2- mavzu o‘zbekiston respublikasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari



Yüklə 46,71 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü46,71 Kb.
#134559
1   2   3   4   5
Nazorat uchun savollar:


1.Ta’lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy tamoyillari mohiyatini izohlab bering.
2.Ta’lim tizimi deb nimaga aytiladi?
3.Uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarini sanab bering.
4.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
5.Oliy ta’lim bosqichlari, ularning mohiyatini yoritib bering.
7. Ta’lim turlariga izoh bering?
8. Innovatsion ta’lim deganda nimani tushunasiz?
9. An’anaviy va noan’anaviy ta’limning farqli jihatlarini ayting?


Tayanch tushunchalar:
Uzluksiz ta’lim- malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Ta’lim – ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish jarayoni bo‘lib, kishining shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.
Ta’lim dasturi – o‘quv fanlarining bakalavriat yo‘nalishlari yoki magistratura mutaxassisliklariga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va etarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlovchi bloklarga jamlangan ro‘yxati.
Ta’lim mazmuni – inson o‘qitish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi va xarakteri.
Ta’lim maqsadi – har bir pedagogik texnologiyani yaratishda asos bo‘lib hisoblanadi. Maqsadning zamonaviy ta’lim va tarbiya muammolarini yuqori samaradorlik bilan hal qilishga qaratilgan bo‘lishi zarur asos hisoblanadi. Biror pedagogik texnologiyani yaratish uchun eng zarur shart shunday dolzarb maqsadni aniqlay olishdan iborat. Bunday maqsadni zarur tadqiqotlar, ijodiy izlanishlar olib borish, o‘zining va boshqa mutaxassislarning ish tajribalarini chuqur tahlil qilish orqali aniqlanadi.
Ta’lim metodi – ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talabalarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir. Ta’lim metodlari o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o‘quv materiallarini nazariy va amaliy yo‘naltirish yo‘llarini anglatadi. Ta’lim metodi o‘qituvchi bilan talabalarning o‘qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo‘lidir.

Yüklə 46,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə