlardagi bahosi:
-“qurilish” jarayonida zarur bo‘lgan barcha xarajatlar narxining hisoblash (kalkulyasiyasi);
-o‘xshash ob’ekt yoki loyiha (ishchi loyiha)ga muvofiq zarur bo‘lgan quvvat birligi uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlar narxi asosida belgilanuvchi pul mablag‘larining umumiy summasidir.
Dastlabki narx – tanlov savdolari predmetining buyurtmachi yoki uning buyurtmasiga ko‘ra loyiha yoki ixtisoslashgan tashkilot tomonidan belgilanuvchi narxi.
SHartnomaviy joriy narx – tanlov savdolari predmetining tanlov savdolari natijalariga ko‘ra belgilanuvchi narxi.
Qurilish narxini belgilanishi uchun asos bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:
quvvat birligi uchun sarflangan solishtirma xarajatlar, shunga o‘xshash ob’ektlar narxi, loyiha (ishchi loyiha) va ishchi hujjatlar, shu jumladan chizmalar, qurilish va montaj ishlari hajmining ro‘yxati, resurslar smetasi, uskunalar spetsifikatsiyasi va ro‘yxati, qurilishning tashkillashtirilishi va ketma-ketligi bo‘yicha qurilish tashkilotida qabul qilingan asosiy qarorlar va shuningdek, loyiha materiallari bo‘yicha tushuntirish xatlari;
SHaharsozlik normalari va qoidalari (SHNQ)ning 4-qismi asosida ishlab chiqaziladigan “Smeta normalari va qoidalari” hamda asbob-uskunalar, mebel va inventarlarni sotish, limitlangan va bir martalik narxlashni amaldagi smeta normalari (normalar).
Loyiha amalga oshirilishining turli sharoitlari va bosqichlarida quyidagilar aniqlanishi mumkin:
  • ob’ektning DTIA (DTIH), TIA (TIH), ishchi loyiha (IL) bosqichlaridagi joriy narxlardagi bahosi;


  • buyurtmachi tomonidan tanlov savdolari o‘tkazish yoki pudratchi bilan dastlabki muzokaralar olib borish uchun qo‘llaniladigan ob’ektning joriy narxlardagi dastlabki narxi;


  • ob’ektlarning yoki ularning ma’lum qismining pudratchi tashkilotlar tomonidan belgilangan narxdagi bahosi (tanlov asosida o‘tkzalidigan savdolarda qatnashish uchun taklif etilgan narx);


  • qonunchilikda ko‘zda tutilgan holatlarda tanlov savdolari o‘tkazilmasdan turib belgilangan ob’ektning joriy narxlardagi bahosi.


Bozor munosabatlarida markazlashgan yoki ularga tenglashtirilgan manbalar hisobiga qurilayotgan ob’ektlarning joriy narxlardagi shartnomaviy bahosini belgilash, odatda, tanlov asosida o‘tkaziladigan savdo natijasiga asoslanib amalga oshirilishi lozim.


Ob’ektning tanlov savdolari natijalariga asoslanib belgilangan joriy narxlar bo‘yicha shartnomaviy bahosi tanlov savdosini o‘tkazish tartibi buzilganligi aniqlanganida yoki shartnomada avvaldan ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra amaldagi nizomga muvofiq ravishda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.



Yüklə 168,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə