2 boshlovchi: Xozir O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangraydi



Yüklə 11,71 Kb.
tarix08.02.2023
ölçüsü11,71 Kb.
#100397
Создать документ 2


 1 – boshlovchi: Assalomu – alaykum aziz ota – onalar, mehri daryo ustozlar, qadrli o’quvchilar. Odam umrida bir marotabagina bo’ladigan barchaga bir dunyo shodlik taratuvchi bir necha oylik bilimlarni ko’rikdan o’tkazuvchi, yakunlovchi bilimlar bayramining bismillosi, alifbe bayramiga xush kelibsiz!
2 – boshlovchi: mana sahnaga kechagina bog’cha bag’ridan chiqqan munchoqdek ko’zlarini jovdiratib, doskaga yetmagan bo’ylarini cho’zib, har kimga ishonuvchi, do’st-u dushmanni ham bab – baravar quchguvchi, ustozini vaqti vaqti bilan oyijon deb atavchi, maktab yo’laklarida tulpordek yuguruvchi, har narsaga qiziquvchi, jajjigina, shiringina kichkintoylarimiz saf tortib turibdilar. Shu oz vaqt mobaynida ular haqiqiy o’quvchilarga aylandilar. Ular nafaqat o’qish yozish va sanashni balki she’r va qo’shiqlar aytish,raqsga tushish malakalarini ham oldilar. Azizlar bugun biz 1 – A sinf o’quvchilarining mehmonlarimiz. (sahnaga kuy sadolari ostida o’quvchilar kirib kelishadi.)
1 – boshlovchi: Xozir o’quvchilarni tabriklash uchun so’z navbati maktabimiz direktori Kamoliddin Anvarovga.
2 – boshlovchi: Xozir O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangraydi.
1 – boshlovchi:
Qadimiydir bu an’ana
Maktabimizda tantana
Alifbe bayrami bilan
Tabriklaymiz biz yana.
2 – boshlovchi:
Aziz ota – onalar
Shirin – shaker bolalar
Bayramga xush kelibsiz
Mehmonlar bo’libdi jam
Davrada qani kim kam?
O’quvchilar: Alifbe kam.
1 – boshlovchi: Qani bolajonlar alifbeni jo’r bo’lib chaqiraylikchi.
O’quvchilar: Alifbejon kelaqol, davramizga marhabo. (Davraga alifbe kitobi kirib keladi)
Alifbe:
Alifbedir asl otim
Harflardir qanotim
Mendan harflar o’rganasiz
Undan so’zlar terasiz
Kalomdan gap tuzilar
Endi o’qishjon kelar
Xayrlashay siz bilan
Jajji o’g’il qiz bilan
O’quvchilar: Rahmat, rahmat, ofarin!
Jamshid:
O’qituvchim xijjalab
Barcha harfni tanitdi
Bilimimga sen sabab
O’qiy olaman endi.
Sulton:
Chindan qadrdon bo’ldik
Sen alifbe kitobim
Ko’zga go’yo nur berding
Charaqlagan oftobim
Alifbe: Qani bolajonlar mendan nimalarni o’rgandingiz?
Malika: 29 harfni, o’qishni, yozishni hamda so’zla tuzishni.
2 – boshlovchi: Endi harflarga so’z, miriqib tinglaylik biz.
A Ayiq asal yaladi
Asalari taladi.
B Bobom qilar nasihat
Bolam o’qigin faqat
D Daraxtlar oppoq gulag
Burkanganda dil yayrar
E Elim yurtim Vatanim
Sizlarsiz jonu tanim
F Fil deganlari shumi
O’xshash xartumi dumi
Quloqlari shalpaygan
Peshonasi yalpaygan
G Gulga qo’ganda bulbul
Gulday ochilar ko’ngil
H Hamisha derdi quqqu
Ha demay tong ottiku
I Iroda va Ilmira
Juda yaqin dugona
J Jo’ja dedi tovqqa
Juda qottim sovuqqa
K Kiyik o’ynar tog’larda
Kaklik sayrar bog’larda
L Laylak keldi yoz bo’ldi
Qanoti qog’oz bo’ldi
A’lochi o’quvchining
Baholari besh bo’ldi.
M Mushukkinam mitti mosh
Shirin sut mushukka osh
Olma bersam kelmaydi
Non yeyishni bilmaydi.
N Ninachi xoy ninachi
Nog’oraga o’ynachi
O O deganda og’zimiz
Oga o’xshab ochilar
Olma, olcha so’zlari
Og’zimizda sochilar.
P Paypoq to’qiydi oyim
To’qiganlari muloyim.
Q Quyinlar qadri sabzi
Qimirlar yemay og’zi
R Ra’no opam raqqosa
Raqsni boplar rosa
S Sigirimning suti ko’p
Oyim sog’ar maqtab xo’p
T Tolib dedi uloqqa
Ketib qolma uzoqqa
Borgin dedi dalaga
O’tloq ko’p bo’lgan joyga
U Uchqin yoqdi olovni
Unsin qildi palovni
V Vaq – vaq qilar qurbaqa
Vaqqillamay tur baqa
X Xushyorlik yaxshi odat
Keltiradi soadat
Y Yayara kular, Mayna o’ynar
Yayra yayrab,O’ynab kul
Kunda bayram tantana
Ona yurtim omon bo’l
Z Zanjirda yotgan she’r
Zanjirimni yechgin der
O’ O’qidan olar odob
O’qimagan be’odob
G’ G’anijon qayda qoldi
G’ijjak g’ilofi yo’qoldi
Sh Shaxnozaning shahrida
Esar doim shabada
Ch Chiyo – chiyo jo’ja qochdi
Singlim Dono tariq sochdi
Biri sariq, biri oq
Barcha jo’ja dum dumaloq
Ng akang, ukangda borman
Bodring, yengda hamdamman
Tutuq belgisi ‘
Tutuq belgisi bo`lsam-da,
So`zda mening o`rnim bor.
Jur’at, Sur’at, Sa’dulla,
Yoddan chiqarmang zinhor.
Alifbe: siz nafaqat meni balki boshqa fanlarni ham o‘zlashtirib oldingizmi?
O’quvchilar:
Barchasini o’rgandik
O’rganib uqib oldik
Atrof – olam sirlarini
Odob – axloq sirlarini
Alifbe: siz sentabr oyida Prezidentimiz tomonidan berilgan sovg’alarni oldingizmi?
O’quvchilar: Ha oldik.
Murod: Biz janob Islom Karimov bobomizga tinch osoyishta hayotimiz uchun, keng yorug’ maktab uchun, sentabr oyidagi sovg’aari uchun chin dildan rahmat deymiz. Bir mustaqil O’zbekistonning farzandarimiz.
Og’abek: Biz o’sib ulg’ayib, a’lo baholarga o’qib, chet davlatlarda o’qishlarni bitirib kelib, o’z ona Vatanimiz iqtisodi rivoiga ko’mak beramiz, o’z Vatanimiz va Prezidentimizga sodiq o’g’il – qizlar bo’lib yetishamiz.
Umida:
Bizni farzandim dedi,
Oqil qanotim dedi.
Elim – yurtim dedi u,
Baxtimizga Islom bobom bor bo’lsin,
U kishiga Olloh o’zi yor bo’lsin!
(O’g’il bolalar ijrosida raqs)
Alifbe: Qani aytinchi bolalar siz ramzlarimizni ham bilasizmi?
Madina: 1991 yil 1 – sentabr kuni mamlakatimiz mustaqil deb e’lon qilindi.
B.Otabek: (Mustaqillik haqida she’r aytadi)
O’.Sabina:
Bir kam dunyo butundir bugun
Yuraklardan yechilar tugun
Ko’ngillar shod, chehralar gulgun
Mustaqillik Olloh ne’mati
Yasha, yuksal o’zbek dalati.
Gulsevar:
Qarg’a zog’lar solmasin soya
Orzularga yo’qdir nihoya
Avlodlarga boqiy hikoya
Sharaflidir inson mehnati
Yasha, yuksal o’zbek dalati.
Durdona:
Jahon bo’ylab taralar shoning
Muqaddasdir, haloldir noning
Farzandlaring qilich qalqoning
O’zbekiston olam Jannati
Yasha, yuksal o’zbek dalati.
Dilshoda: 1992 yil 8 – dekabr O’zbekiston Konstitutsiyasi qonun sifatida qabul qilindi. Unda har bir o’quvchi bilim olish huquqiga ega deya yozib qo’yilgan. O’zbekiston o’z bayrog’i o’z gerbi, o’z madhiyasiga ega.
Jasmina: (Bayroq haqidagi she’rini aytadi )
Ozodbek: (Gerb haqida she’r aytadi) (Qizlar ijrosida raqs)
Alifbe: Bolajonlar matematika fanini ham o’rganib oldingizmi?
O’quvchilar: O’quvchimiz, a’lochimiz!
S.Otabek:
Raqamlarning hikmatin
Har kim anglab oladi
Sondan sonni ayirsak
Boshqa bir son qoladi
Shahriyor:
Hikmat ma’nosi ulug’
Uni anglasin odam
Boshqa bir son chiqadi
Songa sonni qo’shsak ham
Shahriyor:
Dunyodagi hech bir ish
O’lchovsiz qilinmaydi
O’lchov esa sozlarsiz
Bizlarga bilinmaydi.
(davraga 0 dan 10 gacha bo’lgan raqalar chiqib keladi va she’r aytadi). (Raqs “Andijon polkasi”)
Alifbe: Bolajonlar endi men sizlar bilan xayrlashaman, o’rnimga o’qish kitobini chaqiraman. Xayr bolajonlar!
O’qish kitobi:
Men o’qish kitobiman
O’quvchining o’rtog’iman
Mendan olasiz odob
Bo’ling deyman boodob
Ichim to’la she’r maqol
Barchasini oqib ol
Agar tutsangiz toza
O’qib qilasiz maza
Bo’layin sizga sirdosh
Yo’lingizda doim yo’ldosh!
Jasur:
Ey kitobim oftobim
Seni toza saqlaymiz
A’lo o’qib hamisha
Va’damizni oqlaymiz.
1 – boshlovchi:
Shirin – shakar bolajonlar,
Bog’imdagi gul rayxonlar,
Doim bo’ling siz shodonlar,
Savodxonlik muborak.
Ko’zingizda nur o’ynasin,
Sizni ko’rib dil yayrasin,
Tillar bulbuldek sayrasin,
Savodxonlik muborak!
Qo’lingizda bo’lsin kitob,
Chehrangiz go’yo oftob,
Qiling doim ezgu, savob
Savodxonlik muborak!
Bo’ling doim sog’ – salomat,
Dangasalik qilmang faqat,
Mashaqqatga qiling toqat,
Savodxonlik muborak!
O’quvchilar:
o’quvchilar bosh egar
Izingiz ko’zga surar
Ustozni barcha qutlar
Savodxonlik muborak!
2 – boshlovchi: bolajonlar bayramga qorbobo ham tashrif buyuribdi. Xozir davraga qorboboni taklif etamiz. (Qorbobo o’quvchilarga sovg’alar ulashadi). (Raqslar guldastasi)
1 – boshlovchi: Musiqiy sahna ko’rinishi “Domlajon”.
2 – boshlovchi: Aziz bolajonlar! Sizga bilim berib, o’qish – yozishni o’rgatgan, chin yurakdan halol mehnat qilayotgan Aziz ustozimiz Salomat opani chin dildan tabriklaymiz.
1 – boshlovchi: Albatta, bugungi bayram, tantana shu aziz ustozimizning tinmay qilgan halol mehnatlari natijasidir. (O’quvchilar chiqashadi).
Rahmat sizga uztozim Bizni sevib onadek
Bizni jondan sevdingiz Sira tinim bilmaysiz
Ongimizni uyg’otib Mehnatingiz sarf qilib
Bilim – saboq berdingiz. Doim bizni o’ylaysiz
O’quvchilar:
Aziz ustoz biz uchun
Bo’ling doim salomat
Ta’zim sizga, hurmat sizga
Uztoz sizga ko’p rahmat.
(O’qituvchiga gullar berishadi)
Yüklə 11,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə