2. 1-mavzu. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlarining mazmun-moxiyatini bayon qilish. 3-reja. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/5
tarix07.03.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#102105
1   2   3   4   5
diaginostika

Shakllantiruvchi eksperimentda sinaluvchiga faol ta’sir ko’rsatilishi oqibatida unda ro’y beradigan o’zgarishlar aniqlanadi. Masalan, ota-ona o’rtasidagi munosabatni yaxshilash bola emotsional sohasiga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlash mumkin. Buning uchun ota-onasi o’rtasidagi munosabat yaxshilangani bolalar emotsional sohasiga xos xususiyatlar bilan ota-onasi o’rtasidagi munosabat nizoli bo’lib qolayotgan bolalar emotsional xususiyatlarini o’zaro solishtirish yoki bolaning avvalgi emotsional xususiyatlari bilan keyingilarmi o’zaro qiyoslash mumkin.
Shuningdek, ayrim o’rinlarda nazorat eksperimenti ham ajratiladi.
Bu eksperiment ko’p jihatdan aniqlovchi eksperimentga o’xshab ketadi.
Uni o’tkazishda ko’zlangan maqsad faol ta’sir ko’rsatilgan guruhdagi o’zgarishlarda aynan ta’sirning roli qanday bo’lganini aniqlashdan iborat. Buning uchun faol ta’sir ko’rsatilgan guruh bilan hech qanday ta’sir ko’rsatilmagan nazorat guruhining natijalari o’zaro solishtiriladi.
Agar o’rtadagi farq ancha sezilarli bo’lsa, demak, birinchi guruhdagi o’zgarishlarga aynan o’tkazilgan ta’sir sabab bo’lgan degan xulosaga kelinadi.
So’rov. So’rov - tadqiqotchi va respondentning bevosita yoki bilvosita o’zaro aloqasi davomida birlamchi verbal axborot yig’ishga yo’naltirilgan metod.
Anketa yordamida so’rov o’tkazilganda sinaluvchi yozma savollarga
intervyuda esa og’zaki savolliarga javob qaytaradi.
anketa yoki
intervyu shaklida o’tkazilishi mumkin
So’rov
1. “Epigraf’. Bunda sinaluvchining fikrlari muayyan yo’nalishga solinadi, sinaluvchilar savollarga javob berishga undaladi.
2. “Ko’rsatma”. Bunda sinaluvchiga so’rov jarayonida savollarga qanday javob qaytarish, undan olingan ma’lumotlar nima maqsadda ishlatilishi haqida ma’lmnot beriladi.
3. “So’rovga moslashish”. Bunda sinaluvchi savollarga javob berishga yo’naltiriladi, unda o’ziga nisbatan ishonch hosil qilinadi, u bilan o’zaro ishonchga asoslangan munosabat o’rnatiladi, unda savollarga har qanday javob qaytarish mumkin, degan taassurot hosil qilinadi. Buning uchun so’rovda dasitlab emotsional-neytral, oson, umumiy savollar beriladi.
4. “Maqsadga erisliish”. Binda zarur bo’lgan asosiy ma’lumotlar qo’lga kiritiladi. Buning uchun ushbu bosqichda tadqiqotchi uchun ham, sinaluvchi uchun ham muhim bo’lgan savollar beriladi.
5. “Zo’riqishni bartaraf etish”. Bunda so’rovdagi masalalar va savollar xususida, butun so’rov jarayoni haqida yig’ilgan hissiyotlar bartaraf etiladi. Buning uchun so’rov so’ngida nisbatan oson, ijobiy emotsional savollar berilishi, masalan, sinaluvchining ijtimoiy demografik xususiyatlari haqidagi savollar berilishi mumkin.
So’rov quyidagi bosqichlarga ega bo’ladi:
Sinaluvchiga beriladigan savollar bir-birdan alobida va ajralgan emas. Ular yaxlit bir zanjirning halqalaridir. So’rovdagi bir savol keyingisi bilan bog’liq holda idrok etiladi. Shu tufayli quyidagi holatlarga so’rov jarayonida alohida e’tibor berish lozim:
1. Bir savol va unga beriladigan javob keyingi savollarga beriladigan javoblarga ts ’sir o’tkazmasligi kerak.
2. Muayyan savoldan keyingi savol umuman boshqa mavzularga o’tib kelgan bo’lmasligi., bir savoldan boshqasiga o’tishga mavzu keskin o’zgartirilmasligi lozim.
3. Savollarning tashqi ifodalanishi sinaluvchilarni u bilan ishlashga jalb eta olishi kerak (simmetrik to’g’ri bo’lishi, yoziiv yoki og’zaki murojaat orqali beriladigan savollar chiroyli va tushunarli bo’lishi zarur).
4. Sinaluvchilarning individual xususiyatlari va so’rovning uzunligi bir-biriga mos bo’lishi (masalan, ota-onalar bilan so’rov o’tkazishda 5-6 savoldan iborat kichik anketalardan foydalanish) zarar.
5. So’rov so’ngida sinaluvchiga. nisbatan minnatdorchilik va tashakkur izhor etilishi - “Javoblaringiz uchun tashakkuq”, “Yordaroingiz uchun rahmat” kabi ifodalarning keltirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə