2- mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. «Qadimgi Sharq»



Yüklə 69,35 Kb.
səhifə1/17
tarix31.12.2021
ölçüsü69,35 Kb.
#82042
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2- mavzu Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq falsa


2- mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari:

Sharq falsafasi

Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. «Qadimgi Sharq» tushunchasi eramizdan avvalgi VI-IV ming yilliklarda Misrdan Xitoygacha bulgan ulkan hududdagi sivilizatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Sharq madaniyati dunyo xalqlari taraqqiyotida katta rol o‘ynadi hamda Sharqning o‘ziga xos madaniy taraqqiyoti ushbu hududni jahon sivilizatsiyasining beshigi deb atalishiga asos soldi. O‘zbek xalqining milliy, falsafiy, ilmiy merosi Sharq sivilizatsiyasi ildizlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligi Sharq tafakkur tarixining ilk kurtagi bo‘lgan asotiriy qarashlarni atroflicha o‘rganishga asos yaratadi. “Qadimgi madaniyat makoni bo‘lgan Markaziy Osiyoning qulay geografik joylashishi, tabiati, iqlimi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning avvalroq boshlanishini ta’minladi va Sharq bilan G‘arb, Mesopatamiya, Eron, Misr keyincha Yunoniston va Rimni Xitoy va Hindiston bilan bog‘lovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishuvini ta’minlovchi halqa vazifasini o‘tadi”1,- deydi antik va qadimgi dunyo adabiyoti hamda falsafasi haqida monografiya yozgan olima F.Sulaymonova.

Asotiriy yoki mifologik tasavvurlar falsafaning tub ildizlari, ma’naviy manbalaridan biridir. Inson tafakkurining ilk tarixiy bosqichlarida Sharq mifologiyasi dastlabki dunyoqarash shaklining mahsuli sifatida vujudga keldi. Unda insonning uni o‘rab turgan olamga munosabati ifoda etilib, atrof-muhitning sir-asrorlarini bilishga intilish, tabiat qonuniyatlarini anglashda badiiy, obrazli tasavvurlar tizimining naturalistik xarakteri namoyon bo‘ladi. Misol uchun, insoniyat tamaddunining beshigi sanalmish Hindistonda ilk asotiriy tasavvurlar Vedalarda mavjud bo‘lgan. Veda bilim, ta’limot degan ma’noni bildirib, to‘rt qismdan – Rigveda, Yajurveda, Samoveda, Axtarvavedadan iboratdir. Uning eng qadimgi qismi «Rigveda» eramizdan oldingi II ming yillikka taalluqli bo‘lib o‘zida asotiriy qarashlarni ifodalagan, tabiat va ilohiyot haqidagi madhiyalar ko‘rinishidagi qadimgi hind adabiy yodgorligidir. U koinot madhi deb atalgan she’rlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ushbu madhda bu dunyo nimadan paydo bo‘lgan, u qanday va kim tomondan yaratilgan, degan savollarga javob izlangan.

Vedalardagi asotiriy qarashlar juda murakkab tuzilgan. Unga asosan butun dunyo oliy xudo Braxmadan iborat. Braxma dastlab haybatli odam Purushaning tanasini bo‘lib-bo‘lib koinot, yulduzlar, er, samoni yaratdi va o‘zi bir vaqtda u bilan birlashdi. Butun borliq dunyoviy ruh – purusha (erkak boshlang‘ich) material borliq – prakriti (ayol boshlang‘ich)ning birikuvidan iboratdir.

Xitoy asotirlari ham o‘z tarixi bilan eramizdan oldingi uzoq ming yillarga borib taqaladi. Shuningdek, Xitoy asotirlari o‘z shakllanish davrida qadimgi Xitoy, daosizm va buddaviylik va kechki Xitoy xalq og‘zaki ijodi mifologik tizimlarini birlashtira borgan. Asotiriy qarashlar aks etgan qadimgi asarlardan biri «Shan xay szin» («Tog‘lar va daryolar kitobi») bo‘lib u eramizdan avvalgi IV-II asrlarda yozilgan. Unda qadimgi Xitoy afsonalari voqealarini umumlashtiruvchi tasvirlar mavjud. Unda dastlab dunyo vujudga kelguncha tuman va qorong‘ulik bilan to‘lgan tubsiz xaos mavjudligi, koinot kuchlari bo‘lgan Yan va In vositasida tartibga keltirilganligi haqida tasavvurlar bor. Ba’zilarida esa dunyo g‘ayri tabiiy umumiy inson bo‘lgan Pan-Gudan paydo bo‘lganligi aytiladi. Ayni shu afsonada Xitoy falsafasi uchun muhim bo‘lgan, shaxsiyatga ega bo‘lmagan dunyoviy qonun bo‘lmish «dao» haqidagi g‘oya shakllantirilgan. Pan-Gu haqidagi afsona, shuningdek inson va tabiat birligi, mirokosmos-inson va makrokosmos-dunyoning birligi, chambarchas bog‘liqligiga ishora qiladi. Bu qarashlar inson bilan bog‘liq barcha sohalar: san’at, adabiyot, meditsina, sport va boshqa sohalarda ham insonga tabiat orqali yo‘l mavjudligini ta’kidlaydi. Xitoy mifologik merosi uning geografik hududi va iqlimi bilan bog‘liqdir. Masalan, bu afsonalarda osmonni ulug‘lovchi, zamirida ko‘proq shamanlik bilan bog‘liq bo‘lgan asotirlar ham, shuningdek tabiiy-ilmiy fikr kurtaklari bilan bog‘liq ma’lumotlarga ham duch kelamiz. Xususan, Shan davrida, eramizdan oldingi II ming yillik boshlarida xitoyliklar to‘rtinchi tartib hududida hisob yuritishni bilganlar, Xan sulolasi davrida esa algebratik tenglamalarning echimi haqida ham ma’lumotlar mavjud bo‘lgan.

Yaqin Sharqning ilk mifologik qarashlari Ikki daryo oralig‘i yoki Mesopatamiyada vujudga kelgan Gilgamish haqidagi dostonda ifodalangan. Bu dostonning qadimiyligi eramizdan avvalgi IV ming yillikka borib taqaladi. Gilgemish ikki qismi xudo, bir qismi odamdan iborat afsonaviy qahramon bo‘lib, u Mesopatamiyaning qadimiy hududlarida istiqomat qilgan SHumer va Akkad mamlakatlari qahramoni bo‘lgan. Gilgamish haqidagi dostonning turli variantlari mavjud. Bu afsonaviy qarashlarda Gilgamish xudolar yoki tabiat kuchlari bilan kurashuvchi qahramon emas, do‘sti Enkidaga sodiq inson, insoniy munosabatlarni qadrlovchi obraz sifatida tasvirlanadi. Bu afsona mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlariga berilgan imtiyoz sekin-asta inson omiligi qaratilganidan dalolat berar edi.

Yaqin Sharq va Turon zaminni birlashtirib turuvchi mifologik qarashlar “Avesto”da o‘z ifodasini topgan. Zardushtiylikning bu yozma manbai boy dunyoqarash mazmuniga ega bo‘lib, uning bosh g‘oyasini Axuramazda va Axrimon obrazlari orqali ifodalangan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi qarama – qarshilik kurashi va bu kurashda ezgulikning g‘alaba qozonishi tashkil etadi. Shuningdek, unda olamning boshlang‘ich asoslari va tuzilishi, yaxlitligi to‘g‘risida muhim fikrlar mavjud. Zardushtiylik qadimgi Hindiston va Yaqin Sharq diniy mifologiyasi mitraizmning Markaziy Osiyo xususan qadimgi Turonzamin va Erondagi kechki ko‘rinishi bo‘lib, unda Quyosh xudosi va unga bog‘liq bo‘lgan olovning muqaddaslashtirilishi e’tiborlidir. Axuramazda timsolida gavdalangan dunyoviy Aql hamda suv, er, havo, olov biridan biriga o‘tuvchi yoki birlashuvchi-unifakatsiyalanuvchi elementlardir. Bunday mifologik – falsafiy fikrlar keyinchalik Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi, xususan, lokayata falsafiy ta’limoti, Platon va Aristotel ontologik konsepsiyalarida olamning ibtidosi masalasining qo‘yilishi va hal etilishiga ko‘rsatgan ta’siri yaxshi ma’lum.

Sharq mifologik merosi o‘zining yuqori badiiy-falsafiy tuzilishi, gnoseologik va ontologik tizimiga ega. Mifologik-asotiriy qarashlar naturfalsafiy xarakterga ega bo‘lgani uchun ham Sharq sivilizatsiyalari tabiiy-ilmiy bilimlar sohasida ulkan natijalarga erishdi va jahon fani rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bizgacha etib kelgan Papirus yozuvlari misrliklarning matematika va geometriya (turli shaklning xajmi va yuzasini o‘lchash), astronomiya (aniq quyosh taqvimining tuzilishi keyinchalik Evropada taqvimga asos bo‘lgan), tibbiyot (anatomiya tuzilishi, miya va qon tomirlari xaqidagi ta’limot, jarrohlik), kimyo (turli moddalarning xususiyatini o‘rganish va bu bilimlardan mayitni mumiyolashda foydalanish) sohalaridagi keng tushunchalari xaqida dalolat beradi. Mesopotamiya qo‘shni hududlarga matematika va astronomiya sohasidagi bilimlar bilan katta ta’sir ko‘rsatdi. Mesopotamiyaliklar matematika va astronomiyaga oid kashfiyotlar qilib, oy fazalarini bo‘lish tizimini yaratdi, quyosh tizimiga oid jarayonlar, yulduz va sayyorlar ro‘yxati, ko‘plab harakat holatlarini aniqlash bo‘yicha yangiliklar kiritdi. Ikki daryo oralig‘ida astrologik bilimlar ham rivojlandi.

Qadimgi dunyoning ma’lum tarixiy davrigacha falsafiy tafakkurni alohida o‘ziga xos dunyoqarash sifatida shakllanishi kuzatilmagan. Eramizdan avvalgi VII- VI asrlar insoniyat tarixida muhim burilish davri bo‘lib, qadimgi Hindiston, Misr, Xitoyda falsafiy tafakkurning kurtaklari vujudga kela boshlaydi. Mifologik davr nihoyasiga etdi, ratsional idrok davri shakllandi, xozirgacha mavjud bo‘lgan asosiy tushuncha va tasniflar ishlab chiqildi. Buddaviylik din va falsafani birlashtiruvchi umumiy qarashlarni ilgari surdi. Xitoyda falsafa maktablari rivojlandi. Eronda zardo‘shtiylik mifologik – falsafiy ta’limoti davlat dini darajasida qabul qilindi va qonunlashtirildi. Hindistonda Veda ta’limotining yangi falsafiy maktablar yaratish davri boshlandi, Upanishadalar paydo bo‘ldi. Diniy-afsonaviy tasavvurlar bilan bir qatorda, boshqa bir ma’naviy zamin tajribaviy bilimlar va ilm-fan kurtaklari (riyoziyot, astronomiya, tabobat, Yer ishlari haqidagi bilimlar, metallurgiya, jug‘rofiya) va bu bosqich doirasida shakllanayotgan tahliliy tafakkur edi. Bunday burulish davriga ijtimoiy va u bilan mutanosib rivojlangan gnoseologik omillar sabab bo‘ldi.

Chunki bu davrga qadar qadimgi hind va xitoy fani xam ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan edi. Hindistonda noldan foydalanib o‘nlik sanoq tizimi yaratilishi bilan algebra rivojlana boshladi («son», «tub son», «sinus» kabi atamalar Hindistonda paydo bo‘ldi). O‘lim sababini aniqlash maqsadida murda tanasini anatomik tadqiq qilish tajribalari anatomiya va fizologiyani rivojlantirib, meditsinada katta yutuqlarga erishildi. Hindistonda tibbiyot taraqqiyoti xaqida manbalarda jarrohlikning 300 turi bo‘lganligi va 120 ta jarrohlik asbobi mavjudligi eslatiladi. Barchaga ma’lumki, Xitoy ipak, chinni va qog‘ozning vatani hisoblanib, mil. avv. II asrda kashf qilingan, shuningdek, Xitoyda porox, kompas (mil. av. III asr) Yer qimirlashini aniqlovchi asbob (seysmograf) ham ixtiro qilingan. Mil. av. 613 yilga tegishli Xitoy qo‘lyozmalari topilib unda Galley kometasi xaqidagi eng qadimgi ma’lumotlar uchraydi. Mil. av. II asrda Xitoyda osmon yoritqichlarining xarakati tasvirlangan birinchi osmon globusi, 2500 yoritqichning o‘rni ko‘rsatilgan yulduzlar katologi yaratilgan. Yangi taqvim joriy qilinib (mil. av. 104 y.), unga ko‘ra bir yil 365 24kunga teng bo‘lgan. Mil. av. 28 yilda Xan imperiyasining astronomlari quyoshda dog‘lar mavjudligini kuzatganlar. Xitoy matematiklari tarixda birinchi bo‘lib xisobda manfiy sonni qo‘llaganlar. Tibbiyotda igna ukoli, nuqtali davolash kabi ajoyib usulni ishlab chiqqanlar.




Yüklə 69,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə