2. 1-mavzu. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlarining mazmun-moxiyatini bayon qilish. 3-reja. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/5
tarix07.03.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#102105
1   2   3   4   5
diaginostika

Eksperiment. Eksperiment - ilmiy bilishning asosiy metodaridan biri. Uning kuzatishdan asosiy farqi shundaki, unda tadqiqotchi o’rganilayotgan vaziyatga faol ta’sir ko’rsatadi, bir yoki bir necha o’zgaruvchilar bilan manipulyatsiya amalga oshiradi. Eksperimentda psixik xiisusiyatlar maxsus sharoitlarda o’rganiladi.
Eksperimentning ikki turi ajratiladi;
laboratorya eksperimenti
tabiiy eksperiment.
va
Laboratoriya eksperimenti maxsus jihozlangan joylarda, qattiq nazorat ostida amalga oshiriladi.
Tabiiy eksperiment esa sinaluvchi eksperiment ob’ekti ekanini bilmaydi. Bu holat laboratoriya eksperimentida vujudga keladigan emotsional zo’riqish, tadqiqot natijalarini o’zgartirib yuborishga intilish kabi sinaluvchiga xos xususiyatlarni bartaraf etish imkonini beradi.
Masalan, maktabgacha yoshdagi bolaning xotirasini o’rganish uchun uni alohida xonaga olib chiqib, shu yerda unga bir qator so’zlarni o’qib berib, so’ngra qaytarishni talab qilish mumkin. Ammo mazkur sharoit bola uchun odatiy emas. Suning uchun bolaning ichki emotsional zo’riqishi (xavotirga tuskishi, shubhalana boshlashi va hokazo) unga topshiriqni imkoniyatlari darajasida boshlashi uchun yo’l qo’ymaydi. Demak, eksperimentdan olingan natijalarni haqqoniy deb bo’lmaydi. Bordi-yu, bola bilan o’yin o’ynab, unga xaridor rolini berib aytilgan narsalarni “do’kondan” xarid qilish vazifasi topshirilgan bo’lsa, u olib kelgan narsalariga qarab nimani eslab qolganini, nimani unutganini aniqlash qiyin emas. Demak, shunday shaklda tabiiy eksperinient natijalari ancha haqqoniy bo’ladi.
Eksperimental tadqiqotni tashkil etish va amalga oshirishda bir qator talablarga rioya etish kerak. Ushbu talablar G.U.Uruntayeva va Yu.A.Afonkina tomonidan tizimlashtirilgan bo’lib, ular quidagilardan iborat:
1. Rejalashtirish bosqichida tadqiqot maqsadini, sinaluvchilar tarkibini aniq belgilashi, eksperimentda ishlatiladigan metodikalarni, eksperimentni o’tkazish sharoitini (joy va vaqtini) aniqlashtirish, barcha sharoitlarni oldindan yaratib qo’yish zarur;
2. Eksperimentni o ’tkazish jarayonida tadqiqotda ishtirok etayotgan bola bilan o ’zaro ishonchga asoslangan munosabatini o’rnatish, muloqotga do’stona, iliq ohang baxsh etish, bolani o’z oldiga o’tkazish, bolaning xatolariga ortiqcha e’tibor bermaslik, sinov sur’atlarini bolaning individual- psixologik xususiyaflariga moslashtirish zarur.
Bola bilan o`tkazilayotgan eksperiment uzoq davom etmasligi, unga eksperiment jarayonida o’zgarishlar kiritmaslik kerak. Odatda eksperimentda tadqiqotchidan tashqari eksperiment bayonnomasini to’ldiruvchi shaxs ham ishtirok etadi.
Eksperimentning yana ikki turi
Aniqlovchi eksperimentda bola psixik taraqqiyotga xos muayyan xususiyatlar qayd etiladi. Masalan, ota-onalar o’rtasidagi nizolarning bola emotsional holatiga ta’sirini aniqlash mumkin. Buning uchun nizoli oilada voyaga etayotgan bolalarni aniqlash va ularning emotsional sohasini o’rganish hamda olingan natijalarni boshqa bolalrning natijalari bilan solishtirishi kerak bo’ladi. Natijada shunday hodisa-ota-onalarning o’zaro nizosi va bola emotsional rivojlanishi o’rtasida aloqadorlik mavjudligini ta’kidlaydi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə