2-Amaliy mashg’ulot mavzu; Ob’ektlarni boshqarish ob’ekti sifatida ifodalash



Yüklə 85,7 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü85,7 Kb.
#129450
ABN.2- Amaliy


2-Amaliy mashg’ulot
MAVZU; Ob’ektlarni boshqarish ob’ekti sifatida ifodalash

Boshqarish ob’ekti chiqish, kirishlar va ular orasidagi bog`lanish (munosabat) birligidir. Boshqarish ob’ektini 1.0.A-rasmdagidek tasvirlash mumkin.



1.0.A-rasm. Boshqarish ob’ektining tasviri
Bu yerda to`rtburchakdan tashqariga yo`naltirilgan kamon o`qi {y(t)} chiqish jarayoni, tashqaridan to`rtburchakka yo`naltirilgan kamon o`qlari {u(t),f(t)} esa kirish jarayonlarining belgilaridir. To`rtburchakning o`zi jarayonlar orasidagi mavjud bog`lanishni bildiradi. Ob’ektning chiqishi odatda boshqariluvchi, ya’ni qandaydir tarzda o`zgartirilishi lozim bo`lgan, jarayondir. Kirishlar esa chiqish jarayonini o`zgarishiga sabab bo`ladigan jarayonlardir. Kirishlar ikki xil bo`ladi. Birinchisi, masalan u(t), shunday jarayonlarki, ularni istalgan tarzda o`zgartirish mumkin. Bunday kirishlarga boshqaruvchi kirish, yoki boshqaruvchi jarayon deyiladi. Ikkinchi xil kirishlar chiqishga ta’sir etadi, biroq uni o`zini istalgancha o`zgartirib bo`lmaydi. Bunday kirishlarga galayonlantiruvchi jarayonlar deyiladi.
Boshqarish ob’ektining chiqishi boshqarish maqsadi bilan chambarchas bog`liqdir. Aslini olganda, boshqarish maqsadi bu chiqishlar, yoki ulardan birining o`zgarishi bo`yicha bizning istagimizning ifodasidir.
Yuqorida keltirilganlardan hulosa chiqadiki, ob’ektni boshqarish ob’ekti sifatida ifodalash deganda uning chiqish va kirishlarini tayinlash va belgilash, hamda boshqarish maqsadini ifodalash tushuniladi.
Masalan avtomobilni ko`raylik. Avtomobildan foydalanishning asosiy maqsadi bir joydan boshqa joyga yetib borishdir. Bu holda ob’ektning chiqishlari, ya’ni boshqariluvchi jarayon, sifatida avtomobilning joriy koordinatalari, tezligi, yo`nalishi ko`rilishi lozim. Unda boshqaruvchi kirish sifatida rul va pedallarning holatlari tanlanishi mumkin. Nihoyat, g`ildiraklar yo`lga ishqalanish kuchlari, yo`lda uchraydigan notekisliklar, piyodalar va h.k. g`alayonlantiruvchi kirishlar bo`ladi.
1.1.0 Nur tushib qaytayotgan ko`zgu (1.0.A-rasm) boshqrish ob’ekti sifatida tariflansin.

1.1.A-rasm. Nur tushib qaytayotgan ko`zgu.
Yechish. Ko`zgudan qaytayotgan nurning yo`nalishini chiqish, ya’ni boshqariluvchi jarayon, sifatida qabul qilamiz. Bu yo`nalish nur qaytayotgan nuqtaning koordinatalari hamda azimuti (αn) va o`rin burchagi (λn) orqali ifodalanadi (1.1.B-rasm).


1.1.B-rasm. Nur yo`nalishini ifodalovchi burchaklar.
Boshqarish maqsadi turlicha bo`lishi mumkin. Masalan, qaytgan nurning dog`i fazoning biror nuqtasi atrofida ushlab turilishi talab etilgan bo`lsin.
Qaytish nurning yonalishini o`zgarishi ko`zguning fazoda joylashishiga va tushish nurning yo`nalishiga bog`liq. Demak, bular kirish ta’sirlarini tashkil etadi. Tushish nurning yo`nalishi o`zicha o`zgaradi, shuning uchun u g`alayonlantiruvchi kirish bo`ladi.
Ma’lumki, jism fazoda joylashishi oltita erkinlik darajasi bilan belgilanadi: uch o`q bo`lab siljish va uch o`q atrofida aylanish. Ko`rilayotgan kozguning yuzasi mutlaqo silliq bo`lsa, uning sirtiga tik bo`lgan o`q atrofida aylanishi qaytish nurning yo`nalishiga ta’sir ko`rsatmaydi. Demak, beshta erkinlik darajasini nazarda tutish kifoyadir. Bulardan uch o`q bo`ylab harakatlantirish uchun uch yo`nalishda kuch bilan ta’sir etish kerak. Ikki o`q atrofida aylantirish uchun esa ikki moment bilan ta’sir etish lozim (1.1.C-rasm). Shunday qilib,bu ob’ekt uchin chiqish:
qaytgan nurning azimuti (αn),
qaytgan nurning o`rin burchagi (λn),
nur qaytadigan nuqtaning (ya’ni ko`zguning) koordinatalari;
boshqaruvchi kirish: ikki o`qqa ta’sir etadigan momentlar, uch yo`nalish bo`yicha ta’sir etadigan kuchlar; galayonlantiruvchi kirish: tushish nurning yo`nalishi.


1.1.C-rasm. Ko`zguni harakatlantiruvchi ta’sirlar.
Mashqlar
1.1.1 Ishlab chiqarish, hayot va jamiyatda uchraydigan ob’ekt tanlansin va u boshqarish ob’ekti sifatida ifodalansin. Buning uchun boshqarish maqsadi, ob’ektning chiqishi, boshqaruvchi va g`alayonlantiruvchi kirishlari ta’riflanishi lozim.
1.1.2 Boshqarish ob’ekti sifatida 1.1-rasmda keltirilgan elektr zanjir ifodalansin. Bu yerda: z1, z2 – kompleks qarshiliklar; u1,u2 – kuchlanishlar.


1.1-rasm. Sodda elektr zanjir

1.1.3 Erkin g`alayonlantiruvchi chulg`amli o`zgarmas tok motori (1.2-rasm) boshqarish ob’ekti sifatida ifodalansin. Bu yerda: u1,u2 – kuchlanishlar; α – rotorning aylanish burchagi; ω – aylanma tezlik.





1.2-rasm. Erkin g`alayonlantiruvchi chulg`amli o`zgarmas tok motori


1.3-rasm. Ikki fazali asinxron motor

1.1.4 Ikki fazali asinxron motor (1.3-rasm) boshqarish ob’ekti sifatida ifodalansin. Bu yerda: u1,u2 – kuclanishlar; L1,L2 – chulg`amlar; C – elektr sig`im; α – rotorning aylanish burchagi; ω – rotorning aylanma tezligi.


1.1.5 Uch fazali qisqa ulangan asinxron motor (1.4-rasm) boshqarish ob’ekti sifatida ifodalansin. Bu yerda: A,B,C – kuchlanish fazalari; f – kuchlanish chastotasi; α – rotorning aylanish burchagi; ω – rotorning aylanma tezligi.

1.4-rasm. Qisqa ulangan rotorli uch fazali asinxron motor
Yüklə 85,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə