2 Ali ibn Sinoning odam anatomiyasi faniga qo‘shgan ulkan hissasi



Yüklə 33,45 Kb.
tarix09.06.2023
ölçüsü33,45 Kb.
#116424
Tibbiy bilim Xamrayeva Dilyoraxon


Abu Ali Ibn Sinoning tibbiyotga qo’shgan xissasi.
Reja:

  1. Abu Ali ibn Sinoning tabobat rivojiga qo‘shgan

ulkan hissasi
2 Ali ibn Sinoning odam anatomiyasi faniga 
qo‘shgan ulkan hissasi

3.Abu Ali ibn Sino kalla suyaklari (kraniologiya bo‘limi) haqida



Abu Ali ibn Sinoning tabobat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi.
Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asosiy merosi «Tib qonunlari» bo‘lib, bu kitob o‘sha davrgacha tabobat borasidagi eng mukammal qo‘llanma hisoblanadi. Bu ensiklopedik kitobda tibbiyotning barcha sohalari (anatomiya, fiziologiya, kasalliklar sababi, kasallikning belgilari, ulami aniqlash, davolash va h.k.) bo‘yicha ilmiy izlanishlar yoritilgan. «Tib qonunlari» taxminan eramizning 1012-24yillarida 
yozilgan deb hisoblanadi. Ibn Sino o‘z asarini yozib tamomlaganidan 150 yil o‘tgach, Gerard Kre-monskiy (1114-1187) uni birinchi marta lotin tiliga taijima qiladi. Bu taijima asl nusxadagi mazmun 

va ifodani o‘zida to‘la saqlab qola olmagan bo‘lsa-da, taxminan 7 asr davomida g ‘arb mamlakatlarida 

tibbiy bilimlaming birdan-bir qo‘llanmasi sifatida xizmat qildi.

0 ‘zbek;ston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti torqonidan 1958-1964-yillarda 

«Tib qonunlari»ning besh tomli kitobi o‘zbek va rus tillarida birinchi bor nashr etildi. Ibn Sino

www.ziyouz.com kutubxonasi


tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan ushbu asar o‘zbek va rus tillarida 1981-1983-yillarda 
qayta nashr qilindi.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, buyuk yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino asarlari 
qayta tirildi desak mubolag‘a bo‘lmas. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 6-yan- 
vardagi «Ibn Sino xalqaro jam g‘armasini qo‘llab-quwatlash to‘g‘risida»gi farmoni hamda RespublikasSogMiqni Saqlash Vazirligining 1999-yil 23-apreldagi buyrug‘i bunga yana bir yorqin misoldir.
Yana bir muhim tadbir - tibbiyot oliy o ‘quv yurtlarida o ‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha o‘quv 
dasturlariga Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fani bo‘yicha qilgan ishlariga tegishli m a’lumotlar kiriti- 
lib, buyuk vatandoshimiz ta’limotini talabalarga yetkazish va muntazam o‘qitishni o ‘z oldimizga 
maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bu borada talabalar, shifokorlar va, qolaversa, butun xalqimizga 
jahon tanigan va tan olgan buyuk olim, taniqli jam oat arbobi, mehribon ustoz va ajoyib insonning 
merosini keng targ‘ib qilishdir.
Abu Ali ibn Sinoning ilm iy dunyoqarashlari
i
Ibn Sino birinchilardan bo‘lib tabiiy muhit va inson hayoti o‘zaro munosabatlarini har tomon- 
lama tahlil qilish zaruratini fahmladi. Inson hayoti, uning salomatligi yoki xastalik holati orga- 
nizmga tashqi muhit ta’sirini ifodalaydi. Bunday sharoitga ob-havo, turar joy, yashash joyining 
xususiyatlari, yil fasllari va ulaming o ‘zgarib turishi va hokazolar kiradi.
Ibn Sino o‘zining mashhur asari «Tib qonunlari» kitobida kishi organizmi holati sabablarining 
tasnifini beradi. Bunday sabablar, uning fikricha, ovqatlanish, har xil ichimliklar, havo, suv, mam- 
lakat, turar-joy, kasb, urf-odatlar, tan va ruh harakati, osoyishtaligi, jins, yosh, hayotda odat tusiga 
kirmagan hodisalaming yuz berishi va boshqalardan iboratdir. Organizmning turli ko‘rinishda sodir 
bo‘ladigan holatlari yuqorida aytilgan sharoitlarga bog‘liqdir.
Odam organizmi faoliyati uchun muhim bo‘lgan omillardan Ibn Sino yashash joyining geografik 
va meteorologik xususiyatlari, havosining toza va sofligi, xo‘jalikda ishlatiladigan suvning ahamiyati 
katta ekanligini alohida ta’kidlaydi. Olim kishi organizmining turli fiziologik holatlarini ob-havoning 
o‘zgarishiga bog‘laydi. Meteorologik hodisalaming tez-tez o‘zgarib turishi, joylarda ob-havoning 
beqarorligi Ibn Sinoni kishi organizmi bilan ob-havo nisbatini o‘rganishga undadi.
Muhitga nisbatan organizmning faolligi Ibn Sino tomonidan to‘liq o‘rganilgan edi. Organizm 
faolligi adaptatsiya (moslashish) tushunchasi orqali ifodalanadi. Ibn Sino ilmiy terminologiyasida 
«mizoj» tushunchasi organizmning o‘ziga xos tabiati sifatida ishlatiladi. Natijada, ko‘pincha «bitta 
sabab turli odamlarda turlicha kasalliklami yoki turli vaqtlarda turli kasalliklami keltirib chiqargan 
bo‘ladi. Biror-bir sababning ta’siri kuchli yoki kuchsiz odamda, ta’sirchan yoki kam ta’sirchan 
odamda bir xil bo‘lavermaydi». Organizmning doim o ‘zgarish va harakatda bo‘lgan tashqi muhitga 
moslashuvi borasida jismoniy mashqlaming ahamiyati kattadir. Ular tufayli organizm chiniqadi, 
muhitdagi o‘zgarishlarga chidam vabardoshli bo‘ladi. Olim jismoniy mashqlami faol (aktiv), o‘rtacha 
va sust (passiv) mashqlar deb tasniflaydi. Jismoniy mashqlaming faol turlariga, masalan, musht bilan 
turtishish, kamondan otish, tez yurish, balandga sakrash, bir oyoqda sakrab yurish, qilichbozlik, otda 
yurish, qo‘l va oyoqlami harakatga keltirish va qator boshqa mashqlar kiradi.
Tashqi muhit omillari keltirib chiqaruvchi sabablar har xil xususiyatga egadir. Bir xil sabablar 
kishilar organizmida turli-tuman kasalliklami paydo qiladi.
Shunday qilib, Sharqning o‘rta asr buyuk ensiklopedist olimi va mutafakkiri Ibn Sino asarlarida 
tabiatshunoslikning muhim muammolari ilgari surildi. Olim ushbu muammolami o ‘sha davr sharoiti
www.ziyouz.com kutubxonasi


va tabiatshunosligi holati imkoniyatlari darajasidan bir qancha pog‘ona yuqori turgan holda hal 
qilishga intildi va ko‘p hollarda bunga erishdi.
Abu Ali ibn Sinoning odam anatomiyasi faniga 
qo‘shgan ulkan hissasi
Buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sinoni, shubhasiz, odam anatomiyasi fanining asoschisi deb, 
aytish mumkin. Allomaning bu boradagi izlanishlari odam anatomiyasini o‘rganish va yangiliklarni 
kashf qilish bilan chegaralanmay, tizimlar, a’zolar, ulaming qismlari anatomiyasi hamda fiziologiyasini 
aniqlay olgan va juda sodda hamda aniq qilib tushuntirib bergan.
«Kitob al-maleki» muallifi Ali ibn Abbos, «Zaxirai Xorazm shohi» muallifi Ismoil Juijoniy 
(1137-yil vafot etgan), «Tibbi Akbari», «Iskiri A ’zam» va boshqa kitoblar mualliflari Abu Ali ibn Si­
noning anatomiya fani yaratilishi va taraqqiy etishi borasidagi buyuk xizmatlarini tan olishgan.
Taniqli g‘arb olimlari Leonardo da Vinchi (1452-1519), Andrey Vezaliy (1514-1564), Djirolamo 
Frakastoro (1478-1553), Vilyam Garvey (1578-1628) va boshqalar tomonidan ham Abu Ali ibn 
Sinoning anatomiya borasidagi buyuk xizmatlari yuqori baholangan.
Abu Ali ibn Sino ijodi shu bilan qadrlanadiki, u «Tib qonunlari» kitobida faqatgina o ‘z izlanishlari 
bilan chegaralanmay, balki o‘zidan oldin o‘tgan olimlaming shu a’zo yoki uning qismiga, yo shu 
masalaga munosabatini bildirib, bu savollarga o ‘zi aniq javob bergan. Shu bilan birga, Ibn Sino bu 
ilmiy merosni o‘zining puxta kuzatishlari va amaliyot ishlarida qozongan yutuqlari bilan boyitgan.
V.N.Ternovskiyning (1961) yozishicha, «...tibbiyotning asosi b o ‘lgan anatom iya «Tib 
qonunlari»da asosiy o‘rin tutadi». Shuning uchun X-XI asrlardanoq barcha anatomiyaga taalluqli 
asarlar Ibn Sino asarlariga solishtirilar va shunga ko‘ra, bu asarga baho berilardi. Keyinchalik ham,
V.N.Temovskiy (1937,1961), P.M.Faktorovich(1941), L.A.Alyavi (1952,1957), B.D.Petrov( 1954), 
B.L.Gurtova (1955,1956,1957), Z.X.Ikromov (1957), У a.P.Popereka (1957), Y a, A.Rahimov (1957), 
Yu.S. Arzumetov (1964), G. V. Arxangelskiy (1965), V.K.Djumayev (1965,1966), M.Maasudov (1966), 
K.A.Xoliqov (1970), R.E.Xudoyberdiyev (1974, 1993), K.A.Zufarov (1989), N.X.Shomirzayev 
(1992), N.K.Ahmedov (1992,1995) va boshqalar o ‘z monografiya va o‘quv qo‘llanmalarida Ibn Sino 
asarlari ahamiyati va odam anatomiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi borasida yozganlar.
Abu Ali ibn Sino suyaklar anatomiyasi 
(osteologiya bo‘limi) haqida
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining osteologiya bo‘limi haqida yozar ekan, u suyaklaming 
tuzilishini aniq ko‘rsatib, ulaming tuzilisni suyaklaming vazifalariga bog‘liqligini keng yoritib bergan. 
Uning «Tib qonunlari» asari 1-jildidagi osteologiya bo‘limi,
suyaklar tuzilishi va vazifalari hozirgi zamon tushunchalariga to‘liq mos keladi. Masalan, hozirgi 
zamon skelet suyaklarining vazifasiga:
tayanch vazifasi: odam gavdasi va mushaklaming tayanchi bo‘lib hisoblanadi; 
harakat vazifasi: skelet suyaklarining alohida guruhlarining o‘zaro qo‘shilishidan richaglar hosil 
bo‘lib, bo‘g‘imlarda mushaklar vositasida harakatga keladi;
himoya vazifasi: suyak guruhlarining o ‘zaro qo‘shilisbidan bo‘shliqlar hosil bo‘ladi. Bu 
bo‘shliqlar ichida esa a ’zolar joylashadi;

biologik vazifasi: suyaklar tarkibida mineral tuzlar bo‘lib, kalsiy, fosfor, temir va h.k. mod- 
dalami saqlaydi.
Qonning shakliy elementlari suyak ichidagi qizil ilik sohasida yetiladi.
Bu vazifalardan 3 tasi bundan 1000 yil ilgari Abu Ali ibn Sino tomonidan aniqlangan.
Ibn Sino suyaklaming shakli haqida yozar ekan, ulaming naysimon, yassi va aralash shakllarini 
yoritib, ularga misollar ham keltirgan. Bir qancha suyaklaming tuzilishi Galendan mukammalroq va 
Vezaliydan aniqroq qilib yozilganligi tan olingan.
Ibn Sino umurtqa pog‘onasini ta’riflar ekan ulaming sonini aniq keltirgan, umurtqalaming 
vazifalari hozirgi zamon tushunchalariga to‘la mos berilgan. Shuningdek, u umurtqalaming bir- 
biridan farqlarini aniqlagan. Aristotel qovurg‘alami 8 ta deb bergan bo‘lsa, Ibn Sino odamda 12 juft 
qovurg‘a borligi, ulaming soni erkak va ayollarda bir xil ekanligini birinchi bo‘lib yozgan. Chanoq 
suyaklari tuzilishi borasida X asrgacha aniq fikr bo‘lmagan. 0 ‘tirg‘ich suyagini Ruf - chanoq-son 
bo‘g ‘imi sifatida ta’riflasa, Polluks - yassi suyak bo‘rtig‘i sifatida ta’riflagan, Gippokrat bu terminda 
son suyagini tushungan, Abu Ali ibn Sino jahonda birinchi bo‘lib chanoq suyaklari tuzilishini aniq 
tasvirlab bergan.
Abu Ali ibn Sino kalla suyaklari 
(kraniologiya bo‘limi) haqida
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining kalla suyaklari bo‘limi haqida yozar ekan, uning tuzi­
lishini aniq tasvirlab, ulaming shakli va vazifalarini keng yoritib bergan. Kalla suyaklarini yuz va 
miya qismlariga ajratib o‘rganish hozirgi o‘quv dasturlarida ham shu shaklda saqlanib qolgan. Kalla 
suyaklarining yuz qismi suyaklari tuzilishi aniq ko‘rsatilib, ulaming shakli va vazifalari keng yori­
tilgan. Burun suyaklarining alohida ekanligini ta’kidlagan (A.Vezaliy esa burun suyagi yuqori ja g ‘ 
bilan bir va u 6 ta suyakdan iborat deb hisoblagan). Kalla suyaklari haqida Abu Ali ibn Sino yozgan 
jumlalami o ‘qiganda, beixtiyor, bu narsalar hozirgi tibbiyot oliygohlarida talabalar o‘qiyotgan kitob- 
larga mos kelishini ko‘rib, odam hayratlanadi.
Quyi ja g ‘ga kelsak, uning suyaklari surati, foydalari ma’lum. U iyak ostida harakatsiz bo‘g‘in 
orqali qo‘shi!adigan ikki suyakdan iborat. Ikkovining boshqa ikki uchida egilgan balandlik (o‘siq) bor. 
(U balandlik chakka) suyagidan chiqib, o‘sha yerda tamom bo‘luvchi (o‘sha balandlikka) moslangan 
o ‘siq bilan qo‘shiladi. (Pastki jag ‘) suyaklari o‘z tutashgan joylarida boylam bilan birikkandirlar 
(«Tib qonunlari». 1-j, 48-b.).
Kalla suyaklarining miya qismi suyaklari shakli hamda vazifalari Ibn Sino tomonidan juda tushu- 
narli va sodda qilib yozilgan. Ponasimon suyak tuzilishini aniq tasvirlab, u kallaning asosini tashkil 
etishini o ‘sha vaqtlarda yozib qoldirgan. Tepa suyagi miyaga og‘ir boMmasligi uchun eng yengil deb 
hisoblagan. Ming yil aw algi Abu Ali ibn Sinoning qarashlari hozirgi zamon adabiyotlaridagi kalla 
suyaklari tuzilishi va ulaming tasnifiga to‘liq mos keladi.
«Lomsimon» (til osti) suyakning anatomik ta’rifi juda sodda va tushunarli qilib berilgan. Pe- 
shona suyagi tuzilishi haqida yozar ekan, bu suyakning tuzilishi, kalla qutisining oldingi devorini 
hosil qilishi va anatomik tuzilishi sodda hamda aniq berilgan. G‘alvirsimon suyakning topografiyasi 
Ibn Sino tomonidan juda aniq ko‘rsatilgan. Chakka suyagining anatomik tuzilishi ham aniq berilib, 
undagi bigizsimon o‘simta va tosh qismlari ahamiyati keng yoritilgan. Bu suyakning ichida eshitish 
a’zosining boshlang‘ich qismi joylashuvi aniq va tushunarli qilib yoritilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining sindesmologiya bo‘limi haqida yozar ekan, suyak- 
laming o ‘zaro birikishi, bo‘g ‘imlaming tuzilishini aniq ko‘rsatib, bu bo‘limni keng yoritib bergan. 
Abu Ali ibn Sinoning qarashlari hozirgi zamon bo‘g ‘imlar tuzilishi va ulaming tasnifiga to‘liq 
mos keladi. Masalan, hozirgi zamon suyaklar birikishi tasnifi bo‘yicha: skelet suyaklari o ‘zaro 
biriktiruvchi to‘qima, tog‘ay yoki suyak moddasi bilan biriksa, uzluksiz birlashuvlar synarthrosys 
deyiladi. Suyaklar o ‘zaro bo‘g‘imlar hosil qilib harakatli biriksa, uzviy birlashuvlar d iarth ro sy s 
deyiladi. Bu ikki birlashuvlar orasida, ulaming birortasiga ham o ‘xshamagan birlashuv shakli bo‘lib, 
ularga yarim bo‘g ‘imlar hem iarthrosys deyiladi. Yarim bo‘g‘imlar cheklangan, juda kamharakat 
bo‘ladi, bo‘g‘im yuzalari orasida juda kichik tirqish bo‘lib, bo‘g ‘im kapsulasi bo‘lmaydi. B a’zi 
skelet suyaklari o‘zaro ko‘ndalang-targ‘il mushaklar vositasida birikishi mumkin. Kurak suyagi- 
ning qovurg‘alar bilan birikishi yoki til osti suyagining boshqa suyaklar bilan birikishi mushaklar 
vositasida bo‘ladi. Bunday birikishga synsarcosys deyiladi.
Misol uchun, «Tib qonunlari» asarida (Birinchi jumla. Suyaklar to‘g ‘risida. 30 fasldan iborat. 
Birinchi fasl. Suyaklar va bo‘g‘imlar to‘g‘risida umumiy so‘z.) Ibn Sino suyaklaming birikishini 
quyidagicha izohlaydi: «Suyaklar o‘rtasida qo‘shniliklar turlicha bo‘ladi. Ulardan ba’zilari bukiladigan 
bo‘g‘imlar orqali, ba’zilari harakatsiz bo‘lmasa ham, qattiq bo‘g‘imlar orqali qo‘shiladi, ba’zilari 
suqib kiritilgan, tikilgan yoki yopishtirilgan bo‘g‘imlar orqali qo‘shiladi».
Zamonaviy tasnif bo‘yicha: Uzluksiz birlashuvlar - synarthrosys uch gurnhga bo‘linadi:
1. Suyaklar o‘zaro qo‘shuvchi to‘qima vositasida birlashsa - syndesmosis deyiladi.
2. Suyaklar o‘zaro tog‘ay moddasi vositasida birlashsa - synchondrosis deyiladi.
3. Suyaklar o‘zaro suyak to‘qimasi vositasida birlashib, suyaklanib ketsa - synostosis deyiladi.
Sindesmoz va sinxondroz uzluksiz birlashuvlar vaqtincha yoki doimiy saqlanib qolishi mum-
kin. Suyak taraqqiy etish jarayonida biriktiruvchi to‘qima yoki tog‘ay moddasi vositasida birikib, 
keyinchalik yo‘qolib ketsa, vaqtincha sinartroz birlashuv deyiladi. Katta yoshda ham doimiy saqla- 
nadigan sinartroz birlashuvlarga doimiy sinartroz deyiladi.
Uzviy birlashuv diarthrosys holati natijasidabo‘g‘im lar- articulatio hosil bo‘ladi. Bo‘g‘imlami 
hosil etish uchun quyidagi hosilalar boMishi kerak:
1) bo‘g ‘im yuzalari - facies articularis o‘zaro muvofiq bo‘lib, ulaming yuzalari silliq gialin 
tog‘ayi bilan qoplangan bo‘ladi;
2) uzviy birlashuvlar natiiasida hosil bo‘lgan bo‘g‘imlar capsula articularis bilan o ‘ralgan 
bo‘ladi. Kapsulaning tashqi qavati fibroz to‘qimadan hosil bo‘lsa, ichki yuzasi silliq sinovial 
membrana bilan qoplanadi;
3) bo‘g‘imlar ichida bo‘shliq bo‘lib, cavitas articularis deyiladi. Bo‘g‘im bo‘shliqlari tashqi 
muhit biian aloqa qilmaydi. Uning ichida bo‘g‘im yuzalarini ho‘llab turadigan suyuqlik bo‘ladi. Ba’zi 
bo‘g‘imlar bo‘shlig‘ida tog‘ay plastinkalari bo‘ladi.
Bo‘g ‘im boylamiari ligamenta vositasida mustahkamlanib turadi. Ko‘pincha boylamlar bo‘g ‘im 
kapsulasining tashqi yuzasida joylashadi. 3 a ’zi bo‘g‘imlar bo‘shlig‘ida ham boylamlar uchraydi.
Bundan 1000 yil ilgari Abu Ali ibn Sino suyaklaming birikishi va bo‘g‘imlar hosil qilishini 
aniqlagan hamda «Tib qonunlari» asarida ular haqida to‘liq m a’lumot bergan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bo‘g ‘imlaming tuzilishi ulaming vazifalariga, harakat o ‘qlari tuzilishiga bog‘liqligi keng 
yoritilgan va ko‘rgazmali rasmlar bilan bezatilgan. Bundan ming yil avval Ibn Sino bo‘g‘im yu­
zasi, bo‘g ‘imlardagi tog‘aylar, bo‘g‘im kapsulasi, bo‘g ‘im bo‘shlig‘i va undagi bo‘g‘im suyuqligi 
haqida «Tib qonunlari» asarida keng m a’lumot bergan. Bulardan tashqari bo‘g ‘imlardagi, bo‘g ‘im 
ichidagi boylamlar, kunjut (sesam)simon suyaklar, bo‘g‘im ichidagi suyuqlik va uning hosil bo‘lish 
jarayoni keng yoritilgan. U sindesmologiya bo‘limi haqida shunchaki ma’lumotlar beribgina qolmay, 
suyaklaming o ‘zaro birikishi haqida o ‘zigacha bo‘lgan olimlardan ancha mukammal, zamonaviy 
qarashlarga mos keluvchi ma’lumot bergan. Bulardan tashqari, bo‘g‘imlar tuzilishi hamda kalla 
suyaklari orasidagi choklami aniq ta’riflab, atlant ko‘ndalang boylami ahamiyatini batafsil izohla- 
gan. Kalladagi o‘qsimon (sagital), lambdasimon, toj va pallasimon choklami Galen yo‘l qo‘ygan 
xatolarsiz bergan. Bu borada o‘sha davr olimlari uchun juda ko‘p yangiliklar yaratgan.
Ibn Sino o‘zi yashagan davrdagi ko‘p olimlar singari chalkash mulohazalar va aqidalar ta’siriga 
berilmay, faqat tajriba va amaliyotgina haqiqiy ilmning obyektiv asosi bo‘la olishini talqin etdi.
Abu Ali ibn Sino mushaklar anatomiyasi 
(m iologiya bo‘limi) haqida
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining miologiya boMimi haqida (30 fasldan iborat) ma’lumot 
berar ekan, mushaklaming vazifalari, boshlanish va birikish sohalari, ulaming tuzilishini aniq 
ko‘rsatib, bu borada keng ma’lumot bergan. Platon va Aristotel mushaklar xuddi yog‘ kabi tanani 
issiq va sovuqdan saqlaydi deb hisoblashgan. Abu Ali ibn Sino mushaklardagi har bir qismni ajrata 
olgan va fassiya, pay, mushaklardagi qisqarish nerv va tomiriar bilan bogMiqligini jahonda birinchi 
bo‘lib aniqlagan. Ibn Sinoning qarashlari hozirgi zamon mushaklar tuzilishi va ulaming tasnifiga 
to‘liq mos keladi.

Yüklə 33,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə