2-amaliy mashg‘ulot mavzu: Metall va qotishmalarning fizik – kimyoviy xossalari



Yüklə 22,53 Kb.
səhifə1/3
tarix11.10.2023
ölçüsü22,53 Kb.
#127079
  1   2   3
2-amaliy mashg\'ulot (1)[1]

2-AMALIY MASHG‘ULOT

Mavzu:  Metall va qotishmalarning fizik – kimyoviy xossalari.


Xossa – bu materialni boshqa materiallarga nisbatan son yokisifat tomonidan bir xilligi yoki farq qilish xarakteristkasi.
Metall va qotishmalardan tayyorlangan detallarning ishlatilishiga qarab ularga turlicha talablar qo‘yiladi. Metallar quyidagi xossalarga ega:

  1. fizik xossalar;

  2. kimyoviy xossalar;

  3. mexanik xossalar;

  4. texnologik xossalar.

Metallarning fizik xossalariga ularning rangi, solishtirma og‘irligi, elektr o‘tkazuvchanligi, magnit xususiyati, issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqdan kengayishi, issiqlik sig‘imi kiradi.
Metallarning kimyoviy xossalariga ularning oksidlanishi, eruvchanligi, korroziyaga chidamliligi kiradi.
Metallarning mexanik xossalari bu ularning mustahkamligi, qattiqligi, egiluvchanligi kabi xossalaridir.
Metallarning texnologik xossalari – quyiluvchanlik, kesiluvchanlik, payvandlanish, bolg‘alanuvchanligi, toblanuvchanligi, oquvchanligi va boshqalar.
Metallarning fizik xossalari.Metallarning rangi shaffof bo‘lmaydi. Har bir metall o‘ziga xos yaltiroqlik va rangga ega. Mis-qizil, rux-kulrang, temir-kumushsimon rangda va hokazo bo‘ladi.
Solishtirma og‘irligi — moddaning hajm birligiga to‘g‘ri keladigan massasining miqdori bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi:
(2.1)
Metallarning solishtirma og‘irligi D. I. Mendeleyev davriy sistemasida berilgan.
Erish harorati. Metallarning batamom suyuq holga o‘tadigan harorati erish harorati deb ataladi. Har qaysi metallning erish harorati tegishli jadvallarda berilgan.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Metallni qizdirganda yoki sovitganda o‘zidan issiqlikni qanchalik tez o‘tkazishi uning issiqlik o‘tkazuvchanligi deb ataladi. Metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligini taqqoslash uchun shartli belgilardan foydalaniladi, bu metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi koeffitsiyenti bilan ifodalanadi. Misol uchun (koeffitsiyent miqdori) mis uchun 0,9; aluminiy uchun 0,5; temir uchun 0,15; simob uchun 0,02. Issiqlikni o‘zidan yomon o‘tkazadigan metallning to‘la qizishi uchun ularni uzoq vaqt qizdirish talab etiladi. Bunday metallar tez sovitilganda yorilib ketishi mumkin. Metallarni termik ishlaganda ularning ana shu xususiyatini hisobga olish zarur. Amaliyotda radiatorlar va elektr asboblarning detallari issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan metallardan tayyorlanadi.

Yüklə 22,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə