1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari



Yüklə 168,2 Kb.
səhifə14/43
tarix19.10.2023
ölçüsü168,2 Kb.
#128342
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org

U = (Pp/Spr) x 100
bu erda:
U – pudratchining boshqa xarajatlarining muvofiq bazis davr davomida qurilish, montaj, ta’mirlash, ishga tushirish-sozlash ishlarining ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan foizda berilgan darajasi (kattaligi), bunda “foydalanishga tayyor holdagi” ob’ektlar narxini aniqlashda hisobga olingan pudratchi tomonidan sotib olingan va montaj qilingan uskunalarning narxi chiqarib tashlanadi.
Pp – muvofiq bazis davr uchun qabul qilingan pudratchining boshqa xarajatlari (narx ko‘rsatkichi), xarajatlar ro‘yxati va O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasining 28.12.2007y. 129-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ob’ektlar qurilishini shartnomaviy joriy narxlardagi bahosini hisoblashda buyurtmachi va pudratchining “boshqa xarajatlari”ni aniqlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”ning №1, №2 va №3 ilovalarida keltirilgan tartibga asoslangan holda hisoblanadi.
Spr – muvofiq bazis davr davomida bajarilgan qurilish, montaj, ta’mirlash, ishga tushirish ishlarining ishlab chiqarish tannarxi, bunda bunda “foydalanishga tayyor holdagi” ob’ektlar narxini aniqlashda hisobga olingan pudratchi tomonidan sotib olingan va montaj qilingan uskunalarning narxi chiqarib tashlanadi.
To‘g‘ridan–to‘g‘ri xarajatlarda hisobga olinmagan ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar pudratchining amaldagi xarajatlari va QTL ko‘rsatkichlariga (muvaqqat bino va inshootlar, qishki mavsumda narxlarning o‘sishi, ishchilarni tashish, qurilishning vaxta usuli va sh.k) mos ravishda aniqlanadi.
Pudratchi (talabgor) taklif etilgan narxdagi “boshqa xarajatlar” tarkibida taklif etilgan ishlarni bajarish evaziga olinadigan iqtisodiy asoslangan foydani ham hisobga oladi.


3.3. Ob’ektlar va resurs smeta hujjatlarining turlari
Resurs smeta hujjatlari ob’ekt narxini, muayyan ketma-ketlikda, ish turlari (xarajatlari) – ishlarning bosqichi – ob’ekt – topshiriladigan kompleks – qurilish navbati – umuman qurilishdan iborat bo‘lgan qurilishning kichik elementlaridan yirikroq elementlariga bosqichma-bosqich o‘tgan holda aniqlash imkoniyatini beradi.
Resurs smeta hujjatlarini tuzishga muvofiq alohida qurilayotgan bino (ishlab chiqarish korpusi yoki sex, ombor, vokzal, sabzavot saqlanadidan ombor, turar joy binosi, klub va shu kabilar) yoki inshoot (ko‘prik, tonnel, platforma, to‘g‘on va shu kabilar) va unga tegishli barcha qurilmalar (galareya, estakada va shu kabilar), uskunalar, mebel, inventar, yordamchi va qo‘shimcha qurilmalar, shuningdek, zarurat bo‘lgan holatlarda yondosh muhandislik tarmoqlari va umummaydon ishlari (vertikal rejalashtirish, obodonlashtirish, ko‘kalamlashtirish va shu kabilar) qurilish ob’ekti deb qabul qilinadi.
Umumiy texnologik yoki boshqa vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlar majmuasi (sexlarning bloki, qozonxona va yoqilg‘i ombori, bir nechta rezervuar, suv oluvchi, tozalovchi va boshqa inshootlar guruhi) ham qurilish ob’ekti bo‘lishi mumkin.
Korxonalar, ishlab chiqarish yoki turar joy-fuqarolik komplekslari qurilishida tashqi tarmoqlar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi hamda yordamchi inshootlar (suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlashtirish, gazlashtirish, elektr energiya ta’minoti va boshqalar), shaxobcha yo‘llari, zavod yoki mavze ichidagi yo‘llar, boshqa umummaydon ishlari alohida qurilish ob’ektlari hisoblanadi.
Qurilishning ixtisoslashgan turlarining o‘ziga xos xususiyatlari ham u yoki bu bino va inshootlarni alohida ob’ektlar qatoriga kiritishda hisobga olinadi. Bunday ob’ektlar sirasiga quyidagilar kiradi:
neft va gaz sanoatida – neft yoki gaz quvurlari (ekspluatatsiya qilinayotgan va qidiruv quvurlari) va ularga tegishli barcha uskunalar, yordamchi inshootlar va ishlar;
ko‘mir va tog‘-kon ruda sanoatida – kavlab borish va kavlanayotgan konlar va shaxtalarning boshqa er osti inshootlarini uskunalar bilan jihozlash ishlari;
melioratsiya va suv xo‘jaligida – barcha inshootlari bilan birga kanal yoki kanal qismi, barcha inshootlari va ish turlari bilan birga melioratsiya qilinidagigan er maydonlari;
temir yo‘l qurilishida – peregon (ikkita qo‘shi stansiya orasidagi masofa) yoki alohida punkt chegarasida, aloqa tarmoqlari, SMB (signalizatsiya, markazlashtirish, blokirovka – poezdlar harakatini avtomatik ravishda boshqarishi tizimi), elektr energiya ta’minoti yoki kontakt tarmog‘ining muayyan qismidagi temir yo‘l ko‘tarmasi yoki yo‘lning yuqori qismidagi ko‘tarma;
avtomobil yo‘li qurilishida – er polotnosi (ko‘tarmasi), yo‘l to‘shamasi, suv quvurlari va avtomobil yo‘li ma’lum qismi chegarasidagi boshqa inshootlar. CHiziqli qurilishda (temir va avtomobil yo‘llari, elektr toki va aloqa uzatish liniyalari, magistral quvurlar va hk.) uchastkalarning biri chegarasidagi binolar guruhi (masalan: tirkalgan devorlar, er ko‘chishi va siljishiga qarshi mo‘ljallangan inshootlar, peregon chegarasida - suv o‘tkazuvchi quvurlar, alohida punkt chegarasida - strelka postlari, texnik ko‘rikdan o‘tkazish punktlari; ma’lum uchastkada – kuchaytirish punktlari guruhi, aloqa qurilmalari va SMB).
Agar loyihaga asosan qurilish maydonchasida yordamchi va qo‘shimcha ob’ektlarsiz faqat bitta asosiy ob’ekt qurilayotgan bo‘lsa (masalan: sanoatda – asosiy sex binosi; transportda – temir yo‘l vokzalining binosi; turar joy qurilishida – turar joy, teatr, maktab binosi va shu kabilar), u holda ob’ekt tushunchasi qurilish tushunchasi bilan muvofiq bo‘lishi mumkin.
Qurilish bahosi, kapital mablag‘lar kiritish tuzilmasiga muvofiq, quyidagi ishlar va xarajatlar bo‘yicha toifalarga bo‘linadi:
  • umumqurilish va maxsus qurilish ishlari;


  • uskunalarni montaj qilish bo‘yicha ishlar (montaj ishlari);


  • uskuna, mebel va inventarga qilinadigan xarajatlar;


  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar (vaqtinchalik bino va inshootlar, qishki mavsumdagi narxlarning oshishi, vaxta metodi va shu kabilar);


  • buyurtmachi va pudratchining boshqa xarajatlari.


Qurilish bahosini belgilashda umumqurilish va maxsus ishlar sirasiga quyidagilar kiradi:


bino va inshootlarni qurish bo‘yicha: er ishlari, yig‘ma va monolit temirbeton va beton, g‘isht, blok, metall, yog‘och va boshqa qurilish konstruksiyalari, pol, tom, pardozlash ishlari;
kon yuzasini ochish, burg‘ulash-portlatish, ustun qoziq qoqish, tuproqni mustahkamlash, pastga tushiriluvchi quduqlarni joylashtirish, quduqlarni burg‘ulash, qurilish konstruksiyalari va uskunalarini korroziyadan saqlash, issiqlik izolyasiyasi (shu jumladan, qozonlar, sanoat pechlari va boshqa agregatlarni o‘ta chidamli qoplama bilan o‘rash), tog‘-kon kavlash, suv osti-qurilish (g‘avvoslik) ishlari;
turar-joy va jamoat binolarini yoritish bo‘yicha ishlar;
ichki suv quvurlari, kanalizatsiya, isitish quvurlari, gaz ta’minoti, ventilyasiya va havoni sovitish tizimini o‘tkazish bo‘yicha ishlar (isitish qozonlari, radiatorlar, kalorifer, boyler, nasos va boshqa sanitariya-texnik jihozlar va moslamalar narxini qo‘shib hisoblaganda);
ixtisoslashgan qurilishda bajariladigan ishlar, shu jumladan: avtomobil va temir yo‘llari; ko‘priklar va quvurlar; tonnellar va metropolitenlar; tramvay yo‘llari; aerodromlar; elektr toki uzatish tarmoqlari; aloqa, radio va televidenie inshootlari, gidrotexnik inshootlari konstruksiyalari, stapel va sliplarning kema o‘tkazuvchi yo‘llari; sanoat pechlari va quvurlari; neft va gaz quduqlarini burg‘ulash (shu jumladan, dengiz sharoitida); eroziya, sel, ko‘chki, siljish va boshqa tabiiy ofatlarga qarshi inshootlar; qirg‘oqni mustahkamlash ishlari; melioratsiya ishlari (sug‘orish, quritish, suv keltirish);
suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik va elektr energiya ta’minotining tashqi tarmoqlari va inshootlarini; gaz-neft mahsulotlari uchun magistral quvurlarni, oqova suvlarni tozalash va atmosfera ifloslanishidan saqlashga mo‘ljallangan inshootlarni qurish bo‘yicha ishlar;
ko‘kalamlashtirish, ixota va ko‘p yillik mevali daraxtlarni o‘tkazish ishlari;
qurilish hududini tayyorlash bo‘yicha ishlar: daraxt va butalarni kesish, to‘nkalarni qo‘porish, maydonni rejalashtirish, tuproqni yuvish va relefni tuzish bo‘yicha boshqa ishlar, qurilmalarni buzish va ko‘chirish va shu kabilar;
zaminlar, poydevorlar va tayanch konstruksiyalarni uskunalar bilan jihozlashga tayyorlash bo‘yicha ishlar; bino va inshootlar qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan geologik va gidrogeologik (shurflash, suvni tortib olish va boshqa), tubni chuqurlashtirish, tog‘-kapital va yuzasini ochish bo‘yicha ishlar;
resurs smeta normalari to‘plamlarida ko‘zda tutilgan boshqa qurilish konstruksiyalari va ishlari, shu jumladan korxona, bino va inshootlar rekonstruksiyasi va ularni qayta texnik jihozlashda bajariluvchi qurilish konstruksiyalarini qismlarga ajratish bo‘yicha ishlar.
Qurilish narxini belgilashda montaj ishlari sirasiga quyidagilar kiradi:
uskunalarning barcha turlarini, shu jumladan kompressor mashinalari, nasoslar, ventilyatorlar, elektrtexnik qurilmalar, elektr pechlar, avtomatlashtirish asboblari va vositalari hamda hisoblash texnikasini doimiy ekspluatatsiya qilinuvchi joyda loyihaviy holatda yig‘ish va o‘rnatish (shu jumladan tekshirish va yakka tartibda sinovdan o‘tkazish);
elektr ta’minot liniyalari va tarmoqlarini elektr qurilmalariga o‘tkazish, elektr tarmoqlariga ulash va elektr mashinalarini sozlashga topshirishga tayyorlash;
texnologik quvurlarni yotqizish hamda suv, havo, bug‘, sovituvchi va boshqa suyuqliklarni uskunalar montaji bo‘yicha resurs smeta normalari to‘plamlarida ko‘zda tutilgan hajmlarda uskunalarga o‘tkazilishini bajarish;
uskunalar montaji bo‘yicha resurs smeta normalari to‘plamlarida ko‘zda tutilgan boshqva ishlar, shu jumladan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar, bino va inshootlarning rekonstruksiyasi va qayta texnik jihozlanishida bajariladigan uskunalar, moslamalar, mashinalar va qurilmalarning demontaji
Qurilish narxini belgilashda hisobga olinuvchi asbob-uskuna, mebel va inventarning narxi quyidagilar:
1) Xarid qilish (tayyorlash) va ob’ekt omboriga keltirish narxi:
montaj qilinuvchi va montaj qilinmaydigan uskunalarning barcha turlari (texnologik, energetik, ko‘tarish-transport, nasos-kompressor va boshqa), shu jumladan nostandart (loyihalashtirish narxini qo‘shib hisoblaganda), tashkiliy texnika, laboratoriyalar, turli ustaxonalar, tibbiy xonalarning uskunalari;
ishlab chiqarish bilan texnologik ravishda bog‘liq bo‘lgan transport vositalari, shu jumladan loyihada ko‘zda tutilgan yo‘lllarda yuklarni tashishga mo‘ljallangan va qurilishni amalga oshirayotgan tashkilot balansiga kiritiluvchi harakatlanuvchi temir yo‘l sostavi hamda ommaviy bo‘lmagan yuklarni tashishga ixtisoslashgan boshqa transport turlarining maxsus harakatlanuvchi sostavi;
territoriyalar, sexlar va boshqa ob’ektlarni tozalovchi mashinalar, yong‘in o‘chirish vositalarining uskunalari;
nazorat-o‘lchov asboblari, avtomatlashtirish va aloqa vositalari;
ishga tushiriladigan ishlab chiqarishlarning dastlabki fondlariga kiritiluvchi asbob, inventar, shtamplar, moslamalar, jihozlar, ehtiyot qismlar, yarim tayyor yoki tayyor mahsulotni tashish uchun mo‘ljallangan konteynerlar
yotoqxonalar, kommunal xo‘jalik, ma’rifiy, madaniy, sog‘liqni saqlash, savdo ob’ektlarini dastlabki jihozlanishi uchun zarur bo‘lgan uskunalar, asboblar, inventar, mebel va boshqa ichki asbob-anjomlar.
2) bir martalik buyurtmalar uchun tayyorlanish sikli uzoq bo‘lgan mashinalar va murakkab texnologik uskunalar konstruksiyasini ishlash chiqishning narxi;
3) resurs smeta normalarida uskunalar bilan montaj qilinishi hisobga olingan material, mahsulot va konstruksiyalarning narxi;
4) shefmontaj uskunalarning narxi.
Pudratchi tashkilotlarining boshqa xarajatlari va buyurtmachilarning boshqa xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan “Qurilish ob’ektlarini shartnomaviy narxini hisoblashda buyurtmachi va pudratchining “boshqa xarajatlarini” aniqlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”ga muvofiq aniqlanadi.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarni aniqlash tartibi SHNQ 4.01.16 -09ning 4.12, 5.11, 6.7 bandlarida berilgan.
Loyihalashtirilayotgan korxonalar, binolar, inshootlar yoki ularning navbatlari qurilishining narxini aniqlash uchun lokal resurslar ro‘yxatlaridan, ob’ekt resurs ro‘yxatlaridan, ishlar hajmi ro‘yxatidan tashkil topgan yig‘ma ro‘yxat tuziladi.
Lokal resurslar ro‘yxatlari birlamchi hujjatlar bo‘lib, ishchi loyiha, ishchi hujjatlar (ishchi chizmalar) ishlab chiqish jarayonida aniqlangan hajmlarga asoslangan bino va inshootlar bo‘yicha alohida ishlar va xarajatlar yoki umummaydon ishlari uchun alohida tuziladilar.
Ob’ekt resurslarining ro‘yxatlari o‘z tarkibida ob’ekt uchun lokal resurslar ro‘yxatlaridagi ko‘rsatkichlarni birlashtiradilar va smeta hujjatlari bo‘lib hisoblanadilar, ularga asoslangan holda ob’ektlar qurilishining shartnomaviy joriy narxlardagi bahosi bo‘yicha buyurtmachi va pudratchi o‘rtasida hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Korxona, bino, inshootlar (yoki ularning navbatlari) qurilishining yig‘ma resurs ro‘yxatlari yangi qurilayotgan, kengaytirilgan, rekonstruksiya qilinayotgan, qayta texnik jihozlanayotgan korxonalar, binolar va inshootlar uchun ob’ekt resurs ro‘yxatlari asosida tuziladilar.
Korxona, bino yoki inshoot qurilishida atrof muhit muhofazasi bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda resurslar va atrof muhit muhofazasi bo‘yicha ro‘yxat tuziladi.
Qurilish konstruksiyalari va ishlari yoki uskunalar montaji uchun umumqurilish resurs smetalari bo‘lmagan holatlarda loyiha (ishchi loyiha) tarkibida konstruktiv elementlar va qurilish ishlarining turlari hamda uskuna montaji uchun yakka tartibda resurs normalari ishlab chiqiladi va SHNQ 4.01.01-04 “Qurilish narxlarini shakllantirish uchun resurs normativ hujjatlar tizimi”da belgilangan tartibga muvofiq loyiha tarkibida tasdiqlanadi.
Qurilish va montaj ishlarining ayrim turlari uchun lokal resurs ro‘yxatlari, shuningdek uskunalar sonining hisobi quyidagi ma’lumotlar asosida tuziladi:
bino, inshootlar va ularning qismlari hamda konstruktiv elementlarining ishchi chizmalar bo‘yicha qabul qilingan parametrlari;
ishchi chizmalar bo‘yicha belgilanadigan qurilish va montaj ishlari hajmining ro‘yxati bo‘yicha qabul qilingan ishlar hajmi;
buyurtma spetsifikatsiyalar, ro‘yxatlar va ishchi chizmalar bo‘yicha qabul qilingan uskuna, mebel va inventar nomenklaturasi va soni;
ishlarning turi, konstruktiv elementlar, shuningdek uskuna, mebel va inventarlar uchun amaldagi resurs smeta normativlar.
Qabul qilingan texnik echimlar bo‘yicha lokal resurs ro‘yxatlari tuzilayotganida amaldagi smeta normativlari yoki resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarni belgilash usullarining tanlovi quyidagi shartlardan kelib chiqqan holda bajariladi:
agar ishchi chizmalar bo‘yicha ro‘yxatlar tuzish uchun mo‘ljallangan yiriklashtirilgan resurs smeta normalari (YRSN) mavjud bo‘lsa, u holda ana shu yiriklashtirilgan resurs smeta normalari qabul qilinadi;
agar yiriklashtirilgan resurs smeta normalari bo‘lmasa, lekin namunaviy va qurilishning mahalliy sharoitlariga mos va iqtisod nuqtai nazarida samarali hisoblangan qayta qo‘llaniluvchi yakka tartibdagi loyihalarning resurs smetalari bo‘lsa, u holda aynan shu resurs smeta normativlari qabul qilinadi;
agar yiriklashtirilgan resurs smeta normalari, shuningdek namunaviy va qurilishning mahalliy sharoitlariga mos va iqtisod nuqtai nazarida samarali hisoblangan qayta qo‘llaniluvchi yakka tartibdagi loyihalarning resurs smetalari bo‘lmasa, u holda qurilish konstruksiyalari yoki qurilish va monaj ishlarining ayrim turlari uchun muvofiq to‘plamlardagi resurs smeta normalari qabul qilinadi.
Qurilish ishlarining ayrim turlari, ixtisoslashgan pudratchi qurilish va montaj tashkilotlarining loyiha hujjatlarining tuzilmasidagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda lokal resurs ro‘yxatlar quyidagilar uchun tuziladi:
1) bino va ishootlar bo‘yicha:
qurilish ishlari, maxsus qurilish ishlari, ichki sanitariya-texnika ishlari, ichki elektr yoritish, elektr kuchlanish uskunalari, texnologik va boshqa turdagi uskunalar, nazorat-o‘lchov asboblari (NO‘A), kam tokli qurilmalar (aloqa, signalizatsiya va hk.), moslamlar, mebel, inventar sotib olish va boshqa ishlar;
2) umummaydon ishlari bo‘yicha:
vertikal rejalashtirish, muhandislik tarmoqlarini o‘rnatish va yo‘llarni tashkil etish, territoriyani obodonlashtirish, kichik me’moriy shaklllarni joylashtirish va boshqalar.
Lokal resurs ro‘yxatlarda ma’lumotlar bino (inshoot)ning alohida konstruktiv elementlari, ishlarning turlari va tuzilmalar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Guruhlarga ajratish tartibi ishlarning texnologik ketma-ketligiga muvofiq bo‘lishi va qurilishning ayrim turlarining spetsifik xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Ushbu tartib idoraviy normativ hujjatlar bilan belgilanishi lozim. Bunda bino va inshootlar bo‘yicha bajariladigan ishlar er osti (“nol sikli” ishlari) va er usti qismlarga bo‘linishi mumkin.
Guruhlarga ajratishning yuqorida bayon etilgan prinsipiga ko‘ra:
qurilish ishlari uchun lokal resurs ro‘yxati quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin: er ishlari; poydevorlar va devorning er osti qismlari; devorlar; karkaslar; orayopmalar; pardevorlar; pollar va zaminlar; tom qoplamlari va yopmalari; ochiq o‘rinlarni to‘ldirish; zinapoyalar va maydonchalar, pardozlash ishlari; turli ishlar (peshayvon, tashqi devor atrofi to‘shamasi va boshqalar) va hk.;
maxsus qurilish ishlari uchun lokal resurs ro‘yxatida quyidagi bo‘limlar bo‘lishi mumkin: uskunalar uchun poydevorlar; maxsus zaminlar; kanal va chuqurchalar; obmurovka (himoya qatlami), futerovka va izolyasiya; kimyoviy himoya qatlamlari va hk.;
ichki sanitariya-texnika ishlarining lokal resurs ro‘yxati quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin: suv quvurlari, kanalizatsiya, isitish tizimi;
ventilyasiya va havoni sovitish va hk.
uskunalarni o‘rnatish uchun lokal resurs ro‘yxatida quyidagi bo‘limlar bo‘lishi mumkin: texnologik uskunalarni sotib olish va montaj qilish; texnologik quvurlar; metall konstruksiyalar (uskunalarni o‘rnatish bilan bog‘liq) va hk.
Lokal resurs ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasi tomonidan belgilangan, O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasining 12.12.2003 y. 74-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Qurilish va montaj ishlari uchun resurs hisoblari (smetalari)ni tuzish bo‘yicha uslubiy tavsiyanomalar”ida ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha tuziladi.
Loyihada belgilangan ma’lumotlarga ko‘ra qayta foydalanish uchun yaroqli konstruksiya, materiallar va mahsulotlar yoki yo‘l-yo‘lakay qurilish uchun zarur bo‘lgan ayrim materiallar (tosh, shag‘al va boshqalar) olinishi uchun konstruksiyalarni (metall, temirbeton va boshqa) qismlarga ajratish, bino va inshootlarni buzish bajarilayotgan bo‘lsa, bino va inshootlarni qismlarga ajratish, buzish (ko‘chirish) va boshqa ishlar bo‘yicha lokal smeta yakunlariga asoslangan holda, kapital mablag‘lar kiritilishini kamaytiruvchi qaytarma resurslar ma’lumotnoma asosida keltiriladi.
Qaytarma resurslar alohida satrda “SHu jumladan qaytarma resurslar” deb ko‘rsatiladi va kelgusida foydalanish uchun olinadigan konstruksiya, material va mahsulotlar nomenklatura va soni bo‘yicha yakuniy smeta asosida belgilanadi. Bu kabi konstruksiya, material va mahsulotlarning narxi bozor narxlari va eskirishi, shuningdek ularni yaroqli holatga keltirish va omborga olib kelishga sarflangan xarajatlar hisobga olingan holda, buyurtmachi tomonidan, komissiya asosida, belgilanadi. Ko‘rsatilgan qaytarma resurslar narxiga pudratchining boshqa xarajatlari qo‘shiladi.
Yo‘l-yo‘lakay olingan materiallarning narxi, agar ularni amalga oshirilayotgan qurilishda ishlatishning imkoni bo‘lmay turib, lekin kelgusida sotish imkoniyati bo‘lsa, tayyorlashning franko-joyi (mahalliy materiallar va qazilmalar uchun frankokarer; o‘rmon kesilishida olinadigan yog‘och uchun franko-daraxt kesilayotgan uchastka va hk.) narxlari bo‘yicha belgilanadi.
Agar (kerakli hujjatlar bilan tasdiqlangan) buzishdan hosil bo‘lgan yoki yo‘l-yo‘lakay qazib olingan materiallardan foydalanish yoki sotish imkoni bo‘lmasa, ularni bahosi qurilish bahosida hisobga olinmaydi.
Asosiy fondlarda ro‘yxatga olingan va demontaj qilinib, kengaytirilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan yoki qayta texnik jihozlanayotgan korxona chegarasida qurilayotgan binoga ko‘chirilishi mo‘ljallanayotgan uskunalardan foydalanishda lokal resurs ro‘yxatlarida faqat ushbu uskunaning demontaji va qayta montaji bo‘yicha resurslari ko‘rsatiladi, resurs ro‘yxati yakunlari uchun esa, tasdiqlovchi instansiya hamda loyiha (ishchi loyiha)ning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilash uchun ushbu uskunaning ro‘yxati va balansda qayd etilgan narxi, qayta texnik jihozlanish uchun belgilangan narx bundan istisno, ma’lumotnoma asosida ko‘rsatiladi.


Yüklə 168,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə