2. Boshqaruv hisobi obyektlari Boshqaruv hisobining metodi



Yüklə 84,38 Kb.
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü84,38 Kb.
#154728
1   2   3   4   5   6
BUXGALTERIYA HUSOBINING FUNKSIYALARI

Inventarizatsiya o’tkazish – obyektning aniq bir davrga haqiqiy holatini aniqlash usulidir. Shuningdek, hisobga olinmagan moddiy ne’matlar, yo’qotishlar, yetishmovchiliklar va talon-taroj hamda hisobot raqamlaridan og’ishlarni hisobga olish usulidir. Inventarizatsiya o’tkazish moddiy ne’matlarning to’liq saqlanishiga imkon beradi, ulardan foydalanishni nazorat qiladi, hisob ma’lumotlarining to’liq va haqqoniy bo’lishini ta’minlaydi.
Nazorat qiluvchi schyotlarni baholash, guruhlash va umumlashtirishobyekt to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum belgilarga asosan yig’ish va kerakli tizimga solish usuli. Boshqaruv hisobi obyektlarini guruhlashtirishning asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarish faoliyatining o’ziga xosligi, xo’jalik yurituvchi subyektning texnologik va tashkiliy tuzilmasi, boshqaruvning tashkil etilish darajasi.
Guruhlashtirilgan ma’lumot xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijalarini baholash hamda operativ (tezkor) va strategik qarorlar qabul qilishda samarali foydalaniladi.
Nazorat qiluvchi schyotlar – yakuniy schyotlar hisoblanib, ulardagi yozuvlar ma’lum bir hisobot davrining yakuniy summalari bo’yicha amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi schyotlar tizimi moliyaviy va boshqaruv hisobi o’rtasida bog’lovchi bo’g’in bo’lib xizmat qiladi, shuningdek hisob yozuvlarini to’g’ri va to’liq o’rnatilishiga imkon beradi. Ombor hisobidagi kartochkalarda amalga oshirilgan yozuvlar operatsiyalarni ro’yxatga olish daftarining xronologik yozuvlariga, barcha operatsiyalar natijalarini ifoda etuvchi materiallar nomlanishi va nazorat hisobi bo’yicha yig’ma vedomostlarga muvofiq kelishi lozim.
Xo’jalik yurituvchi subyektni boshqarish tizimiga rejalashtirish, me’yorlashtirish va limitlashtirish ham kiradi.
Rejalashtirish – bozor sharoitlariga mos ravishda xo’jalik yurituvchi subyekt imkoniyatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan uzluksiz siklli jarayon. U istiqboldagi muammolarni hal qilish bilan bog’liq bo’lib, ham umumiy, ham xususiy xarakterga ega bo’lgan muqobil qarorlar tanlash uslublaridan foydalanadi. Rejalashtirish statistik tadqiqotlar va xo’jalik faoliyati natijalari tahliliga asoslangan holdagina samarali bo’lishi mumkin. Tahlil boshqaruv hisobi maqsadlariga muvofiq guruhlangan va qayta ishlangan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Me’yorlashtirish – barcha turdagi resurslarni samarali ishlatishni ta’minlashga va xarajatlarni mahsulotga eng unumli aylantirish yo’llarini izlashga qaratilgan optimal me’yor va normativlarni ilmiy asoslangan hisoblash jarayoni. Me’yor va normativlar majmuasi xo’jalik yurituvchi subyektning me’yoriy xo’jaligini tashkil etadi, u esa, o’z navbatida, barcha faoliyat turlarini qamrab oladi.
Normativlarsiz boshqaruv hisobi tizimini va zaxiralar holatini, shuningdek amaldagi xarajatlar ustidan nazoratni tashkil etish mumkin emas. Normativ ko’rsatkichlar texnik-iqtisodiy rejalashtirishni operativ (tezkor) ishlab chiqarish bilan ishlab chiqarishga texnik tayyorgarlik ko’rish jarayonidan boshlaboq bog’laydi. Rejali va me’yoriy ko’rsatkichlar me’yorlashtirish, rejalashtirish, xarajatlar me’yorlari bo’yicha hisob va ulardan og’ish ko’rsatkichlari ko’p jihatdan taqqoslash imkonini beruvchi ishlab chiqarish hisobi ko’rsatkichlari tizimini belgilab beradi. Texnologik normativlarni bo’linmalar faoliyati va ichki xo’jalik holati haqidagi tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlovchi ishlab chiqarish hisobining analitik bazasi sifatida ko’rib chiqish mumkin.
Miqdor ko’rsatkichlarini ifoda etuvchi me’yorlar rejalashtirish jarayonida ishlatiladi.
Limitlashtirish – zaxira va xarajatlar me’yorlari tizimiga asoslangan moddiy xarajatlar ustidan nazoratning birinchi pog’onasi. Limit – mahsulot birligi uchun resurslar sarfi me’yori bo’lib, har bir ishlab chiqarish bo’linmasi uchun chiqarilayotgan mahsulot assortimentidan kelib chiqqan holda texnologik hujjatlar va ishlab chiqarish dasturi rejasi asosida o’rnatiladi.
Limitlashtirish tizimi nafaqat sexda chiqayotgan materiallar limiti hisobidan, balki hisob va nazorat operatsiyalaridan ham tashkil topadi. Shuning uchun, boshqaruv hisobi tizimida limitlashtirishga moddiy xarajatlarning shakllanishiga faol ta’sir o’tkazuvchi operativ (tezkor) ma’lumotlar roli ajratiladi.
Tahlil – uning o’ziga xos jihatidan kelib chiqib, boshqaruv hisobining ushbu uslubi elementi uning boshqa barcha uslublari bilan o’zaro bog’liq desak bo’ladi. Iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan ifodalangan xo’jalik yurituvchi subyektning jami ishlab chiqarish faoliyati ham, uning ayrim bo’linmalari faoliyati ham tahlil qilinadi. Ko’rsatkichlar tanlanishi boshqaruv tizimining maqsad va imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Tahlil jarayonida tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun belgilangan reja topshiriqlarini amalga oshirishga mas’ul bo’linmalar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va aloqadorlik, ishlab chiqarish natijasidagi o’zgarishlar va og’ishlar sabablari aniqlanadi.
Nazorat – xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini oldindan belgilangan vazifalarni bajarishga, yuzaga keladigan chetlanishlarni ochib berishga va bartaraf etishga yo’naltirilgan rejalashtirish va tahlilning yakuniy jarayoni. Nazorat tizimining asosini qarama-qarshi aloqa tashkil etib, u nazorat-o’lchov faoliyatini amalga oshirish uchun katta hajmdagi, aniq, zaruriy va maqbul bo’lgan ma’lumotlarni beradi. Nazoratning turli sohalari va turlari mavjud. Ular har bir xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyat turidan kelib chiqib, doimiy ravishda o’zgarib turadi hamda o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Xulosa o’rnida aytish lozimki, uslubning barcha elementlari bir-biridan ayri holda bo’lmaydi, balki boshqaruv vazifalarini bajarishga qaratilgan ichki xo’jalik aloqalarini tashkil etish tizimida amal qiladi.

Yüklə 84,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə