2. Davlatning metall fondi va metallni aylanma harakati. Xalq xo‘jaligida



Yüklə 417,32 Kb.
səhifə1/5
tarix26.10.2023
ölçüsü417,32 Kb.
#131786
  1   2   3   4   5
Metallarresiklingi2-bob


2. Davlatning metall fondi va metallni
aylanma harakati. Xalq xo‘jaligida METALL PARCHALARI VA CHIQINDILARINI Hosil bo‘lish manbalari


2.1. Davlatning metall fondi va metallni aylanma harakati
Qora va rangli metallardan tayyorlangan mashinalar, metall konstruksiyalar va boshqa predmetlar xizmat muddatini o‘tagandan so‘ng ham, o‘zlarining fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarini yo‘qotmaydilar. Temir-tersaklarni xususiyatlari sababli metallarni xalq xo‘jaligida bir necha marotaba ishlatish mumkin. Bu amartizatsion temir-tersak va ularni chiqindilari davlatning metall fondining asosiy qismini tashkil qiladi. Amartizatsion temir-tersaklar va ularni chiqindilarini ko‘p qismini (70 foizdan ko‘p) asosiy vositalarini tuzatish, remont va modernizatsiya qilish natijasida hosil bo‘ladigan temir-tersaklar, chiqindilar hosil qiladi. Bu temir-tersaklarni boshqa guruhdagi amartizatsion temir-tersaklarga nisbatan ko‘pligi - davlatni metall fondini o‘sishi bilan tushuntiriladi.
Davlatning metall fondi - bu xalq xo‘jaligidagi hamma asosiy va aylanma fondlar, aholining shaxsiy jihozlaridan tashkil topgan metall miqdoridir. Buning 90 foizini qora metallar tashkil qiladi va amaliy jihatdan qora metallar fondini vujudga keltiradi. Davlatni metall fondi (qora metallar fondi) asosan cho‘yanni qayta eritish hisobiga vujudga keltiriladi va kengaytiriladi. Davlat metall fondini vujudga keltirishga metallarni va metall buyumlarni importi ham ta’sir qiladi.
Davlatni metall fondi tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) ishlab chiqarishdagi metallar, ya’ni yombilar, prokatlar, trubalar, quymalar, temirchilik-presslash mahsulotlari, mashina va mexanizm detallari, montaj jarayonidagi mexanizmlar, metall konstruksiyalar;
b) muomaladagi metallar, ya’ni omborlardagi, ishlab chiqarish jarayonini to‘xtovsizligini ta’minlash yo‘lidagi yarim tayyor mahsulotlardagi, tayyor metall buyumlardagi, ehtiyot qismlardagi metallar;
v) foydalanilayotgan metallar, ya’ni binolar, qurilmalar, mashina va moslamalar, uskunalar, priborlar, asboblar, aholini shaxsiy buyumlari.
Davlat metall fondini asosiy va harakatdagi qismini foydalanilayotgan metallar tashkil qiladi. Buning miqdori uzoq muddatga xalq xo‘jaligiga sarflangan metallar ko‘lamidan, hamda metallarni o‘rtacha xizmat muddatidan aniqlanadi.
Metallarni xizmat muddati - bu xalq xo‘jaligidagi asosiy va aylanma fondlar tarkibida, shaxsiy buyumlarda metallni turish davomiyligidir. Xalq xo‘jaligiga sarflanadigan metallar - metall olishga sarflanadigan mablag‘ hisoblanadi. Ya’ni, ishlab chiqarishdagi metallarga aylanish jarayoni, metall fondini vujudga keltirish qismini tarkibiga kiradi. Davlat metall fondining ahvolini asosiy ko‘rsatkichlari - uning hajmi, tarmog‘i, moddiy va vaqt (yosh) strukturalari hisoblanadi.
Respublikamizning metall fondining hajmi xalq xo‘jaligidagi asosiy va aylanma fondlaridagi, aholining shaxsiy buyumlaridagi metallar miqdoriga teng.
Davlat metall fondining tarmoq strukturasi deyilganda, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida, ishlab chiqarishda, transportda, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlikda, kimyo sanoatida metallarni taqsimlanishi tushuniladi.
Davlat metall fondining moddiy strukturasi metallarni quyidagi asosiy fondlar bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsatadi:
1) bino va inshoatlar;
2) kuch mashina va mexanizmlari;
3) ishchi mashina va uskunalar;
4) o‘lchovchi va rostlovchi asboblar;
5) transport vositalari;
6) asbob uskunalar;
7) ishlab chiqarish va xo‘jalik invertorlari.
Davlat metall fondining vaqt (yosh) strukturasi yuqorida sanab o‘tilgan asosiy fondlar bo‘yicha taqsimlanishini yoki biror bir asbob uskunani (prokatni, po‘latni va cho‘yan trubalarni, relslarni, sanitar texnik moslamalarni, armaturalarni va boshqalarni) ishlash muddatiga bog‘liqligi tushuniladi. Ishlash muddati 5, 10, 20, 40 yilgacha va 40 yildan ko‘p bo‘lishi mumkin.
Davlatni metall fondini aniqlash juda qiyin iqtisodiy masala hisoblanadi, chunki metallar asosiy va aylanma fond shaklida butun respublika territoriyasida tarqalgan bo‘ladi. Davlat metallar fondini aniqlash quyidagi uch asosiy hisoblash usullarida biridan amalga oshiriladi:
1) natural usul;
2) qiymat usuli;
3) metall sarflash usuli.
Natural usul turli xildagi, tarkibida metall bo‘lgan ob’ektlarni (bino, qurilma, mashina, moslamalar va boshqalar) birlik miqdorini inventar (buyum, jihoz) hisobga olish haqidagi ma’lumotlarini va har qaysi turdagi asosiy fondlar birligidagi metall massasi haqidagi ma’lumotlarni foydalanishga asoslangan. Tegishli ma’lumotlarni ko‘paytmasi va ularni yig‘indisi metall fondining taxminiy hajmini aniqlash imkoniyatini beradi.
Qiymat usul asosiy fondlarning metall hajmini aniqlashga asoslangan. Bunda narhi taxminan 1000 dollarga teng bo‘lgan asosiy fondlarni guruh va turlar bo‘yicha metall miqdorini aniqlaydi. Asosiy fondlarning metall hajmi materiallarning qayta narhlash bo‘yicha, mashinalar sonini ro‘yxatga olish bo‘yicha, preyskurant bo‘yicha, qurilish-montaj ishlariga qora metallar sarf me’yori bo‘yicha va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlash mumkin. Qiymat usul boshqa usullarga nisbatan ancha universal, chunki narh bo‘yicha baholash asosiy fondlarini butun qamrovini ta’minlaydi. Asosiy fondlarning narhi buxgalteriya va statistika hisoblarida to‘htovsiz qayd qilinadi. Bu qayd qilish asosiy fondlarini narhi haqida ma’lumotlar bor bo‘lgan har qanday territoriyada va har qanday vaziyatda metall fondi tarkibini va hajmini, metall hajmini aniqlash normalariga muvofiq hisoblash imkoniyatini beradi.
Asosiy fondlarni bir qancha turlari bo‘yicha, hisobga olinayotgan ob’ektlarni birligida metall hajmini bilvosita o‘lchagichlar qo‘llanilishi mumkin. Masalan, dam olish uylari, sanatoriyalar va kasalxonalarda - bir yotoq joyi bo‘yicha; yaslilar va bolalar bog‘chalarida - bir joy bo‘yicha; maktablarda-bir o‘quvchi bo‘yicha va boshqalar.
Metall sarflash usuli butun bir davlatni metall fondini umumiy hajmini hisoblash uchun qo‘llaniladi. Bunda asosiy fondlarni turlari bo‘yicha tarmoq va territorial kesimdagi strukturalarini hisobga olinmaydi. Tarmoq va territorial kesimda metall fondi strukturalarini aniqlashda natural va qiymat usullarini kombinatsiyalari qo‘llanadi. So‘ngra metall sarflash usuli bilan natijalar nazorat qilinadi.
Metallni aylanma harakatini sikli metallurgik ishlab chiqarishdan temir-tersak va chiqindi shaklida qayta ishlangungacha bo‘lgan davrga teng. Davlatda metallni aylanma harakati to‘xtovsiz va reja bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qora metal parchalari va chiqindilarini hosil bo‘lishi va qo‘llanilishi metallarni aylanma harakati bilan bevosita bog‘langan. Xalq xo‘jaligida metallni hech qanday isrof bo‘lmasdan, to‘xtovsiz aylanishi metallni aylanma harakati deyiladi. Xalq xo‘jaligida metallni aylanma harakati, uni rudadan olishdan boshlanib, metallurgik ishlab chiqarishni hamma jarayonlarida, metallga ishlov berishda, mashinalar, metall konstruksiyalar va boshqa buyumlar yasashda davom etadi. Metallarni bir qismi mashinalar, binolar, inshoatlar, priborlar, asbob uskunalar ko‘rinishida, bir qismi omborlarda va korxonalarda ishlab berish jarayonida, yana bir qismi yaroqsiz holga kelgan mashinalar, priborlar, metall konstruksiyalar va turli xil buyumlar, ya’ni temir-tersak va chiqindilar ko‘rinishida bo‘ladi. Metallarni aylanma harakatida, metallurgik ishlab chiqarishni asosiy xom ashyosidan biri hisoblanadigan temir-tersak va chiqindilar asosiy o‘rinni egallaydi.
Davlatda metallni aylanma harakati rejasiz va notekis borishi natijasida muddatini o‘tagan temir-tersak va chiqindilarni qayta ishlashga talab kamayadi. Temir-tersak va chiqindilarni narhi keskin tushadi. Bu davrda temir-tersak va chiqindilarni yig‘ish foydasiz bo‘lib qoladi. Yig‘ilib qolgan temir-tersak va chiqindilarni ko‘p qismi chang, zax, havo ta’sirida emiriladi. Natijada metallni aylanma harakati buziladi, temir-tersak va chiqindilarni ko‘p qismi yo‘qoladi.
Metallni qaytmasdan yo‘qolishi ishlab chiqarish jarayonidagi texnik sabablar va metall buyumlarni fizik emirilishida yuz beradi. Buning natijasida metall xalq xo‘jaligida o‘z qiymatini yo‘qotadi. Metallni aylanma harakati davrida metallni bir qismi ishqalanish, korroziya, mayda bo‘laklarga ajratilish natijasida yo‘qoladi.
Metallarni ishqalanish natijasida yo‘qolishi bir qancha aniqlanishi qiyin sabablarga bog‘liq. Ishqalanish natijasida yo‘qolish sharlarni, tegirmonlar yuzasini, relslar, tormoz kolotkalarini, ekskavatorlar cho‘michlarini, plug tishlarini, traktor zanjirlarini va turli xil asbob uskunalarni emirilishidan, uqalanishidan, maydalanishidan, ishqalanishdan yuz beradi. Korroziya natijasida metallni yo‘qolishi har doim to‘xtovsiz yuz beradi. Metall buyumlarni atrof-muhitni kimyoviy va elektrokimyoviy ta’sirlari natijasida emirilish jarayoni korroziya deyiladi. Korroziya suv va havoda metall konstruksiyalarini zang bosishini, agressiv muhitda quvurlar (truboprovod) ni buzilishini, boshoqli panjaralarni qizdirganda teshilishini, ichki yonuv dvigatellarini buzilishini, metallarni qizdirganda to‘pon (okalina) lar paydo bo‘lishini vujudga keltiradi.
Korroziya metallarni qaytmasdan yo‘qolishini vujudga keltirishdan tashqari, ko‘p metall konstruksiyalarini, mashinalarni, asbob-uskunalarni safdan chiqaradi. Mutaxassislarni ma’lumotlariga ko‘ra, korroziya natijasida umumiy metall konstruksiyalarini 0,4-1,3 % (yiliga) yo‘qoladi. Bundan tashqari metallarni yo‘qolishi quyidagi sabablardan ham yuz berishi mumkin:
1) temir-tersak va chiqindilar turli korxonalar, ustaxonalar, tashkilotlarning territoriyalarida sochilib yotadi. Bularni bir joyga yig‘ish, saqlash hamma joyda ham yaxshi tashkil qilinmaganidan;
2) Aholining ko‘pchilik qismi yaroqsiz holga kelgan metall buyumlarni axlatxonalarga tashlashidan;
3) Shaxtalarda, juda chuqur bo‘lgan gaz va neft quduqlarida quvurlarni, okean tubiga cho‘kkan kemalarni, temir-beton konstruksiyalarini ichida armaturalarni qolib ketishidan;
4) yig‘ilgan temir-tersak va chiqindilarni ochiq joylarda, saqlash talablariga javob bermadigan sharoitlarda saqlanishidan.
Metallarni aylanma harakatga qaytmasdan yo‘qolishini kamaytirish uchun temir-tersak va chiqindilarni yig‘ishni, saqlashni, kayta ishlashni va istemolchiga etkazib berishni (tashishni) takomillashtirish kerak bo‘ladi.

Yüklə 417,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə