2. Internet va kompyutr o`yinlarining paydo bo`lishi. Virtual tanishuvlar



Yüklə 399,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix30.03.2023
ölçüsü399,68 Kb.
#103756
1   2   3   4   5   6   7   8   9
14-mavzu. Virtual o’yinlarning yoshlar ongida ta’siri

5W+H 
metodikasi 
quyidagi 
savollarni berish orqali axborotlarni tahlil qilish, baholash, saralash va foydalanishda to’g’ri 
yo’ldan borishga yordam beradi:
1.
Kim?
2.
Nima?
3.
Qachon?
4.
Qayerda?
5.
Qanday qilib?
6.
Nima uchun?
Yuqoridagi savollar nuqtai nazaridan har bir media mahsulotga yondashish iste’molchiga 
axborotning ichiga chuqurroq kirish, uning ostida yashiringan g’oyalarni anglash va axborotning 
zarurlik darajasini baholash imkoniyatini beradi.
“Kibernetik ludomaniya”
Hozirgi kunda texnik taraqqiyotlar kun sayin o’zgarib bormoqda. 
Hattoinki uyali telefonlar yoshi keksalarimizda bo’lishligi ajablanadigan holat bo’lmay qoldi. 
Biz va farzandlarimiz ham zamonamiz taraqqiyotlariga hamnafas bo’lib bormoqdamiz. 
Zamonaviy taraqqiyotlardan biri imkoniyatlari keng bo’lgan internetdan barcha foydalanmoqda. 


Ammo biz musulmonlar har bir berilgan ne’matlardan Xudoi taologa gunohkor bo’lmaydigan 
darajada foylanishimiz zarur. CHunki faqat halol narsalargina inson hayoti uchun foydali, aksi 
esa zarar. 
Har qadamda internet kafe yoki kompyuter klubi. O’ziga to’qroq oilalar esa farzandlariga 
kompyuter sovga qilishyapti. Achinarli tomoni esa ushbu zamonaviy texnika yutug’ini 
bolalarimiz o’yin o’ynaydigan yoki kino ko’radigan vosita sifatida qabul qilishadi. Istalgan 
kompyuterxonaga kiring, hali maktabga bormaydigan mittivoylardan tortib, darsdan qochgan 
«quyon»largacha berilib o’yin o’ynashayotgan bo’lishadi. Dunyoqarashlarining kengayishi 
hamda ilm saviyasining ko’tarilishiga sababchi bo’ladigan kitob o’qish qayda qoldi. 
YAqin o’n yil ichida tibbiyot xodimlari dunyoda yangi bir kasallik paydo bo’lganini 
aniqlashdi. Ludomaniya – xuddi piromaniya kabi ruhiy kasallikdir. “Kibernetik ludomaniya” 
tushunchasi jahon meditsina amaliyotiga rasman kiritilgan kasallik nomi. Kiberludomaniya – 
kompyuter o’yinbozligi. Kompyuter o’yinlariga haddan ortiq bog’lanib qolishning asoratlari 
yoshlarning hayot tarzida, jismoniy va ma’naviy sog’lig’ida namoyon bo’ladi.
“Ota-onalar bolalarini televizorda beriladigan yomon narsalardan chalg’itish uchun ularga Game 
Boy o’yin moslamasini olib berishadi. Bizningcha bog’lanish ana shundan boshlanadi. 
Kiberludomaniya hatto 8 yoshli bolalarda ham kuzatilmoqda”, - deydi Gollandiya 
kiberludomaniyadan davolovchi kasalxona bosh vrachi Kit Bekker. 
Bekker gospitaliga tushgan kasallaridan biri – 28 yoshli Xan van der Xeyden: “Men 8 
yoshimdan video o’yinlariga bog’lanib qolganman. Bir kunda 14 soatgacha o’ynardim. O’zimni 
tutib turish uchun narkotik iste’mol qilardim”, degan. 
Ma’lumotlarga qaraganda, eng “geymerlashgan” mamlakatlardan biri – Koreyada har yili 
o’yinbozlikdan 7 kishi halok bo’layotir. 38 yoshli bir kishi o’n kun uzluksiz o’ynagan. Faqat 
uxlab olishga tanaffus qilgan, xolos. SHifokorlar uni yuragi yorilib... o’lgan holda topishgan. 
Yekaterinburglik bir o’smir 12 soatlik uzluksiz o’yindan keyin miya insultidan vafot 
qilgan. “Bolalarda miyaning bunday jarohatlanishi kamdan kam uchraydi. O’yin paytidagi 
uzluksiz ruhiy zo’riqishdan bola miyasining qon bilan ta’minlanishi buzilgan. Boshi aylangan. 
Biroq, jazavaga tushgan o’smir o’zini o’yindan to’xtata olmagan. U o’zining o’layotganini bilib 
tursa ham o’yinni to’xtatmagan. Zo’riqishdan miya tomirlari yorilib ketgan. Miyaga qon kelmay 
qolgan. O’smir o’layotib ham o’ynayvergani kishini hayratlantiradi, - degan yekaterinburg 
bolalar kasalxonasining narkologiya bo’limi mudiri Aleksey Sulimov. O’rni kelganida 
kompyuter o’yinlarining yana bir zarari haqida to’xtalib o’tsak. Internet kafelariga yoki 
pleysteyshn klublariga borsangiz bolalar o’ynayotgan o’yinlarga bir nazar solib ko’ring, 
dahshatning o’zginasi. O’yinlarning aksariyat qismi jangovar ruhda bo’lib, maqsad raqibni 
qirish. Tish-tirnog’igacha qurollanib, hujum uyushtirish va dushmanning qizil qoni har tomonga 
sachrashi bolalarga olam-olam zavq bag’ishlayapti. Ruhshunoslarning fikri, bunday o’yinlar bola 
ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, uni asabiy va tajovuzkor qilib qo’yar ekan. Zararli va 
ta’qiqlangan o’yinlar deganda hayosiz, avrati ochiq ayol-qizlar yoki oshiq-ma’shuqlar ishtirok 
etadigan, o’pishadigan, xochni ulug’laydigan, sehrgarlarni zo’r qilib ko’rsatadigan, 
musulmonlarga qarshi urushadigan o’yinlar nazarda tutiladi. Qimorbozlik, berahmlik, qotillik va 
bosqinchilikni targ’ib qiladigan o’yinlar esa yoshlar ongida salbiy asoratlar qoldiradi. Bunday 
yolg’on to’qimalar bolalarning tasavvurini chulg’ab oladi va o’zidagi bor qobiliyatni 
rivojlantirishdan chalg’itadi.
O’zimizning milliy o’yinlarimiz bolalarimizning fe’l-atvori, jismoniy va ma’naviy shakllanishi 
uchun “mashq maydoni” vazifasini bajargan. Farzandlarimiz do’stlik, mardlik, qiynalib bo’lsa-
da g’alabaga erishishning ilk nashidalarini tuyishgan. 
YOshlarimiz ham ma’nan, ham jismonan sog’lom bo’lsa, kelajagimiz baxtli va porloq bo’ladi. 


Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, mediato’yingan jamiyatning har bir a’zosi yoshi, jinsi, 
kasb-kori va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar mediaga nisbatan tanqidiy fikrlash 
ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim. Mazkur ko’nikma insonlarni nafaqat zararli axborotlardan balki 
ortiqcha axborotlardan ham himoya qiladi. CHunki ortiqcha axborot ham bir kun kelib zararli 
axborotga aylanishi mumkin. 
Mavzu bo’yicha topshiriq 
1. O’zbekiston mediamahsulotlarida yosh yigit va qizlarning qanday timsollari aks 
ettirilgan? Ularga jamiyatda demokratiya qadriyatlarining rivojlanishi nuqtai nazaridan baho 
bering. Ularni ijobiy va salbiy guruhlarga ajrating. Baho berish bilan birga salbiy stereotip va 
ko’rsatmalarni bartaraf etish yuzasidan qarashlaringizni bayon eting.

Yüklə 399,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə